Ibtido

Ibtido

Dunyo yaratilishining tarixi

1 Xudo azalda osmon bilan erni yaratdi.

2 Er shaklsiz va bo’m–bo’sh bo’lib, tubsiz dengizlar ustini zulmat qoplagan edi. Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi.

3 Xudo: “Yorug`lik bo’lsin”, deb amr bergan edi, yorug`lik paydo bo’ldi.

4 Xudo yorug`likning ajoyib ekanini ko’rib, yorug`likni qorong`ilikdan ajratdi.

5 Xudo yorug`likni kunduz, qorong`ilikni tun deb atadi. Kech kirib, tong otdi. Birinchi kun o’tdi.

6 So’ng Xudo: “Suvlarni bir–biridan ajratib turadigan gumbaz paydo bo’lsin”, deb amr qildi.

7 Shunday ham bo’ldi: Xudo gumbazni yaratib, gumbazning ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi.

8 Xudo gumbazga osmon deb nom berdi. Kech kirib, tong otdi. Ikkinchi kun o’tdi.

9 Keyin Xudo: “Osmon ostidagi suvlar bir joyga to’planib, quruq er paydo bo’lsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo’ldi.

10 Xudo quruqlikka er deb nom berdi. Bir joyga yig`ilgan suvlarni esa dengizlar deb atadi. Xudo buning ajoyib ekanini ko’rdi.

11 So’ngra Xudo shunday amr berdi: “Erda o’t–o’lan ko’karsin. Don beradigan har xil o’simliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar o’ssin.” Shunday ham bo’ldi.

12 Erda o’t–o’lan ko’kardi, don beradigan har xil o’simliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar o’sdi. Xudo bularning ham ajoyib ekanini ko’rdi.

13 Kech kirib, tong otdi. Uchinchi kun o’tdi.

14 Keyin Xudo shunday amr qildi: “Kunduzni tundan ajratish uchun osmon gumbazida yoritqichlar paydo bo’lsin. Bular kunlarning, yillarning,

nishonlanadigan bayramlarning vaqtini ko’rsatsin.

15 Bu yoritqichlar osmon gumbazida nur sochib, erga yorug`lik bersin.” Shunday ham bo’ldi.

16 Xudo ikkita katta yoritqichni — quyosh va oyni yaratdi: kunduzi nur sochib turishi uchun kattaroq yoritqich — quyoshni, tunda nur sochib turishi uchun kichikrog`i — oyni yaratdi. Shuningdek, Xudo yulduzlarni ham yaratdi.

17-18 Bu yoritqichlar erga yorug`lik bersin, kunduz va tun ustidan hukmronlik qilsin, yorug`likni qorong`ilikdan ajratib tursin deb, Xudo bularni osmon gumbaziga joylashtirdi. Xudo buning ajoyib ekanini ko’rdi.

19 Kech kirib, tong otdi. To’rtinchi kun o’tdi.

20 Keyin Xudo shunday amr berdi: “Suv har xil tirik jonivorlar bilan to’lib–toshsin, qushlar paydo bo’lib, havoda parvoz qilsin.”

21 Shunday qilib, Xudo bahaybat dengiz maxluqlarini va suvda suzuvchi turli–tuman jonivorlarni, har turli qushlarni yaratdi. Xudo buning ham ajoyib ekanini ko’rdi.

22 Shunda Xudo bularning hammasiga marhamat qilib dedi: “Baliqlar va qushlar serpusht bo’lib, ko’paysin. Dengizlar baliqlar bilan to’lib–toshsin, er uzra qushlar ko’paysin.”

23 Kech kirib, tong otdi. Beshinchi kun o’tdi.

24 So’ngra Xudo: “Er turli–tuman jonzotlarni — chorvani, sudralib yuruvchi jonivorlarni, har turli yovvoyi hayvonlarni paydo qilsin”, deb amr berdi. Shunday ham bo’ldi.

25 Xudo har turli yovvoyi hayvonlarni, chorvaning har xil turlarini, er yuzida sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har xil turlarini yaratdi. Xudo buning ajoyib ekanini ko’rdi.

26 Keyin Xudo shunday dedi: “Endi inson zotini yarataylik, ular O`z suratimizday, O`zimizga o’xshagan bo’lsin. Inson zoti dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlar, er yuzidagi chorva hamda jamiki yovvoyi hayvonlar, erda sudralib yuruvchi har qanday jonivor va hasharotlar ustidan hukmronlik qilsin.”

27 Shunday qilib,

Xudo O`z suratiday qilib yaratdi inson zotini,

Erkagu ayol qilib yaratdi ularni.

28 Xudo insonlarga marhamat qilib, aytdi: “Uvali–juvali bo’linglar, er yuzini to’ldirib, itoat ettiringlar, dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlaru er yuzida yashovchi har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilinglar.”

29 Xudo yana aytdi: “Mana, sizlarga butun er yuzidagi har xil donli o’simliklarni va mevali daraxtlarni berdim. Sizlar bulardan egulik uchun foydalanasizlar.

30 Er yuzidagi jamiki tirik jonzotga — hamma hayvonlarga, hamma qushlarga emish qilib ko’k o’t–o’lanni berdim.” Shunday ham bo’ldi.

31 Xudo O`zi yaratgan hamma narsaga nazar soldi. Bular juda ajoyib edi. Kech kirib, tong otdi. Oltinchi kun o’tdi.<

1 Shunday qilib, osmon bilan er hamda ulardagi jamiki narsalar yaratildi.

2-3 Ettinchi kuni Xudo barcha yaratish ishlarini bitirib, dam oldi. Xudo ettinchi kuni hamma ishlaridan dam olgani uchun bu kunni muborak qildi, uni muqaddas deb boshqa kunlardan ajratdi.

4 Osmon bilan erning yaratilishi ana shulardan iboratdir.

Adan bog`i

Parvardigor Egamiz osmon bilan erni yaratgan paytda

5 er yuzida na biron o’t, na biron giyoh ungan edi. Chunki Parvardigor Egamiz hali erga yomg`ir yog`dirmagan, erga ishlov beradigan biron kimsa yaratmagan edi.

6 Lekin er ostidan suv chiqib, butun er yuzini sug`orardi.

7 Shundan keyin Parvardigor Egamiz erning tuprog`idan odamni yasadi va uning burun teshigidan puflab, jon ato etdi. Shunday qilib, odam tirik jon bo’ldi.

8 Parvardigor Egamiz sharqda — Adan degan joyda bog` barpo qilib, O`zi yaratgan odamni o’sha boqqa qo’ydi.

9 Keyin Parvardigor Egamiz erdan chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni o’stirdi. Bog`ning o’rtasida esa hayot daraxtini va yaxshilik bilan yomonlikni bilish daraxtini o’stirdi.

10 Adandan bir daryo oqib kelib, bog`ni sug`oradi va o’sha erda to’rt irmoqqa bo’linadi.

11 Birinchi irmoqning nomi Pishon bo’lib, butun Xavila eri bo’ylab oqadi. Bu joyda oltin bor.

12 O`sha erning oltini juda ham tozadir. U erda marvarid va aqiq toshlar ham bor.

13 Ikkinchi irmoqning nomi Gixo’n bo’lib, butun Kush eri bo’ylab oqadi.

14 Uchinchi irmoqning nomi Dajla bo’lib, Ossuriya shahrining sharqidan oqib o’tadi. To’rtinchi irmoqning nomi Furotdir.

15 Shunday qilib, Parvardigor Egamiz, bu odam boqqa ishlov bersin, parvarish qilsin deb, uni Adan bog`iga joylashtirdi.

16 Parvardigor Egamiz unga shunday amr qildi: “Sen bog`dagi hamma daraxtning mevasidan bemalol eyaver.

17 Lekin yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan emaysan, undan eyishing bilanoq, shubhasiz, o’lasan.”

18 So’ngra Parvardigor Egamiz: “Odamning yolg`iz bo’lishi yaxshi emas, unga munosib sherik yarataman”, dedi.

19 Shunday qilib, U tuproqdan har xil hayvonlarni va har xil qushlarni yaratdi. “Bu jonivorlarni odam ko’rib qanaqa nom berarkin”, deya ularni odamning oldiga olib keldi. Odam har bir jonivor uchun nom tanladi.

20 Odam hamma chorvaga, qushlarga va yovvoyi hayvonlarga nom berdi. Lekin hamon odamga munosib sherik yo’q edi.

21 Shu boisdan Parvardigor Egamiz uni qattiq uxlatib qo’ydi. Odam uxlab yotganda, Xudo uning qovurg`asidan bittasini olib, o’rnini berkitib qo’ydi.

22 Parvardigor Egamiz odamning qovurg`asidan xotin kishini yaratdi va uni odamning oldiga olib keldi.

23 Shunda odam aytdi:

“Nihoyat, bu mening suyaklarimdan paydo bo’lgan suyakdir,

Mening etimdan yaralgan etdir.

U Xotin deb atalgay,

Chunki u erkakdan yaratilgandir.”

24 Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo’lak bo’lib, xotiniga bog`lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo’ladilar.

25 Odam bilan xotini qip–yalang`och yurardilar, bir–birlaridan uyalish hissini sezmasdilar.

Odam Ato va Momo Havo gunoh qiladi

1 Parvardigor Egamiz hamma yovvoyi hayvonlarni ham yaratgan edi. O`sha hayvonlar orasida ancha ayyori ilon edi. Ilon xotindan:

— Haqiqatan ham Xudo, bog`dagi bironta daraxtning mevasidan emanglar, deb aytdimi? — deb so’radi.

2 Xotin ilonga:

— Yo’g`–e, biz bog`dagi hamma daraxtlarning mevasidan eyishimiz mumkin, — deb javob berdi.

3 — Lekin Xudo, bog` o’rtasidagi daraxtning mevasidan emanglar ham, tegmanglar ham, aks holda, o’lasizlar, deb aytgan.

4 Ilon esa xotinga:

— Yo’q, o’lmaysizlar, — dedi.

5 — Chunki Xudo biladiki, sizlar bu mevalardan esangiz, ko’zlaringiz ochilib, sizlar ham barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan bo’lib, Xudoga o’xshab qolasizlar.

6 Xotin qarasaki, o’sha daraxt ko’zga chiroyli ko’rinadi, mevalari juda eyishli ekan. Xotin: “Qaniydi mevalar menga donolik ato qilsa”, deb orzu qildi. U daraxtning mevasidan olib edi, keyin yonida turgan eriga ham berdi. Eri ham edi.

7 O`sha zahoti ikkovining ham ko’zlari ochilib, ular yalang`och ekanliklarini angladilar, anjir barglarini sonlari atrofiga tizib, o’zlariga yopinchiq yasadilar.

8 Oqshom payti shabada esib turganda, odam va xotini bog`da Parvardigor Egamizning yurganini bildilar. Ular Parvardigor Egamizning nazaridan qochib, bog`dagi daraxtlar orasiga yashirindilar.

9 Parvardigor Egamiz:

— Qaerdasan? — deb odamni chaqirdi.

10 Odam:

— Men bog`da yurganingni bildim–u, yalang`och bo’lganim uchun qo’rqib, yashirindim, — dedi.

11 — Yalang`och ekaningni senga kim aytdi? — deb so’radi Xudo. — Yoki Men, emanglar, deb amr etgan daraxtning mevasidan edingmi?

12 Odam javob berdi:

— O`zing menga bergan xotin o’sha daraxtning mevasidan menga berdi, men ham edim.

13 Shunda Parvardigor Egamiz xotinga:

— Bu nima qilganing? — dedi.

— Ilon meni aldadi, men mevadan edim, — dedi xotin.

Xudo hukm qiladi

14 Parvardigor Egamiz ilonga shunday dedi:

“Shu qilmishlaring uchun

La`nati bo’lgaysan barcha jonzotlar orasida

Va jamiki yovvoyi hayvonlar orasida.

Qorning bilan sudralib yurgaysan,

Umring bo’yi tuproq egaysan.

15 Dushmanlik paydo qilaman sen bilan xotin o’rtasida,

Sening zoting bilan uning zoti orasida.

Uning zoti ezib tashlaydi sening boshingni,

Sen chaqib olasan uning tovonini.”

16 Xotinga esa shunday dedi:

“Homiladorligingda g`oyat azob beraman,

Mashaqqat ila bola tug`asan.

Ammo eringni qo’msayverasan,

Ering esa hokim bo’ladi sening ustingdan.”

17 Parvardigor Egamiz odamga shunday dedi:

“Xotiningning gapiga kirganing uchun,

Men, ema, deb taqiqlagan mevani eganing uchun

Sen tufayli erni la`nati qildim.

Butun umring bo’yi timdalab erni,

Erdan o’tkazasan tirikchiligingni.

18 Erning hosili emishing bo’lsa ham,

Er sen uchun tikanlaru qushqo’nmas o’stiradi.

19 Sen tuproqdan yaralgansan,

To tuproqqa qaytguningga qadar,

Peshana tering bilan non eysan.

Zero, sen tuproqdirsan

Va tuproqqa qaytasan.”

20 Xotin jamiki insonlarning onasi bo’lgani uchun, Odam Ato unga Momo Havo deb ism berdi.

21 Odam Ato va uning xotini uchun Parvardigor Egamiz teridan kiyim–kechak yasab, ularni kiyintirib qo’ydi.

Odam Ato va Momo Havo Adan bog`idan quviladilar

22 Keyin Parvardigor Egamiz shunday dedi: “Mana, inson hamma narsani — yaxshilik va yomonlikni bilib, Bizga o’xshab qoldi. Endi u qo’lini uzatib, hayot daraxti mevasidan ham olmasin, mevani eb, abadiy yashaydigan bo’lib qolmasin.”

23 Shu sababdan Parvardigor Egamiz Odam Atoni va Momo Havoni Adan bog`idan chiqarib yubordi. U Odam Atoni erning tuprog`idan yasagan edi, unga endi o’sha erni ishlashga berdi.

24 U Odam Atoni haydab yuborgandan keyin, hayot daraxtiga boradigan yo’lni qo’riqlash uchun Adan bog`ining sharq tomoniga karublarni va doimo aylanib turadigan alangali qilichni o’rnatdi.

Qobil bilan Hobil

1 Odam Ato xotini Momo Havoga yaqinlashgandan keyin, Momo Havo homilador bo’ldi. Momo Havo o’g`il ko’rdi va: “Xudoning qudrati bilan o’g`illi bo’ldim”, deb ismini Qobil qo’ydi.

2 Keyinroq Momo Havo ikkinchi o’g`lini tug`di va unga Hobil deb ism qo’ydi. Bolalar ulg`ayib, Hobil — qo’ychivon, Qobil — dehqon bo’ldi.

3 Vaqti kelib, Qobil erning hosilidan Egamizga nazr olib keldi.

4 Hobil ham suruvidagi birinchi tug`ilgan qo’zilardan bittasini tanlab olib, so’ydi va qo’zining yog`li joylarini Egamizga nazr qilib olib keldi. Egamiz Hobilni va uning nazrini manzur ko’rdi,

5 lekin Qobilning o’zi ham, uning nazri ham ma`qul bo’lmadi. Qobil qattiq xafa bo’lib, qovog`ini soldi.

6 Shunda Egamiz Qobilga dedi: “Nega xafa bo’lding? Nimaga qovog`ingni solding?

7 Agar sen to’g`ri ish qilsang, seni qabul qilmasmidim?! Bilginki, yomon ish qilsang, eshigingda gunoh poylab turadi, sherga o’xshab tashlanib, seni o’lja qilmoqchi bo’ladi. Gunoh sening ustingdan hukmron bo’lishni istaydi. Lekin sen gunohni mag`lub qilishing kerak.”

8 Qobil ukasi Hobilga: “Yur, dalaga boramiz”, deb taklif qildi. Ular dalaga borganlarida, Qobil ukasiga tashlanib, uni o’ldirdi.

9 Egamiz Qobildan:

— Ukang Hobil qaerda? — deb so’radi.

— Bilmayman, nima, ukam qaerga borsa, men uning qadamini o’lchab yurishim kerakmi?! — deb e`tiroz bildirdi.

10 Shunda Egamiz:

— Nima qilib qo’yding?! — dedi. — Eshitib ol: ukangning qoni Menga erdan faryod qilmoqda.

11 Ukangning qoni bilan erni bulg`aganing uchun endi la`nati bo’lasan, erga hech qachon ishlov berolmaysan.

12 Erga qanchalik jon kuydirib ishlov bermagin, er sen uchun boshqa mo’l hosil etishtirmas. Hozirdan boshlab sen er yuzida doimo bir joydan boshqa joyga qochib, boshpanasiz, daydib yurasan.

13 Qobil Egamizga:

— Jazoyim shunchalik og`irki, bir o’zim ko’tara olmayman, — deb javob berdi.

14 — Bugun Sen meni erimdan haydading. Endi men Sendan uzoq bo’lib yashayman, er yuzida sarson–sargardon bo’lib, qochib yuraman. Endi meni birortasi uchratib qolib, o’ldirib qo’yishi mumkin.

15 Shunda Egamiz:

— Yo’q, hech kim seni o’ldirmaydi! — deb javob berdi Qobilga. — Kim seni o’ldirsa, undan etti karra o’ch olaman.

Shunday qilib, Egamiz, Qobilni birov urib o’ldirib qo’ymasin deb, unga tamg`a qo’ydi.

16 So’ngra Qobil Egamizdan uzoqlashib ketdi va Adanning sharqidagi Nod degan erga o’rnashdi.

Qobilning nasli

17 Qobilning xotini homilador bo’lib, o’g`il tug`di. O`g`liga Xano’x deb ism qo’ydilar. Qobil bir shahar qurdi va shaharni o’g`lining ismi bilan Xano’x deb atadi.

18 Xano’x bir o’g`il ko’rib, ismini Irod qo’ydi. Iroddan — Maxuvol, Maxuvoldan — Matushol, Matusholdan — Lamex degan o’g`illar tug`ildi.

19 Lamex ikki xotin oldi. Bittasining ismi Oida, boshqasiniki Zilla edi.

20 Oida bir o’g`il ko’rib, ismini Yobol qo’ydi. Yobol chodirlarda yashaydigan cho’ponlarning ota–bobosi bo’ldi.

21 Ukasining ismi Yuval edi. Yuval lira va nay chaluvchi sozandalarning ota–bobosi bo’ldi.

22 Zilla ham bir o’g`il ko’rib, ismini Tuvalqobil qo’ydi. Tuvalqobil birinchi bo’lib bronza va temir asboblar yasagan edi. Tuvalqobilning Namax degan singlisi bor edi.

23 Lamex xotinlariga dedi:

“Oida va Zilla, menga quloq solinglar.

Ey xotinlarim! Gapimni eshitinglar!

Meni yaralagan odamni men o’ldirdim,

Meni urgan yosh yigitni nobud qildim.

24 Qobilni o’ldirgandan etti karra o’ch olinsa,

Lamexni o’ldirgandan etmish etti karra o’ch olinar.”

Shis va Eno’sh

25 Odam Ato bilan xotini yana bir o’g`il ko’rdilar. Momo Havo: “Qobil o’ldirgan Hobilning o’rniga Xudo boshqa farzand berdi”, deb ismini Shis qo’ydi.

26 Shis ulg`ayib, u ham bir o’g`il ko’rdi va ismini Eno’sh qo’ydi. O`sha paytda odamlar endi Egamizga sajda qila boshlagan edilar.

Odam Atoning nasli

1 Odam Atoning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:

Xudo inson zotini yaratganda, ularni O`ziga o’xshagan qilib yaratgan edi.

2 Xudo insonlarni erkak va ayol qilib yaratdi. Xudo ularni yaratgandan keyin Inson deb nom qo’yib, ularga baraka berdi.

3 Odam Ato 130 yoshida o’g`il ko’rgan edi. O`g`li otasining suratiday bo’lib, unga o’xshagan edi. Odam Ato o’g`liga Shis deb ism qo’ygan edi.

4 Shis tug`ilgandan keyin, Odam Ato 800 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

5 Odam Ato 930 yoshida olamdan o’tdi.

6 Shis 105 yoshida o’g`li Eno’shni ko’rgan edi.

7 Eno’sh tug`ilgandan keyin, Shis 807 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

8 Shis 912 yoshida olamdan o’tdi.

9 Eno’sh 90 yoshida o’g`li Xenanni ko’rdi.

10 Xenan tug`ilgandan keyin, Eno’sh 815 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

11 Eno’sh 905 yoshida olamdan o’tdi.

12 Xenan 70 yoshida o’g`li Maxaliyolni ko’rdi.

13 Maxaliyol tug`ilgandan keyin, Xenan 840 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

14 Xenan 910 yoshida olamdan o’tdi.

15 Maxaliyol 65 yoshida o’g`li Yoredni ko’rdi.

16 Yored tug`ilgandan keyin, Maxaliyol 830 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

17 Maxaliyol 895 yoshida olamdan o’tdi.

18 Yored 162 yoshida o’g`li Xano’xni ko’rdi.

19 Xano’x tug`ilgandan keyin, Yored 800 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

20 Yored 962 yoshida olamdan o’tdi.

21 Xano’x 65 yoshida o’g`li Matushalohni ko’rdi.

22 Matushaloh tug`ilgandan keyin, Xano’x 300 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi. U umr bo’yi Xudoga hamroh bo’lib yashadi.

23 Xano’x 365 yil umr ko’rdi.

24 U butun umri davomida Xudoga hamroh bo’lib yashab, oxiri, g`oyib bo’lib qoldi, chunki Xudo uni olib ketgan edi.

25 Matushaloh 187 yoshida o’g`li Lamakni ko’rdi.

26 Lamak tug`ilgandan keyin, Matushaloh 782 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

27 Matushaloh 969 yoshida olamdan o’tdi.

28 Lamak 182 yoshida bir o’g`il ko’rdi.

29 Lamak: “Egamiz bu erni la`natlagan, endi erga ishlov berganimizda, og`ir ishlarimizni shu bola engillashtirsin”, deb o’g`lining otini Nuh qo’ydi.

30 Nuh tug`ilgandan keyin, Lamak 595 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

31 Lamak 777 yoshida olamdan o’tdi.

32 Nuh 500 yoshdan o’tgandan keyin Som, Xom va Yofas degan o’g`illarini ko’rdi.

Insoniyatning qabihligi

1 Er yuzida insonlar borgan sari ko’paya boshladi. Qizlar ham tug`ilgan edi.

2 Ilohiy zotlar, bu qizlar chiroyli ekan, deb yoqtirganlarini o’zlariga xotin qilib olaverdilar.

3 Shunda Egamiz aytdi: “Men ato etgan Ruh insonlar bilan abadiy qolmaydi, chunki ular o’ladigan jonlardir. Kelgusida ular 120 yil umr ko’rsin.”

4 O`sha kunlarda, undan keyin ham bu olamda ulkan pahlavonlar yashadi. Ilohiy zotlar bilan ayol zotidan tug`ilgan bu pahlavonlar qadimgi davrning buyuk qahramonlari, mashhur jangchilari bo’lgan edilar.

5 Egamiz ko’rdiki, er yuzida inson zoti qilayotgan qabihliklar juda ham ko’p ekan. Ularning ko’nglida faqat qabih niyat bor ekan.

6 Egamiz er yuzida insonlarni yaratganidan pushaymon bo’ldi, yurakdan afsuslandi.

7 Egamiz aytdi: “O`zim yaratgan inson zotini er yuzidan qirib yuboraman. Men inson bilan birga hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni ham qiraman, ularni yaratganimdan pushaymon bo’lyapman.”

8 Faqat Nuh Egamizning marhamatiga sazovor bo’lgan edi.

Nuh

9 Nuhning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:

O`sha davrda er yuzidagi solih, benuqson odam faqat Nuh bo’lib, Xudoga hamroh bo’lib yashardi.

10 Nuhning Som, Xom, Yofas degan uchta o’g`li bor edi.

11 Endilikda er yuzi Xudoning oldida axloqsizlikka, zo’ravonlikka to’lib–toshib ketgan edi.

12 Xudo ko’rdiki, olam buzilib ketgan, er yuzidagi jamiki insoniyat yo’ldan ozgan edi.

13 Xudo Nuhga aytdi: “Men butun er yuzidagi insonlarni qirib tashlashga qaror qildim. Chunki er yuzi ularning dastidan zo’ravonlikka to’lib–toshdi. Endi ularni butun er bilan birga yo’q qilmoqchiman.

14 Qattiq yog`ochdan o’zingga kema yasa, kemaning ichida xonalar ham yasab, kemaning ichki va tashqi tomonini qora saqich bilan suvab chiq.

15 Kemaning uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak bo’lsin.

16 Kemaning tomini yasaganingda, tom bilan kemaning devori oralig`ida bir tirsak ochiq joy qoldir. Eshigini kemaning yon tomonidan yasa. Kemani uch qavatli qilib yasa.

17 Men er yuzini to’fonga bostirib, tirik jonzotning hammasini qirib tashlayman. Er yuzidagi jamiki mavjudot nobud bo’ladi.

18 Sen bilan esa Men ahd qilaman. Sen kema ichiga kirasan, sen bilan birga o’g`illaring, xotining, kelinlaring ham kiradi.

19 Hayvonlarning har bir turidan bir juftdan — erkagi va urg`ochisidan kema ichiga o’zing bilan olib kirasan, toki to’fon paytida ular sen bilan birga tirik qolsin.

20 Qushlarning, hayvonlarning, sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har bir turidan juft–juft qilib, o’zing bilan olib kirasan, toki ular tirik qolsin.

21 O`zing bilan oziq–ovqatlarning har bir turidan g`amlab ol. Oziq–ovqatlar oilang bilan barcha jonzotlarga egulik bo’ladi.”

22 Nuh hamma narsani Xudo amr etganday qildi.

To’fon

1 Nihoyat, vaqti kelib, Egamiz Nuhga aytdi: “Sen butun oila a`zolaring bilan kema ichiga kir. Er yuzidagi xalqlar orasida Mening oldimda solih bo’lib yurganlardan faqat seni topdim, xolos.

2 O`zing bilan halol hayvonlarning urg`ochi va erkagidan etti juftdan, harom hayvonlarning urg`ochi va erkagidan esa bir juftdan ol.

3 Qushlarning har bir turidan — erkagi va urg`ochisidan ham etti juftdan tanlab ol, toki butun er yuzida bu jonzotlarning turlari saqlanib qolsin.

4 Etti kundan keyin, Men er yuziga qirq kechayu qirq kunduz davomida yomg`ir yog`diraman. O`zim yaratgan har bir tirik narsani er yuzidan yo’q qilaman.”

5 Nuh hammasini Egamiz amr etganday qildi.

6 Er yuzini to’fon bosganda, Nuh 600 yoshda edi.

7 Nuh bilan birga xotini, o’g`illari, kelinlari to’fondan omon qolish uchun kemaning ichiga kirdilar.

8 Halol va harom hayvonlardan, qushlardan, erda sudralib yuruvchi jonivorlardan, hasharotlardan har biri

9 — erkak va urg`ochisi juft–juft bo’lib Nuh bilan birga kemaga kirdi. Shunday qilib, Nuh Xudoning hamma amrlarini bajardi.

10 Etti kundan keyin er yuzini to’fon bosa boshladi.

11 Nuh 600 yoshga kirganda, ikkinchi oyning o’n ettinchi kuni er ostidagi buloqlar otilib chiqdi, osmonning qopqalari ochildi.

12-13 Ayni o’sha kuni Nuh bilan birga uning o’g`illari Som, Xom va Yofas, xotini va uchala kelini kema ichiga kirdilar. Qirq kechayu qirq kunduz tinmay yomg`ir yog`di.

14 Ular bilan birga yovvoyi hayvonlardan, chorvadan, erda sudralib yuruvchi hamma jonivor va hasharotlardan, qushlardan — hammasining har bir turidan kemaga kirdi.

15 Bu tirik jonzotlar ikkita–ikkitadan bo’lib Nuh bilan birga kemaga kirdi.

16 Xudo Nuhga amr qilganday, hamma jonivorlarning erkak va urg`ochisi kemaga kirib bo’lgach, Egamiz Nuhning orqasidan eshikni yopdi.

17 Er yuzida qirq kun davomida to’fon bo’lib, suv erni ko’mdi, kemani erdan yuqori ko’tardi.

18 Suv er ustida tobora ko’payib borar, kema suv yuzida suzardi.

19 Suv er yuzida shunchalik to’lib–toshdiki, baland tog`lar ham ko’milib ketdi.

20 Suv tog`lardan o’n besh tirsak balandlikka ko’tarildi.

21 Er yuzida yurgan jamiki jonzot — qushlar, chorva, yovvoyi hayvonlar, sudralib yuruvchi jonivorlar, inson zoti nobud bo’ldi.

22 Quruq er ustida yashab turgan hamma tirik jonzot nobud bo’ldi.

23 Er yuzidagi har qanday jonzotni — insonlarni, hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni Xudo yo’q qilib yubordi, hammasi er yuzidan qirilib ketdi. Faqat Nuh va u bilan birga kemada bo’lganlargina tirik qoldilar, xolos.

24 Suv 150 kun davomida er yuzini qoplab turdi.

To’fonning intihosi

1 Xudo Nuhni va u bilan kemada birga bo’lgan barcha jonzotlarni esdan chiqarmagan edi. Xudo er uzra shabada estirgan edi, suv pasaya boshladi.

2 Er ostidagi buloqlar, osmonning qopqasi berkildi, qattiq quyayotgan jala to’xtadi.

3 Suv asta–sekin er yuzida kamaya boshladi. Nihoyat, 150 kundan keyin suv kamaydi.

4 Ettinchi oyning o’n ettinchi kuni kema Ararat tog`i cho’qqilariga tiralib to’xtab qoldi.

5 O`ninchi oygacha suv kamayib boraverdi. Nihoyat, o’ninchi oyning birinchi kuni tog` cho’qqilari ko’rindi.

6 Yana qirq kun o’tgach, Nuh kemaning darchasini ochdi–da,

7 qarg`ani chiqarib yubordi. Er yuzidagi suv quriguncha, qarg`a u yoqdan–bu yoqqa uchib yuraverdi.

8 Er yuzidagi suv quriganini bilish uchun endi Nuh kemadan kaptarni uchirib yubordi.

9 Hali er yuzini suv bosib yotgani uchun kaptar qo’ngani joy topolmay, kemaga — Nuhning yoniga qaytib keldi. Nuh kaptarni ushlab, ichkariga oldi.

10 Etti kundan keyin Nuh yana kaptarni kemadan uchirdi.

11 Kechga yaqin kaptar uning yoniga qaytib keldi. Kaptarning tumshug`ida yangi o’sib chiqqan zaytun bargi bor edi. Nuh bildiki, er yuzidagi suv pasayibdi.

12 Nuh yana etti kunni o’tkazib, kaptarni uchirib yubordi. Kaptar Nuhning yoniga boshqa qaytib kelmadi.

13 Nuh 601 yoshga kirganda, birinchi oyning birinchi kunida er yuzidagi suv quriy boshladi. Nuh kemaning qopqog`ini ochib qaradi, er yuzi hali to’liq qurimagan ekan.

14 Nihoyat, ikkinchi oyning yigirma ettinchi kuni er butunlay qup–quruq bo’ldi.

15 Keyin Xudo Nuhga shunday dedi:

16 “Kemadan chiq, xotining, o’g`illaring, kelinlaring ham sen bilan birga kemadan chiqishsin.

17 O`zing bilan birga hamma tirik jonzotlarni — qushlaru hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni ham olib chiq, toki ular er yuzida serpusht bo’lib, ko’payib, g`ij–g`ij qaynasin.”

18 Shunday qilib, Nuh o’g`illarini, xotini va kelinlarini boshlab, kemadan tashqariga chiqdi.

19 Hamma hayvonlar, sudralib yuruvchi jonivorlar, hasharotlar, qushlar — erda yashaydigan jamiki jonzotlar ham o’z jufti bilan kemadan chiqdi.

Nuh qurbonlik keltiradi

20 So’ngra Nuh Egamizga atab qurbongoh qurdi. So’ng har bir halol hayvondan va halol qushdan olib, qurbongoh ustida ularni qurbonlik qilib kuydirdi.

21 Egamiz qurbonlikning xushbo’y hididan mamnun bo’lib, O`ziga O`zi dedi: “Insonning ko’nglida bolaligidanoq qabih niyat bor ekan. Shunday bo’lsa ham, Men bundan buyon jamiki tirik jonzotni oldingiday qirib tashlamayman. Inson tufayli butun dunyoni la`natlamayman.

22 Bu olam turar ekan, bahorda ekin–tikin, kuzda o’rim–yig`im, yoz va qish, sovuq va issiq, kunduz va tun bo’laveradi.”

Xudo Nuh bilan ahd qiladi

1 Xudo Nuh bilan uning o’g`illariga marhamat qilib, ularga dedi: “Uvali–juvali bo’linglar, er yuzini to’ldiringlar.

2 Er yuzidagi jamiki hayvonlar, osmondagi hamma qushlar, erda sudralib yuruvchi jonivor va hasharotlarning hammasi, dengizdagi hamma baliqlar sizlardan qo’rqib, hurkadigan bo’ladi. Bularning hammasi ustidan sizlar hukmron bo’lasizlar.

3 O`tni va sabzavotlarni sizlarga emish qilib berganim singari, hamma tirik jonzotlarni ham sizlar uchun emish qilib beraman.

4 Lekin etni qoni bilan emaysizlar. Qonda jon bo’lgani uchun Men buni taqiqlayman.

5 Qotillik jazolanadi. Insonning jonini olgan insondan Men xun talab qilaman, insonni o’ldirgan har qanday hayvon o’ldirilishi lozim.

6 Kimki inson qonini to’ksa,

Uning qonini ham inson to’kar.

Zero, inson zotini Men, Xudo,

Yaratganman O`z suratimda.

7 Barakali bo’lib ko’payinglar, er yuzida to’lib–toshib, tobora ortib boringlar.”

8 Xudo Nuh bilan uning o’g`illariga yana gapirdi:

9 “Men endi sizlar bilan va sizlarning avlodingiz bilan ahd qilaman.

10 Sizlar bilan kemadan chiqqan hamma tirik jonzot — qushlar, chorva, er yuzida yashovchi hamma jonivorlar bilan ham ahd qilaman.

11 Sizlar bilan qat`iy ahd qilaman: bundan buyon barcha jonzot to’fon tufayli qirilib ketmaydi, er yuzini qirib bitiradigan to’fon boshqa hech qachon bo’lmaydi, deb va`da beraman.

12 Sizlar va jamiki tirik jonzot bilan qilayotgan abadiy ahdimning alomati shu bo’ladi:

13 Men bulutlar orasida O`z kamalagimni hosil qilaman. Bu kamalak Mening olam ahli bilan qilgan ahdimning alomati bo’ladi.

14 Men bulutlarni er ustiga olib kelganimda, kamalak bulutlar orasida ko’rinib turadi.

15 Ana o’shanda Men O`zim bilan sizlar va hamma tirik jonzot o’rtasida qilgan ahdimni yodimda tutaman. To’fon endi hech qachon jamiki jonzotni yo’q qilmaydi.

16 Kamalak bulutlar orasida turganda, Men kamalakni ko’rib, er yuzidagi tirik jonzot bilan O`zim qilgan abadiy ahdimni yodimda tutaman.”

17 Xudo yana Nuhga dedi: “Er yuzidagi jamiki tirik jonzot bilan Men qilayotgan ahdning alomati ana shudir.”

Nuh va uning o’g`illari

18 Nuh va uning o’g`illari Som, Xom va Yofas kemadan chiqishdi. Keyinroq Xom o’g`il ko’rib, ismini Kan`on qo’ydi.

19 Nuhning uchala o’g`lidan butun er yuzidagi xalqlar tarqaldi.

20 To’fondan keyin Nuh dehqon bo’ldi va ilk bor uzumzor barpo qildi.

21 Bir kuni u o’zi tayyorlagan maydan ichdi. Mast bo’lib, chodirida yalang`och yotgan edi,

22 Kan`onning otasi Xom otasining yalang`och yotganini ko’rdi va tashqariga chiqib, akalariga aytdi.

23 Som bilan Yofas bir kiyimni olib, elkalariga tashladilar. Orqalari bilan chodirga kirib, otalarining yalang`och tanasini ko’rmaslik uchun yuzlarini teskari o’girib, uning ustini kiyim bilan yopib qo’ydilar.

24 Nuh o’ziga kelgach, kenja o’g`lining qilmishini bildi.

25 Shunda Nuh dedi:

“Kan`on la`nati bo’lsin!

Qullarning ham quli bo’lsin akalariga!”

26 Nuh yana dedi:

“Somning Xudosi — Egamizga

Hamdu sanolar bo’lsin.

Kan`on Somga qul bo’lsin!

27 Xudo Yofasga mo’l er bersin,

Uning nasli Somning

Xalqi bilan yashasin!

Kan`on Yofasga qul bo’lsin!”

28 Nuh to’fondan keyin 350 yil yashadi.

29 U 950 yoshida olamdan o’tdi.

Nuhdan tarqalgan dunyo xalqlari

1 Nuhning o’g`illari Som, Xom va Yofas to’fondan keyin o’g`illar ko’rdilar. Ularning nasl–nasabi va ulardan kelib chiqqan xalqlar tarixi quyidagichadir:

Yofasdan kelib chiqqan xalqlar

2 Yofas nasli: Go’mer, Mago’g, Moday, Yovon, Tuval, Meshex, Tiros va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

3 Go’mer nasli: Ashkanoz, Rifat, To’xarmo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

4-5 Yovon nasli: Elishox, Tarshish, Kit, Ro’don va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Yovon nasli dengiz bo’ylariga tarqalib joylashdi.

Ular har xil qabilalarga va yurtlarga bo’lindilar, har bir qabilaning o’z tili bor edi.

Xomdan kelib chiqqan xalqlar

6 Xom nasli: Kush, Mizra, Fut, Kan`on va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

7 Kush nasli: Savo, Xavila, Sabto, Ramo, Sabtaxo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

Ramo nasli: Shava, Dedon va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

8 Kushning naslida yana Nimro’d degani ham bor edi. Nimro’d er yuzidagi birinchi buyuk jangchi edi.

9 Egamizning nazarida u shu qadar buyuk ovchi ediki, uning ismi hikmat bo’lib qoldi. Odamlar mohir ovchi haqida gapirganda: “Egamizning nazaridagi Nimro’dga o’xshagan buyuk ovchi” deb aytadigan bo’lishdi.

10 Nimro’d shohligining ilk markazi Shinar eridagi Bobil, Erax, Akkad shaharlarining hammasini o’z ichiga olgan edi.

11 Nimro’d o’sha erdan Ossuriyaga borib, Naynavo, Rexobo’t–Ir, Kolax,

12 Rasan shaharlarini qurdirdi. Rasan shahri Kolax va buyuk Naynavo shaharlari orasida joylashgan edi.

13-14 Mizra nasli: Lud, Onom, Laxov, Naftux, Patro’s, Kasluv, Xafto’r va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi.

15-18 Kan`on nasli: Kan`onning to’ng`ich o’g`li Sidon, Xet va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Kan`ondan Yobus, Amor, Girgosh, Xiv, Oruq, Sin, Arvod, Zamar va Xomat xalqlari ham kelib chiqdi.

Natijada Kan`on urug`lari chegaradan tashqariga tarqalib ketdi.

19 Kan`onning chegaralari shimoldagi Sidondan boshlab Garor tomonga — janubdagi G`azogacha, so’ngra sharqdagi Sado’m, G`amo’ra, Adma, Zavo’yim tomonga — to Leshagacha cho’zilgan edi.

20 Xomning nasli ana shulardan iborat edi. Ular har xil qabilalarga va yurtlarga bo’lindilar, har bir qabilaning o’z tili bor edi.

Somdan kelib chiqqan xalqlar

21 Yofasning akasi Som ham farzandlar ko’rdi. U jamiki Ibir naslining ota–bobosi bo’ldi.

22 Som nasli: Elam, Oshur, Arpaxshod, Lud, Oram va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

23 Oram nasli: Uz, Xul, Geter, Meshex va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

24 Arpaxshodning Shilax degan o’g`li bor edi. Shilaxning Ibir degan o’g`li bor edi.

25 Ibir ikki o’g`il ko’rdi: birinchisining ismini Palax qo’ydi, chunki uning davrida dunyo bo’linib ketdi. Ikkinchisining ismi Yoxton edi.

26-29 Yoxtonning nasli: Elmo’dod, Shalaf, Xazormavat, Yorax, Hadoram, Uzol, Dikla, Obal, Abumayl, Shava, Ofir, Xavila, Yo’vov va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

Yoxtonning nasli mana shular edi.

30 Bu xalqlar yashagan hudud Meshadan tortib, sharqdagi Safor qirlari tomongacha cho’zilgan edi.

31 Somning nasli ana shulardan iborat edi. Bu xalqlar har xil qabilalarga va yurtlarga bo’lindilar, har bir qabilaning o’z tili bor edi.

32 Nuhning o’g`illaridan paydo bo’lgan nasllar, nasabnomasi bo’yicha, alohida–alohida xalqlar sifatida ro’yxat qilingan edi. To’fondan keyin er yuzida mana shu xalqlar o’rnashdi.

Bobil minorasi

1 Butun er yuzida bitta til bo’lib, hamma odamlar bir xil so’zlashardilar.

2 Odamlar sharqdan ko’chib, Shinar eridagi bir tekislikka keldilar va o’sha erda joylashdilar.

3 Odamlar bir–birlariga: “Kelinglar, g`isht quyib, yaxshilab pishiraylik”, dedilar. Shunday qilib, ular qurilish uchun g`ishtdan, qorishma uchun qora saqichdan foydalanadigan bo’ldilar.

4 Keyin odamlar aytdilar: “Kelinglar, o’zimiz uchun shahar quraylik, shahar minorasining cho’qqilari osmonga tegib tursin. Shu tariqa nom tarataylik. Aks holda, biz butun er yuziga tarqalib ketamiz.”

5 Odamlar qurayotgan shaharni va minorani ko’rish uchun Egamiz pastga tushdi.

6 Egamiz dedi: “Qaranglar, hammasi bitta xalq, hammasining tili bir! Bu hali ular qilmoqchi bo’lgan ishning boshlanishi, xolos. Hademay, ular ko’ngliga kelgan ishni qilishga qodir bo’ladilar.

7 Qani, pastga tushaylik–da, ularning tilini aralashtirib yuboraylik, toki birining gapini ikkinchisi tushunolmay qolsin.”

8 Shunday qilib, Egamiz ularni o’sha erdan butun er yuzi bo’ylab tarqatib yubordi. Odamlar shahar qurilishini to’xtatdilar.

9 Egamiz hamma odamlarning tilini o’sha erda chalkashtirib, ularning o’zlarini butun er yuziga tarqatib yuborgani uchun shaharning nomi Bobil bo’lib qoldi.

Somning avlodlari

10 Somning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:

Som 100 yoshga kirganda, o’g`li Arpaxshodni ko’rgan edi. Arpaxshod tug`ilganda, to’fon bo’lib o’tganiga ikki yil bo’lgan edi.

11 Arpaxshod tug`ilgandan keyin, Som 500 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

12 Arpaxshod 35 yoshida o’g`li Shilaxni ko’rgan edi.

13 Shilax tug`ilgandan keyin, Arpaxshod 403 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

14 Shilax 30 yoshida o’g`li Ibirni ko’rgan edi.

15 Ibir tug`ilgandan keyin, Shilax 403 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

16 Ibir 34 yoshida o’g`li Palaxni ko’rgan edi.

17 Palax tug`ilgandan keyin, Ibir 430 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

18 Palax 30 yoshida o’g`li Ravuni ko’rgan edi.

19 Ravu tug`ilgandan keyin, Palax 209 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

20 Ravu 32 yoshida o’g`li Sarug`ni ko’rgan edi.

21 Sarug` tug`ilgandan keyin, Ravu 207 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

22 Sarug` 30 yoshida o’g`li Naxo’rni ko’rgan edi.

23 Naxo’r tug`ilgandan keyin, Sarug` 200 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

24 Naxo’r 29 yoshida o’g`li Terahni ko’rgan edi.

25 Terah tug`ilgandan keyin, Naxo’r 119 yil yashab, yana o’g`il–qizlar ko’rdi.

26 Terah 70 yoshdan o’tgandan keyin o’g`illari Ibrom, Naxo’r va Xaronni ko’rgan edi.

Terahning avlodlari

27 Terahning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:

Terahdan Ibrom, Naxo’r va Xaron tug`ildilar. Xarondan Lut tug`ildi.

28 Terah hali hayot ekan, Xaron o’zining tug`ilgan yurtida — Xaldeydagi Ur shahrida otasidan oldin olamdan o’tdi.

29 Ibrom — Soray degan qizga, Naxo’r — Milxo degan qizga uylandilar. Milxo Xaronning qizi edi. Milxoning Iskax degan singlisi ham bor edi.

30 Soray bepusht bo’lib, bolasi yo’q edi.

31 Terah o’g`li Ibromni, Xaronning o’g`li — nabirasi Lutni, Ibromning xotini — kelini Sorayni ergashtirib, Xaldeydagi Ur shahridan chiqib, Kan`on yurtiga qarab yo’l oldi. Ular Xoron shahriga kelishgach, o’sha erda o’rnashdilar.

32 Terah 205 yoshida Xoronda olamdan o’tdi.

Xudo Ibromni tanlaydi

1 Shundan keyin Egamiz Ibromga dedi: “O`z yurtingdan, qarindosh–urug`laring oldidan — otang xonadonidan chiqib ket. Men senga bir yurtni ko’rsataman, o’sha erga borasan.

2 Buyuk xalqning otasi qilaman seni,

Baraka beraman senga,

Ulug` qilaman sening nomingni,

Baraka manbai bo’lasan sen.

3 Men baraka berarman seni duo qilganlarga,

Seni la`natlaganlarni Men la`natlayman.

Sen orqali baraka toparlar

Er yuzidagi jamiki xalqlar.”

4 Egamiz amr qilganday, Ibrom ketdi. Lut ham Ibrom bilan birga ketdi. Ibrom Xorondan chiqib ketganda, etmish besh yoshda edi.

5 Ibrom xotini Sorayni, jiyani Lutni, Xoronda xizmatga olgan odamlarini boshlab, to’plagan jamiki mol–mulkini olib, Kan`on yurtiga qarab yo’lga tushdi. Nihoyat, ular Kan`on yurtiga etib kelishdi.

6 Ibrom bu yurtda ko’chib yurib, Shakam yaqinidagi Mo’re nomli muqaddas eman daraxti yoniga etib kelib to’xtadi. O`sha paytlarda bu yurtda Kan`on xalqi yashardi.

7 Shu erda Egamiz Ibromga zohir bo’lib: “Mana shu yurtni sening naslingga beraman”, dedi. Shunday qilib, Ibrom zohir bo’lgan Egamizga atab o’sha erda qurbongoh qurdi.

8 Shundan so’ng Ibrom Baytilning sharqidagi qirlarga yo’l oldi. Baytil bilan Ay shaharlarining o’rtasida chodir tikdi. Chodirdan g`arb tomonda Baytil, sharq tomonda Ay shaharlari bor edi. Bu erda u qurbongoh qurib, Egamizga sajda qildi.

9 Ibrom u joydan bu joyga ko’chib, janubga — Nagav cho’liga ketdi.

Ibrom Misrda

10 O`sha paytda Kan`onda qahatchilik haddan ortiq avjiga chiqdi. Shuning uchun Ibrom, qahatchilik tugaguncha kutib turay deb, Misrga yo’l oldi.

11 Ibrom Misr chegarasiga yaqinlashganda, xotini Sorayga dedi:

— Sen juda ham go’zal ayolsan.

12 Misrliklar seni ko’rganlarida: “Manavi ayol — uning xotini”, deb aytishadi. Meni o’ldirib, seni tirik qoldirishadi.

13 Sen, uning singlisiman, deb aytgin, toki sen tufayli Misrliklar menga yaxshi munosabatda bo’lsinlar, jonimga rahm qilsinlar.

14 Ibrom Misrga kirib kelganda, Sorayning go’zalligi hammaning og`zida duv–duv gap bo’ldi.

15 Saroy a`yonlari ham Sorayni ko’rishgach, uni fir`avnga rosa maqtashdi. Shunday qilib, Sorayni fir`avnning saroyiga olib kelishdi.

16 Fir`avn Soray tufayli Ibromga ham ko’p muruvvat qildi: mol–qo’y, eshaklar, qul va cho’rilar, tuyalar in`om qildi.

17 Lekin fir`avn Sorayni o’z haramiga olmoqchi bo’lgani uchun, Egamiz fir`avn xonadoniga dahshatli o’lat kasalligini yubordi.

18 Fir`avn Ibromni chaqirtirib kelib, unga dedi:

— Bu nima qilganing? Nima qilib qo’yding meni? Nimaga Soray xotining ekanini menga aytmading?

19 Nimaga, u mening singlim, deb aytding? Gapingga ishonib, uni o’zimga xotin qilib olmoqchi bo’ldim–a! Mana xotining, ol–da, ko’zimdan yo’qol!

20 Fir`avn o’z odamlariga farmon bergan edi, ular Ibromni xotini, hamma odamlari va mol–mulki bilan birga yurtdan chiqarib yubordilar.

Ibrom va Lut bir–biridan ayriladi

1 Shunday qilib, Ibrom xotinini, jiyani Lutni va bor mol–mulkini olib, Misrdan chiqdi va shimolga — Nagav cho’liga yo’l oldi.

2 Ibrom endi juda boyib ketgan, mol–qo’ylari, kumushu oltini ko’p edi.

3 U Nagav cho’lidan Baytilga borguncha bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurdi. Nihoyat, Baytil bilan Ay oralig`iga etib keldi. U oldin ham shu erda chodir tikib,

4 qurbongoh qurgan edi. Ibrom o’sha erda yana Egamizga sajda qildi.

5 Ibrom bilan birga ketayotgan Lut ham juda boy bo’lib, mol–qo’ylari, ko’plab chodirlari bor edi.

6 Ikkovlari chorvasi bilan bir joyda yashashlari uchun er torlik qilib qoldi.

7 Qolaversa, Ibromning cho’ponlari bilan Lutning cho’ponlari o’rtasida janjal chiqib qoldi. Bu paytda o’sha yurtda Kan`on va Pariz xalqlari yashardilar.

8 Shunda Ibrom Lutga dedi:

— Mening cho’ponlarim bilan sening cho’ponlaring o’rtasida janjal bo’lmasligi kerak. Axir, biz yaqin qarindoshlarmiz.

9 Nima qilishimiz lozimligini men senga aytay. Sen mana shu erdan yaxshi joyini keragicha tanlab ol, keyin bir–birimizdan ajralaylik. Agar sen chap tomonga ketsang, men o’ng tomonga ketaman, agar sen o’ng tomonga ketsang, men chap tomonga ketaman.

10 Lut Zo’var tomondagi Iordan vodiysining serhosil tekisliklariga qaradi. Hamma yoq sersuv, go’yo Egamiz yaratgan boqqa va Misrning ajoyib erlariga o’xshardi. Egamiz Sado’m va G`amo’ra shaharlarini vayron qilmasdan oldin vodiy shunaqa edi.

11 Shunday qilib, Lut Iordan tekisliklarini tanladi va sharq tomonga ketdi. Shu tariqa Ibrom bilan Lut bir–biridan ayrildilar.

12 Ibrom Kan`on yurtida o’rnashdi, Lut esa Iordan tekisliklaridagi shaharlar orasiga o’rnashib, chodirlarini Sado’m yoniga ko’chirdi.

13 Sado’m aholisi o’ta qabih bo’lib, Egamizga qarshi og`ir gunohlar qilar edilar.

Ibrom Xevronga ko’chadi

14 Lut Ibromdan ayrilib ketgandan keyin, Egamiz Ibromga dedi:

— Mana shu turgan joyingdan shimolga, janubga, sharqqa va g`arbga qara.

15 Sen ko’rib turgan hamma erni senga va sening naslingga abadiy mulk qilib beraman.

16 Men sening naslingni erdagi qumday ko’paytiraman. Kimki erdagi qumni sanay olsa, sening naslingni ham sanay oladi.

17 Qani, otlan, yurtni aylanib chiq. Men bu yurtni senga mulk qilib beraman.

18 Shunday qilib, Ibrom chodirini yig`ishtirib, Xevrondagi Mamre nomli muqaddas emanzor yoniga keldi va o’sha erda o’rnashdi. U erda Egamizga qurbongoh qurdi.

Ibrom Lutni qutqaradi

1 O`sha paytda Shinarda Omrafil, Elazarda Oriyox, Elamda Kado’rlamar va Go’yimda Tidol hukmronlik qilar edilar.

2 Ular ittifoq tuzib, quyidagi beshta shohga qarshi urush ochdilar: Sado’m shohi Beraga, G`amo’ra shohi Birshaga, Adma shohi Shinavga, Zavo’yim shohi Shemoverga va Belax shohiga. (Belax hozir Zo’var deb yuritiladi.)

3 Ana shu beshta shoh ittifoq tuzib, Siddim vodiysida kuchlarini birlashtirgandilar. (Siddim vodiysi hozirgi O`lik dengizdir.)

4 Bu shohlar o’n ikki yil davomida Kado’rlamarga qaram bo’lib kelgandilar. O`n uchinchi yili esa unga qarshi isyon ko’targandilar.

5 Isyondan bir yil o’tgandan keyin Kado’rlamar va uning ittifoqchilari lashkarlari bilan kelib, Ashtaro’t–Karnayimdagi Rafa xalqini, Xomdagi Zuz xalqini, Xiratayim tekisligidagi Eyim xalqini,

6 Seir tog`laridagi Xorim xalqini cho’lning chetidagi El–Porongacha ta`qib qilib borib, mag`lub qildilar.

7 So’ngra ular orqaga qaytib, En–Mishpat shahriga keldilar va Omoleklarning butun erlarini, shuningdek, Xazazon–Tamarda yashayotgan Amor xalqini qo’lga oldilar. (En–Mishpat hozir Kadesh deb yuritiladi.)

8-9 Sado’m, G`amo’ra, Adma, Zavo’yim va Belax, ya`ni Zo’var shohlari o’z lashkarlarini Siddim vodiysida saf torttirib, Elam shohi Kado’rlamarning va Go’yim, Shinar va Elazar shohlarining lashkarlariga qarshi jangga tayyor qilib qo’ydilar. Xullas, to’rtta shoh beshta shohga qarshi otlandi.

10 Vodiyda qora saqich to’ldirilgan chuqurlar ko’p edi. Sado’m va G`amo’ra shohlari qochib ketayotganlarida, ularning jangchilari o’sha chuqurlarga yiqilib tushdilar. Tirik qolganlari tog`larga qochib qutulib qoldilar.

11 Shunday qilib, bosqinchilar Sado’m va G`amo’rani talon–taroj qilib, u erdagi hamma boyliklarni, g`amlab qo’yilgan oziq–ovqatlarni olib, o’z yo’llariga ketdilar.

12 Ibromning jiyani Lut Sado’mda yashayotgan edi. Bosqinchilar Lutni asirga olib, bor narsasini o’lja qilib oldilar.

13 Bir odam bosqinchilardan qutulib, ibroniy Ibromning yoniga qochib bordi va bo’lgan voqeani unga so’zlab berdi. Ibrom bu paytda Amor xalqidan bo’lgan Mamre degan odamning emanzori yonida chodir tikkan edi. Mamre va uning Eshko’l, Onar degan ukalari Ibromning ittifoqchilari edilar.

14 Ibrom Lutning asirga olinganini eshitgach, o’z xonadonidagi qurol ushlashga qodir hamma odamlarni to’pladi. Ular 318 kishi edi. U Kado’rlamarning lashkari ortidan quvib, Dan shahrida ularga etib oldi.

15 Ibrom o’sha erda odamlarini guruhlarga bo’lib, tunda har tomondan ularga hujum qildi. Kado’rlamarning lashkari qochdi, lekin Ibrom ularni Damashqning shimolidagi Xo’vax shahrigacha quvlab bordi.

16 Ibrom bilan uning ittifoqchilari hamma narsani — o’lja olingan narsalarni, Ibromning jiyani Lutni va uning mol–mulkini, ayollarni va boshqa asirlarni qaytarib olib keldilar.

Maliksidiq Ibromni duo qiladi

17 Ibrom Kado’rlamar va uning ittifoqchilari ustidan g`alaba qilib qaytib kelayotganda, Sado’m shohi uni kutib olgani Shovey soyligiga keldi. (Shovey soyligi Shoh soyligi deb ham atalgan.)

18 Salim shohi Maliksidiq ham Ibromni kutib olgani chiqib, non va sharob olib keldi. U Xudoyi Taoloning ruhoniysi ham edi.

19 Maliksidiq Ibromni shunday deb duo qildi:

“Eru ko’kni yaratgan Xudoyi Taolo

Ibromga baraka bersin.

20 Yovlaringni qo’lingga bergan Xudoyi Taologa

Hamdu sanolar bo’lsin.”

Ibrom qaytarib olib kelgan hamma narsaning o’ndan birini Maliksidiqqa berdi.

21 So’ngra Sado’m shohi Bera Ibromga shunday dedi:

— Odamlarimni o’zimga qaytarib bersang bo’ldi, qaytarib olib kelgan hamma narsani o’zingga olaver.

22 Lekin Ibrom Sado’m shohiga shunday javob berdi:

— Eru ko’kni yaratgan Egamiz — Xudoyi Taolo haqi qasam ichib aytamanki,

23 men sening birorta cho’pingni yoki chorig`ingning ipini ham olmayman. Aks holda: “Ibromni men boy qilganman”, deb aytishing mumkin.

24 Yigitlarimning eb–ichganidan tashqari, men sendan hech narsa olmayman. Men bilan birga borgan ittifoqchilarim Onar, Eshko’l va Mamre esa o’zlarining ulushlarini olishsin.

Xudo Ibrom bilan ahd qiladi

1 Shundan keyin Egamiz Ibromga shu so’zlarni vahiyda ayon qildi:

— Qo’rqma, Ibrom, Men senga qalqon bo’laman, senga beradigan mukofotim buyuk bo’ladi.

2 — Ey Egam Rabbiy! Sen menga nima ham berar eding?! Men hamon befarzandman, butun mol–mulkim Damashqlik xizmatkorim Eliazarga qoladi.

3 Sen menga farzand bermading, shuning uchun xonadonimda tug`ilgan qulim mening merosxo’rim bo’ladi–da.

4 Lekin Ibromga Egamiz yana shu so’zlarni ayon qildi:

— Yo’q, quling sening merosxo’ring bo’lmaydi, o’zingning pushti kamaringdan bo’ladigan o’g`ling sening hamma mol–mulkingga merosxo’r bo’ladi.

5 So’ngra Egamiz Ibromni tashqariga olib chiqib, unga:

— Osmonga qara, agar yulduzlarni sanay olsang, sanab ko’r, — dedi.

Egamiz yana aytdi:

— Sening nasling ham o’sha yulduzlarga o’xshagan ko’p bo’ladi.

6 Ibrom Egamizga ishondi, Egamiz uni ishonchi uchun solih deb bildi.

7 So’ngra Egamiz unga dedi:

— Men sening Egangman, bu yurtni senga mulk qilib bermoqchiman, shuning uchun seni Xaldeydagi Ur shahridan olib chiqqanman.

8 — Ey Egam Rabbiy! Bu yurtni meros qilib olishimga qanday ishonch hosil qilaman? — deb so’radi Ibrom.

9 — Menga uch yoshli g`unajin, uch yoshli echki, uch yoshli qo’chqor, kaptar, musichani olib kel, — dedi Egamiz.

10 Egamiz nima aytgan bo’lsa, hammasini Ibrom olib kelib, so’ydi. Hayvonlarni uzunasiga o’rtasidan bo’lib, bo’laklarni bir–biriga qaratib qo’ydi. Lekin qushlarni ikkiga bo’lmadi.

11 Quzg`unlar go’shtlarni eyish uchun qo’nganda, Ibrom quzg`unlarni haydadi.

12 Quyosh botayotganda, Ibromni qattiq uyqu bosdi. Uni qo’rquv, vahima qamrab oldi.

13 Shunda Egamiz Ibromga aytdi:

— Shuni yaxshi bilib qo’yki, sening nasling begona yurtda musofir bo’lib yashaydi. To’rt yuz yil qul bo’lib, jabr–zulm tortadi.

14 Lekin Men sening naslingni qul qilgan xalqni jazolayman. Sening nasling begona yurtdan katta boylik bilan chiqib ketadi.

15 Sen juda ham keksayib olamdan o’tib, dafn etilasan, ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan.

16 Sening nasling to’rt avlod o’tgandan keyin bu erga qaytib keladi, chunki Amor xalqlarining qabihligi hali haddan oshmadi.

17 Quyosh botib, qorong`i tushgandan keyin, Ibrom ichidan tutun chiqib turgan tog`orani va yonayotgan mash`alani ko’rdi. O`sha tog`ora va mash`ala bo’g`izlangan hayvon bo’laklari orasidan o’tdi.

18 Shunday qilib, o’sha kuni Egamiz Ibrom bilan ahd qildi va shunday dedi:

— Men sening naslingga Misrdagi daryodan tortib buyuk Furot daryosigacha bo’lgan joylarni

19 — Xayin, Xanaz, Kadmon,

20 Xet, Pariz, Rafa,

21 Amor, Kan`on, Girgosh, Yobus xalqlarining erlarini beraman.

Hojar va Ismoil

1 Ibromning xotini Soray hamon bola ko’rmas edi. Soray Misrlik Hojar degan bir ayolni cho’ri qilib olgan edi.

2 Bir kuni Soray Ibromga aytdi:

— Egamiz meni farzanddan qisdi. Endi cho’rimning yoniga kiravering. Balki u orqali farzandli bo’larman.

Ibrom Sorayning taklifiga rozi bo’ldi.

3 Shunday qilib, Ibromning xotini Soray Misrlik cho’risi Hojarni eriga xotin qilib olib berdi. Bu voqea yuz berganda, Ibrom Kan`on yurtiga kirganiga o’n yil bo’lgan edi.

4 Ibrom Hojarning yoniga kirdi. Hojar homilador bo’ldi. Hojar homiladorligini bilgach, bekasi Sorayni nazar–pisand qilmay qo’ydi.

5 Shunda Soray Ibromga dedi:

— Cho’rimga imtiyoz berib, o’zim uni sizning qo’yningizga solib qo’ydim. Endi u homilador bo’lib, meni nazariga ilmay qo’ydi–ya. Bularning hammasiga siz aybdorsiz! Xudoga soldim, qay birimizning haq ekanimizni Xudo hal qilsin!

6 Ibrom Sorayga:

— Hozir ham u sening cho’ring, unga istaganingni qilaver, — deb javob berdi. Soray Hojarga shunaqangi shafqatsizlik qildiki, Hojar qochib ketishga majbur bo’ldi.

7 Egamizning farishtasi sahrodagi buloq yonida — Shurga boradigan yo’l bo’yida Hojarni topdi.

8 — Ey Hojar, Sorayning cho’risi! Qaerdan kelib, qaerga ketyapsan? — deb so’radi.

— Bekam Soraydan qochib kelyapman, — deb javob berdi Hojar.

9 — Bekangning yoniga qayt, unga itoat et, — dedi Egamizning farishtasi Hojarga.

10 — Sening naslingni shu qadar ko’p qilamanki, ko’pligidan hech kim sanay olmaydi.

11 Egamizning farishtasi Hojarga yana gapirdi:

“Sen homiladorsan va tuqqaysan o’g`il,

Egamiz eshitdi jafolaringni,

Uning ismini qo’ygaysan Ismoil.

12 O`g`ling bo’lg`ay asov eshakday,

Uning qo’li ko’tarilgay hammaga qarshi

Va hammaning qo’li — unga qarshi,

Qarindoshlari bilan dushman bo’lib yashagay.”

13 Hojar: “Meni ko’radigan Xudoni ko’rdim–a!” dedi. Shuning uchun u o’ziga gapirgan Egamizga: “Meni ko’radigan Xudosan” deb nom berdi.

14 Shuning uchun bu quduqqa Ber–Laxay–Ruy deb nom berilgan. Quduq Kadesh bilan Barid orasida joylashgan.

15 Hojar Ibromga o’g`il tug`ib berdi, Ibrom bu bolaga Ismoil deb ism qo’ydi.

16 Bu paytda Ibrom sakson olti yoshda edi.

Ahd belgisi — sunnat

1 Ibrom to’qson to’qqiz yoshga kirganda, Egamiz unga zohir bo’lib, dedi:

— Men Qodir Xudoman. Men ko’rsatgan yo’ldan yur, har doim pokdil bo’lib yashagin.

2 Men sen bilan ahd qilaman, senga juda ko’p nasllar ato qilaman.

3 Ibrom erga muk tushib ta`zim qildi. Keyin Xudo unga aytdi:

4 — Sen bilan qiladigan ahdim shudir: sen ko’plab xalqlarning otasi bo’lasan.

5 Endi sening ismingni o’zgartiraman. Isming endi Ibrom emas, Ibrohim bo’ladi. Chunki Men seni ko’plab xalqlarning otasi qilaman.

6 Seni juda ham barakali qilaman, sendan xalqlar yarataman, sendan shohlar kelib chiqadi.

7 Men senga va sendan keyingi nasllaringga bergan va`damda turaman. Bu abadiy ahd bo’ladi. Men doimo Sening Xudoying, sendan keyingi nasllaringning Xudosi bo’lib qolaman.

8 Sen musofir bo’lib yashab turgan mana shu Kan`on yurtining hammasini Men senga va nasllaringga abadiy mulk qilib beraman. Men ularning Xudosi bo’laman.

9 Xudo Ibrohimga yana dedi:

— Sen va sendan keyingi nasllaring avlodlar osha Men bilan qilgan ahdga rioya qilishlaringiz lozim.

10 Sen va sening nasllaring rioya qilishlaringiz kerak bo’lgan ahdim quyidagichadir: orangizdagi har bir erkak sunnat qilinsin.

11 Sunnat — sen bilan Mening o’rtamizdagi ahdning belgisi bo’ladi.

12 Hozirdan boshlab nasllar osha xonadoningdagi har bir o’g`il bola tug`ilgandan keyin sakkiz kun o’tgach, sunnat qilinsin. Bu faqat sening oila a`zolaringgagina tegishli bo’lmay, balki xonadoningda tug`ilgan xizmatkorlaringga va sening naslingdan bo’lmagan, begonalardan sotib olgan xizmatkorlaringga ham tegishlidir.

13 Xonadoningda tug`ilgan xizmatkorlaring ham, sotib olingan xizmatkorlaring ham sunnat qilinsin. Shunday qilib, Mening sen bilan qilgan ahdim abadiy ekanini tanangizdagi belgi ko’rsatib turadi.

14 Sunnat qilinmagan erkak xalqim orasidan yo’q qilinsin. U Mening ahdimni buzgan hisoblanadi.

15 Xudo Ibrohimga yana aytdi:

— Xotining Sorayga kelsak, uning ismi bundan keyin Soray bo’lmasin. Hozirdan boshlab uni Sora deb chaqir.

16 Men Soraga marhamat ko’rsataman. Men undan senga o’g`il ato qilaman. Ha, Men Soraga shunchalik baraka beramanki, u ko’p xalqlarning onasi bo’ladi. Uning nasllari orasidan shohlar chiqadi.

17 Ibrohim muk tushib ta`zim qildi, keyin kulib qo’ydi–da, o’ziga o’zi dedi: “Yuz yoshga kirgan odam bola ko’rar ekanmi?! Buning ustiga, Sora ham to’qsonga kirdi, endi bola tug`armidi?!”

18 Ibrohim Xudoga:

— Qaniydi, Ismoil Sening marhamating ostida yashasa, — dedi.

19 — Yo’q, xotining Sora senga o’g`il tug`ib beradi, — dedi Xudo. — Sen o’g`lingning otini Ishoq qo’yasan. Men o’g`ling bilan va uning kelgusi nasli bilan abadiy ahdimni davom ettiraman.

20 Ismoil to’g`risida qilgan iltimosingni ham eshitdim. Men unga baraka beraman, uning naslini haddan tashqari ko’paytiraman. U o’n ikki yo’lboshchining otasi bo’ladi. Undan buyuk xalq keltirib chiqaraman.

21 Lekin Men O`z ahdimni tug`iladigan o’g`ling Ishoq bilan qilaman. Kelgusi yili xuddi shu paytda Sora senga Ishoqni tug`ib beradi.

22 Xudo Ibrohim bilan gaplashib bo’lgach, uning yonidan ketdi.

23 O`sha kuniyoq Ibrohim Xudo amr etganday qildi: o’g`li Ismoilni, xonadonida tug`ilgan xizmatkorlarini, begonalardan sotib olgan xizmatkorlarini — xonadonidagi hamma erkakni sunnat qildi.

24 Ibrohim sunnat qilinganda, to’qson to’qqiz yoshda,

25 o’g`li Ismoil o’n uch yoshda edi.

26 Ibrohim bilan o’g`li bir kunda sunnat qilindilar.

27 Shunday qilib, Ibrohimning xonadonidagi jamiki erkak zoti ham u bilan birga sunnat qilindi.

Xudo Ibrohimga o’g`il va`da qiladi

1 Kunning jazirama issiq payti edi. Ibrohim Mamredagi muqaddas emanzorda chodiriga kiraverishda o’tirgan edi, shu payt Egamiz unga zohir bo’ldi.

2 Shu lahzada Ibrohim ro’parasida uchta odam turganini bildi. Ibrohim uchalasini ko’rgan zahoti ularni kutib olgani yugurib bordi va muk tushib ta`zim qildi.

3 — Hazratim, — dedi Ibrohim, — marhamatingizni darig` tutmanglar, bu qulingizning eshigini bosib o’tib ketmanglar.

4 Xizmatkorlarim suv keltirishsin, oyoqlaringizni yuvishsin, o’zlaringiz daraxtning soyasida dam olinglar.

5 Modomiki, bu qulingizning xonadoniga tashrif buyuribsizlar, men non–pon olib kelay. Sayohatingizni davom ettirishdan oldin bardam bo’lib olinglar.

— Mayli, — deyishdi ular, — aytganingday qilaver.

6 Ibrohim shoshilganicha chodirga qaytdi–da, Soraga dedi:

— Tez bo’l! Unning yaxshisidan darrov bir tog`ora olib, non yop.

7 So’ngra podaga borib, semiz buzoqni tanladi va xizmatkoriga berdi. Xizmatkor darrov buzoqni so’yib, taom tayyorlashga kirishdi.

8 U suzma, sut va pishirib tayyorlangan buzoq go’shtini olib, mehmonlarning oldiga qo’ydi. Mehmonlar ovqatlanishayotganda, Ibrohim daraxt ostida ularga o’zi xizmat qilib turdi.

9 — Xotining Sora qaerda? — deb so’rashdi ular.

— Shu erda, chodirda, — deb javob berdi Ibrohim.

10 Ulardan biri:

— Men kelgusi yili shu paytda qaytib kelganimda, xotining Sora o’g`illi bo’ladi, — dedi. Sora chodir pardasining orqasida, chodirga kiraverish yonida bu suhbatni eshitib turardi.

11 Bu paytda Ibrohim ham, Sora ham juda keksayib qolishgan, Sora bola tug`ish davridan ancha o’tgan edi.

12 U ichida kulib, o’zicha o’yladi: “Men munkillagan kampir bo’lsam–u, qanday qilib lazzatlana olardim?! Buning ustiga, xo’jayinim ham qarib qolgan bo’lsa.”

13 Shunda Egamiz yana Ibrohimga aytdi:

— Nima uchun Sora kuldi? Nimaga u: “Qarib qolgan bo’lsam, bola tug`armidim”, dedi?

14 Men — Egangiz uchun imkonsiz narsa bor ekanmi?! Kelgusi yil shu paytda Men qaytib kelaman. O`shanda Sora o’g`illi bo’ladi.

15 Lekin Sora qo’rqib ketgan edi.

— Kulmadim, — deb gapidan tondi u.

— Yo’q, kulding, — dedi Egamiz.

Ibrohim Sado’m uchun yolvoradi

16 Shundan keyin uchalovi o’rinlaridan turib, Sado’m tomonga yo’l oldilar. Ibrohim, ularni kuzatib qo’yay deb, birga yurdi.

17 Egamiz: “Men qilmoqchi bo’lgan ishlarimni Ibrohimdan sir tutmayman”, dedi O`ziga.

18 “Ibrohimdan buyuk, qudratli xalq kelib chiqadi. Er yuzidagi jamiki xalqlar u orqali baraka topadi.

19 Ibrohim o’g`illarini, o’z naslini Mening yo’limdan yurishga, to’g`rilik va adolat bilan ish qilishlariga yo’l ko’rsatsin deb, uni tanlaganman. Shunda Men Ibrohimga bergan va`damni bajaraman.”

20 So’ngra Egamiz Ibrohimga dedi:

— Sado’m va G`amo’ra aholisining razilligi, ularning og`ir gunohlari haqidagi ohu fig`onlar Menga etib keldi.

21 Men pastga tushib ko’ray–chi, ularning hammasi haqiqatan ham shunchalik gunohga botib ketibdimikan?!

22 Shundan keyin ikki kishi Sado’mga qarab yo’l oldi. Egamiz esa Ibrohim bilan qoldi.

23 Ibrohim Unga qarab, so’radi:

— Sen gunohkorni ham, begunohni ham birday qirib tashlayverasanmi?

24 Aytaylik, shaharda ellikta begunoh odam topsang, shaharni vayron qilaverasanmi? Begunoh odamlarning haqi–hurmati uchun shaharga rahm qilmaysanmi?

25 Nahotki gunohsiz odamni gunohkor bilan birga yo’q qilsang?! Aslo! Sen gunohsizning boshiga gunohkorning kunini solmaysan–ku! Axir, Sen butun olamning Hokimisan, adolat ila ish tutasan!

26 — Agar Men Sado’mda ellikta begunoh odamni topsam, — dedi Egamiz, — ularning haqi–hurmati uchun butun shaharga rahm qilaman.

27 — Ey Rabbiy! Men tuproq va kul bo’lsam ham, Senga gapirayotganimda qo’polligim uchun kechirgin, — dedi Ibrohim.

28 — Ellikta begunoh odamga beshta etmasa–chi? Beshta kam bo’lgani uchun butun shaharni qirib tashlaysanmi?

— Agar u erda qirq beshta solih odamni topsam, shaharni qirib tashlamayman.

29 Ibrohim Egamizga yana gapirdi:

— Balki u erda qirqta begunoh odam topilar.

— O`sha qirqta begunohning haqi–hurmati uchun bu ishni qilmayman, — dedi Egamiz.

30 — Yo Rabbiy! — dedi Ibrohim. — Gapirsam, O`zing kechirgaysan. Balki u erda o’ttizta begunoh topilar?

— Agar u erda o’ttizta begunoh odamni topsam, shaharni qirib tashlamayman, — deb javob berdi U.

31 — Rabbiy! Gapirayotganimda qo’polligim uchun kechirgin, — dedi Ibrohim. — Balki u erda yigirmata begunoh odam topilar?

— O`sha yigirmata begunoh odamning haqi–hurmati uchun shaharni qirib tashlamayman, — dedi U.

32 — Rabbiy! Yana bir marta gapirsam, O`zing kechirgaysan, — dedi Ibrohim. — Balki u erda o’nta begunoh odam topilar?

— O`sha o’nta begunoh odamning haqi–hurmati uchun shaharni qirib tashlamayman, — deb javob berdi Egamiz.

33 Egamiz Ibrohim bilan gaplashib bo’lgach, O`z yo’liga ketdi. Ibrohim ham chodiriga qaytdi.

Sado’m aholisining gunohkorligi

1 O`sha kuni kechqurun ikkala farishta Sado’mga etib keldi. Lut Sado’m darvozasi yonida o’tirgan edi. Lut farishtalarni ko’rib, ularga peshvoz chiqdi va muk tushib ta`zim qildi.

2 — Janoblar, marhamat, shu kecha bu qulingizning uyiga kiringlar, oyoqlaringizni yuvayin, menikida tunab qolinglar. Ertaga ertalab yo’llaringizga ketsalaringiz ham bo’ladi.

— Rahmat, biz tunni shahar maydonida o’tkazamiz, — deb aytishdi ular.

3 Lut hadeb qistayvergandan keyin, farishtalar Lutnikiga kelishdi. Lut xizmatkorlariga non yopib, ziyofat tayyorlashni buyurdi. Ziyofat tayyor bo’lgach, ular ovqatlanishdi.

4 Lekin ular endi uxlashga yotmoqchi bo’lib turganlarida, Sado’m shahrining hamma erkagi — yoshu qarisi kelib, Lutning uyini o’rab olishdi.

5 Ular Lutni chaqirishib, so’rashdi:

— Bugun kechqurun sening uyingga kelgan odamlar qani? Ularni olib chiq bizning oldimizga! Ular bilan birga bo’laylik.

6 Lut tashqariga chiqib, orqasidan eshikni yopib qo’ydi.

7 — Birodarlarim! — dedi u, — o’tinaman, zinhor bunday qabihlik qila ko’rmanglar!

8 Mana, ikkita bokira qizim bor. Qizlarimni sizlarga olib chiqib berayin, ular bilan bilganlaringizni qilinglar. Lekin bu odamlarga tegmanglar, ular mening mehmonim, mening panohim ostidadirlar.

9 Lekin ular:

— Yo’ldan qoch! — deb shovqin soldilar. — Sen o’zingni kim deb o’ylayapsan? Biz senga oramizdan joy berdik, endi esa bizga aql o’rgatadigan bo’lib qoldingmi?! Mana endi ko’rasan. Anavi kelgan odamlarga qiladiganimizdan ham battarrog`ini senga qilamiz!

Odamlar Lutni siqib kelib, eshikni sindirmoqchi bo’ldilar.

10 Shu payt ichkaridagi ikkala farishta qo’llarini tashqariga chiqarib, Lutni uyning ichkarisiga — yonlariga oldilar va eshikni yopdilar.

11 Keyin uyning eshigi oldida turgan hamma odamlarni — kattalarni ham, kichiklarni ham farishtalar ko’r qilib qo’ydilar. Shuning uchun odamlar eshikni topa olmay qoldilar.

Lut Sado’mdan ketadi

12 Shundan keyin farishtalar Lutdan so’rashdi:

— Bu shaharda sening yana kiming bor? Kuyovingmi, o’g`illaringmi, qizlaringmi — senga qarashli kim bo’lsa ham, shahardan olib chiqib ket.

13 Biz shaharni butunlay qirib tashlaymiz. Bu shahar aholisining razilligiyu og`ir gunohlari haqidagi ohu fig`onlar Egamizga etib bordi. “Bu shaharni qirib tashlanglar”, deb U bizni yubordi.

14 Shundan keyin Lut bo’lajak kuyovlari oldiga borib:

— Tezda shahardan chiqib ketinglar! — dedi. — Egam bu shaharni qirib tashlamoqchi.

Lekin Lutning gapi kuyovlariga hazil bo’lib tuyuldi.

15 Tong otgach, farishtalar Lutni shoshiltirishdi:

— Tez bo’l! Xotining bilan ikkala qizingni olib, hoziroq bu erdan jo’na! Bo’lmasa, shaharga qirg`in kelganda, sizlar ham halok bo’lasizlar!

16 Lut hali ham ikkilanib turganda, farishtalar Lutni, xotinini va ikkala qizini qo’llaridan ushlab, shahar tashqarisiga olib chiqib qo’ydilar. Chunki Egamiz shafqatli edi.

17 Farishtalar ularni shahar tashqarisiga olib chiqib qo’yganlaridan keyin, ulardan biri ogohlantirdi:

— Qochinglar, jonlaringni qutqaringlar! Orqaga qaramanglar, vodiydagi biron joyda to’xtamanglar! Toqqa qarab qochinglar! Bo’lmasa, halok bo’lasizlar!

18 — Yo’q, Hazratim! — deb iltijo qildi Lut.

19 — Bu qulingizga ko’p inoyat ko’rsatdingiz, hayotimni qutqarib qoldingiz, menga ko’p shafqat qildingiz. Lekin tog` juda ham uzoq. Men falokatga yo’liqib, u erga etib borolmay o’lib ketaman–ku!

20 Hov anavi shaharchani ko’ryapsizmi? O`zi kichkinagina shaharcha, uncha uzoq emas. Men o’sha yoqqa qochib bora qolay. O`shanda men jonimni saqlab qolaman.

21 — Bo’pti! — dedi farishta Lutga. — Sen aytganday bo’lsin. O`sha kichkina shaharni yo’q qilmayman.

22 Tez bo’l, o’sha yoqqa qoch! Sen o’sha shaharga etib bormaguningcha, men hech narsa qilolmayman.

Lut shaharni kichkina degani uchun, bu shahar Zo’var deb yuritiladigan bo’ldi.

23 Quyosh chiqayotganda, Lut Zo’varga etib keldi.

Sado’m va G`amo’ra vayron qilinadi

24 Shundan keyin Egamiz Sado’m va G`amo’ra shaharlari ustiga yonayotgan oltingugurt yog`dirdi.

25 Yonayotgan oltingugurt bu shaharlar qatorida vodiydagi hamma shaharlarni aholisiyu o’t–o’lanlari bilan birga qirib tashladi.

26 Lutning ortidan xotini kelayotgan edi. Xotini orqasiga qaragan edi, tuz ustuniga aylanib qoldi.

27 Keyingi kuni ertalab Ibrohim Egamiz bilan gaplashgan joyga qaytib bordi.

28 Sado’m, G`amo’ra va butun vodiyga qarab, u erlardan tutun ko’tarilayotganini ko’rdi. Bu manzara go’yo tandirdan chiqayotgan tutunni eslatardi.

29 Xudo vodiydagi shaharlarni qirib, Lut yashayotgan shaharlarga falokat yog`dirganda, Ibrohimni esdan chiqarmagan edi. Shuning uchun Xudo Lutni falokatdan asrab qoldi.

Mo’ab va Ommon xalqlarining kelib chiqishi

30 Lut Zo’varda turishdan qo’rqib, ikkala qizi bilan tog`dagi bir g`orga joylashib, o’sha erda yashayverdi.

31 Bir kuni katta qizi kichigiga dedi:

— Bu atroflarda bizga uylanadigan birorta erkak qolmagan. Otamiz esa qarib qolyapti.

32 Kel, otamizga sharob ichiramiz–da, keyin uning yoniga kiramiz. Shu yo’l bilan otamizdan naslimizni davom ettiramiz.

33 Shunday qilib, ular o’sha kuni kechasi otalariga sharob ichirdilar. Katta qizi otasining yoniga kirdi. Otasi qizining qachon kirib, qachon turganini bilmadi.

34 Keyingi kuni katta qizi kichigiga dedi:

— Kecha tunda men otamning yoniga kirdim. Bugun ham otamizga sharob ichiraylik, keyin sen otamizning yoniga kirasan. Shu yo’l bilan otamizdan naslimizni davom ettiramiz.

35 Shunday qilib, ular o’sha kuni kechasi ham otalariga sharob ichirdilar. Kichik qiz otasining yoniga kirdi. Otasi kichik qizining qachon kirib, qachon turganini bilmadi.

36 Shunday qilib, Lutning ikkala qizi ham otalaridan homilador bo’ldilar.

37 Katta qizi o’g`il tug`di va ismini Mo’ab qo’ydi. U bugungi kunda Mo’ab xalqining ota–bobosi hisoblanadi.

38 Kichik qiz ham o’g`il tug`di va ismini Banommi qo’ydi. U bugungi kunda Ommon xalqining ota–bobosi hisoblanadi.

Ibrohim va Abumalek

1 Ibrohim bu erdan ko’chib, janubga — Nagav cho’li tomonga yo’l oldi va Kadesh bilan Shur oralig`ida joylashdi. Keyinroq Garorga ketdi. U erda bir oz yashadi.

2 Ibrohim bu erdagi odamlarga xotini Sorani, u mening singlim, deb aytar edi. Garor shohi Abumalek odam yuborib, Sorani saroyiga oldirib keldi.

3 Abumalek kechasi tush ko’rdi. Tushida Xudo zohir bo’lib, unga dedi: “Sen mana shu xotinni olganing uchun o’lasan, chunki uning eri bor.”

4 Lekin Abumalek hali Soraga yaqinlashmagan edi.

— Yo Rabbiy! — dedi Abumalek. — Men begunohman–ku! Endi begunoh odamni ham o’ldiraverasanmi?

5 Ibrohim menga, u mening singlim, dedi–ku! Ayolning o’zi ham, Ibrohim — mening akam, dedi. Men bu ishni pok ko’ngil bilan qildim.

6 Xudo Abumalekka tushida yana dedi:

— Sening pok ko’ngilli ekaningni bilaman. Shu sababdan Menga qarshi gunoh qilishdan seni saqladim. Soraga tegishingga yo’l qo’ymadim.

7 Endi sen bu ayolni eriga qaytarib ber. Uning eri — payg`ambar, sen uchun ibodat qiladi. Shunda sen tirik qolasan. Agar bu ayolni eriga qaytarib bermasang, shuni bilib qo’yki, o’zing ham, butun oila a`zolaring ham o’lasizlar.

8 Ertasi kuni saharda Abumalek hamma a`yonlarini chaqirib, ularga bo’lgan voqeani aytib berdi. Hammalari qattiq vahimaga tushdilar.

9 Keyin Abumalek Ibrohimni chaqirtirib, unga dedi:

— Bizni nima qilib qo’yding? Senga qarshi qanday gunoh qilibman–a?! Men ham, shohligim ham shunchalik og`ir gunohga botishiga sen sababchi bo’lding! Sen menga hech kim hech qachon qilmasligi kerak bo’lgan ishni qilding.

10 Abumalek Ibrohimdan:

— Nimani o’ylab bu ishni qilding? — deb so’radi.

11 — Bu erda hech kim Xudodan qo’rqmaydi, xotinimni tortib olish uchun meni o’ldiradilar, deb o’yladim, — dedi Ibrohim.

12 — Buning ustiga, u haqiqatan ham mening singlim, otamiz bir, lekin onamiz boshqa–boshqa bo’lgani uchun unga uylanganman.

13 Xudo meni otamning xonadonidan begona yurtlarga sayohatga olib ketganda, xotinimga shunday degan edim: “Qaerga borsak ham, men to’g`rimda gapirganingda, u mening akam, deb aytgin. Shunda menga sodiqligingni ko’rsatgan bo’lasan.”

14 Shundan keyin Abumalek mol–qo’yidan, qul va cho’rilaridan Ibrohimga berdi. Xotini Sorani ham qaytarib berdi.

15 — Mana, shohligimga qarashli erlar qarshingda turibdi, — dedi Abumalek. — Qaerda yashashni xohlasang, o’sha joyni tanlab olaver.

16 Soraga esa shunday dedi:

— Mana, akangga ming bo’lak kumushni tovon qilib to’layapman. Bu kumushlar yoningdagilarga sening pokligingni isbotlaydi.

17-18 Xudo Sora tufayli Abumalekning xonadonidagi hamma ayolni tug`maydigan qilib qo’ygan edi. Ibrohim Xudoga ibodat qildi. Xudo Abumalekka shifo berdi, shuningdek, uning xotini va cho’rilariga ham shifo berib, ularni tug`adigan qildi.

Ishoqning tug`ilishi

1 Egamiz bergan va`dasi bo’yicha Soraga marhamat qildi.

2 Sora homilador bo’lib, Ibrohimga qarigan chog`ida o’g`il tug`ib berdi. Bularning hammasi Xudo aytgan vaqtda yuz berdi.

3 Ibrohim o’g`liga Ishoq deb ism qo’ydi.

4 Xudo amr qilganday, Ishoq sakkiz kunlik bo’lganda, Ibrohim uni sunnat qildi.

5 Ishoq tug`ilganda, Ibrohim yuz yoshda edi.

6 Sora dedi: “Xudo menga shodlik va kulgi ato qildi, bu haqda eshitgan har kim men bilan birga kuladi.

7 Kim ham, Sora chaqaloq emizadi, deb Ibrohimga ayta olardi?! Men esa Ibrohimga qarigan chog`ida o’g`il tug`ib berdim.”

8 Vaqt o’tib, Ishoq katta bo’lib qolgach, Sora uni ko’krakdan chiqardi. Bu baxtli kunni nishonlab, Ibrohim katta ziyofat berdi.

Hojar bilan Ismoil quviladi

9 Misrlik Hojarning Ibrohimga tug`ib bergan o’g`li Ismoil Ishoqni masxara qilayotganini Sora ko’rib qoldi.

10 Sora Ibrohimdan:

— Bu cho’rini o’g`li bilan birga haydab yuboring! — deb talab qildi. — Cho’rining o’g`li mening o’g`lim bilan merosxo’r bo’lmasin.

11 Bu gapdan Ibrohim juda xafa bo’ldi, axir, Ismoil ham uning o’g`li edi–da.

12 Lekin Xudo Ibrohimga dedi:

— Bola va cho’ri xotining uchun tashvish tortma. Soraning aytganlarini qil. Chunki Men senga va`da qilgan nasling Ishoq orqali kelib chiqadi.

13 Cho’ri xotiningning bolasi sening ham o’g`ling bo’lgani uchun Men unga ham farzandlar ato etib, undan xalqlar yarataman.

14 Ibrohim ertasiga saharda turdi. Bir oz egulik va bir mesh suv olib, Hojarning elkasiga yukladi–da, o’g`li bilan birga jo’natib yubordi. Hojar Bersheba atroflarida cho’lda bemaqsad izg`ib yurdi.

15 Meshdagi suv tamom bo’lgach, Hojar bolasini bir butaning tagida qoldirdi.

16 So’ngra: “Bolamning o’lishini ko’rmayin”, deb bolasidan bir o’q otimi nariga borib o’tirdi. Hojar o’sha erda o’tirib, yig`lab, faryod qila boshladi.

17 Xudo o’smirning yig`isini eshitdi. Xudoning farishtasi samodan Hojarni chaqirib dedi:

— Nimaga g`am chekyapsan, Hojar? Qo’rqma, sen o’smirni qoldirib ketgan joydan Xudo uning yig`isini eshitdi.

18 Qani, o’g`lingni turgiz, uning qo’lidan ushla. Men uning naslidan buyuk xalq yarataman.

19 Xudo Hojarning ko’zini ochib yuborgan edi, u bir quduqni ko’rdi. Borib, meshni suvga to’ldirib keldi–da, bolasiga ichirdi.

20 Xudo doimo bola bilan birga bo’ldi. Bola Poron cho’lida o’sib–ulg`aydi. U mohir kamonkash bo’ldi.

21 Onasi uni Misr yurtidan bir qizga uylantirdi.

Ibrohim bilan Abumalek o’rtasidagi ahdlashuv

22 Bir kuni Abumalek lashkarboshisi Pixol bilan birga Ibrohimning oldiga bordi va unga dedi:

— Sen har qanday ishni qilganingda ham Xudo sen bilan birga.

23 Endi Xudoning nomini o’rtaga qo’yib, seni, bolalaringni, naslingni aldamayman, deb qasam ich. Men senga sodiqligimni ko’rsatdim. Shuning uchun hozir, senga va men istiqomat qilib turgan shu yurtingga sodiq bo’laman, deb qasam ich.

24 — Qasam ichaman, — dedi Ibrohim.

25 Shunda Ibrohim Abumalekka: “Xizmatkorlaring zo’rlik bilan mening qudug`imni tortib olishdi”, deb shikoyat qilib qoldi.

26 — Bu haqda birinchi marta eshityapman, — dedi Abumalek. — Sen menga bu haqda aytmagan eding. Bu ishni kim qilganini bilmayman.

27 Shunday qilib, Ibrohim Abumalekka mol–qo’ylar berdi va ikkalasi ahd qildilar.

28 Ibrohim ettita urg`ochi qo’zini suruvdan ajratib oldi.

29 Abumalek Ibrohimdan:

— Sen ettita urg`ochi qo’zini ajratib olding, buning ma`nosi nima? — deb so’radi.

30 Ibrohim shunday javob berdi:

— Mana shu ettita urg`ochi qo’zini sen qo’limdan olishing kerak, toki bu quduqni o’zim qaziganimni bular isbotlaydi.

31 Shunday qilib, ikkovlari qasamyod qilishdi. Shuning uchun bu joy hozirgacha Bersheba deb yuritiladi.

32 Ular ahd qilganlaridan keyin, Abumalek o’z lashkarboshisi Pixol bilan Filistlar eridagi Garor shahriga qaytib ketdi.

33 Ibrohim Bershebada yulg`un daraxti o’tqazdi va u erda abadiy Xudoga — Egamizga sajda qildi.

34 U Filistlar erida ancha vaqt yashadi.

Xudo Ibrohimga amr beradi

1 Shu voqealardan keyin Xudo Ibrohimni sinadi.

— Ibrohim! — deb chaqirdi Xudo.

— Labbay! — deb javob berdi Ibrohim.

2 — Yolg`iz suyukli o’g`ling Ishoqni olib, Moriyox eriga bor, — dedi Xudo. — Men senga bir tog`ni ko’rsataman, o’sha tog`da o’g`lingni qurbonlik qilib kuydirasan.

3 Ertasi kuni Ibrohim saharda turib, eshagini egarladi. Olovda kuydiriladigan qurbonlik uchun o’tin tayyorladi. So’ng ikki xizmatkori va o’g`li Ishoqni yoniga olib, Xudo aytgan erga jo’nadi.

4 Uch kun yo’l yurganlaridan keyin, Ibrohim uzoqdan o’sha joyni ko’rdi.

5 Ibrohim xizmatkorlariga dedi:

— Sizlar shu erda — eshakning yonida qolinglar. O`g`lim bilan hov anavi erga boramiz–u, u erda sajda qilib, shu erga qaytib kelamiz.

6 Ibrohim qurbonlik kuydirish uchun o’tinni olib, o’g`li Ishoqning elkasiga ortdi. O`zi esa pichoq bilan cho’g`ni olib ketdi. Ikkovlari birga ketishdi.

7 — Otajon! — dedi bir payt Ishoq otasiga.

— Labbay, o’g`lim, — deb javob berdi Ibrohim.

— Olov bilan o’tin bor–u, lekin qurbonlik qilib kuydiriladigan qo’zi qani? — deb so’radi Ishoq.

8 — Qurbonlik qilib kuydiriladigan qo’zini Xudoning O`zi beradi, o’g`lim, — deb javob qildi Ibrohim. Shunday qilib, ikkovlari birga yo’lda davom etishdi.

9 Ular Xudo ko’rsatgan erga etib kelganlaridan keyin, Ibrohim qurbongoh qurib, qurbongohga o’tin qaladi. So’ngra u o’g`li Ishoqni bog`lab, qurbongohdagi o’tinlar ustiga yotqizdi.

10 Ibrohim pichoqni oldi va o’g`lini bo’g`izlashga shaylandi.

11 Shu payt Egamizning farishtasi samodan unga hayqirdi:

— Ibrohim! Ibrohim!

— Labbay! — deb javob berdi Ibrohim.

12 — Pichoqni tashla! — deb buyurdi farishta. — Bunday qilma, bolaga zarar etkazma. Endi bildim, sen haqiqatan Xudodan qo’rqar ekansan. Sen hatto yagona o’g`lingni ham Mendan ayamading.

13 Ibrohim boshini ko’tarib, qo’chqorni ko’rib qoldi. Qo’chqorning shohlari chakalaklarga o’ralib qolgan edi. Ibrohim qo’chqorni ushlab, qurbongohda o’g`lining o’rniga kuydirib qurbonlik qildi.

14 Shuning uchun bu joyga Ibrohim “Egamiz beradi” deb nom qo’ydi. Bu nom bugungi kunda: “Egamizning tog`ida beriladi” degan hikmatga aylanib ketgan.

15 Shundan keyin Egamizning farishtasi samodan Ibrohimni yana chaqirdi:

16 — Egang aytmoqda: “Menga itoat qilganing uchun, hatto yagona o’g`lingni ham Mendan ayamaganing uchun O`zimning nomim bilan qasamyod qilaman:

17 senga albatta qut–baraka beraman. Naslingni osmondagi yulduzlarday, dengiz qirg`og`idagi qumday son–sanoqsiz qilib ko’paytiraman. Nasling g`animlarining darvozalarini egallaydilar.

18 Menga itoat qilganing uchun er yuzidagi hamma xalqlar sening nasling orqali baraka topadi.”

19 Shunday qilib, Ibrohim o’g`li bilan birga xizmatkorlari yoniga qaytib keldi va Bershebaga — uyiga yo’l oldi. Ibrohim Bershebada yashab qoldi.

Naxo’rning nasli

20 Shundan keyin Ibrohim: “Ukang Naxo’rning xotini Milxo sakkiz nafar o’g`il tuqqan” degan xabarni eshitdi.

21 To’ng`ich o’g`lining ismi Uz, keyingisining oti Buz, undan keyingisiniki Kamuvol (Kamuvol Oramning otasi bo’ldi),

22 Xosit, Xazo, Pildash, Yidlaf, Batuval edi.

23 Batuval bir qiz ko’rib, otini Rivqo qo’ydi.

24 Milxo tug`ib bergan sakkiz nafar o’g`lidan tashqari, Naxo’rning Ravumo degan cho’risi ham unga to’rt o’g`il tug`ib berdi. Bu o’g`illarining ismi Tavax, Gaxam, Taxash va Maxo edi.

Sora vafot etib, dafn qilinadi

1 Sora 127 yoshida,

2 Kan`on yurtidagi Xirat–Arbada vafot etdi. (Xirat–Arba hozir Xevron deb yuritiladi.) Ibrohim Soraga aza tutib, yig`ladi.

3 U Soraning jasadini qoldirib, Xet xalqidan bo’lgan oqsoqollar oldiga bordi va ularga dedi:

4 — Men sizlarning orangizda yashayotgan bir musofirman. Iltimos, menga eringizdan ozgina joyini sotinglar, toki marhumamni dafn qilay.

5 Xet xalqidan bo’lgan oqsoqollar Ibrohimga shunday javob berishdi:

6 — Gapimizga quloq soling, to’ram! Biz sizni ulug` bek deb hisoblaymiz. Xotiningizni dafn qilishingiz uchun joylarimizdan eng yaxshisini tanlab oling. Marhumangizni dafn qilishingiz uchun birortamiz sizdan maqbara uchun er ayamaymiz.

7 Ibrohim ularga egilib ta`zim qildi.

8 Keyin dedi:

— Marhumamni dafn qilishimga rozi ekansizlar, endi mening gapimga quloq solinglar, Zo’xar o’g`li Efro’nga mening iltimosimni etkazinglar.

9 U o’zining Maxpaladagi dalasining chetida joylashgan g`orni menga sotsin. Men g`orning to’liq narxini to’layman, toki sizlarning guvohligingizda g`or mening xonadonim uchun maqbara bo’lsin.

10 Efro’n shu paytda shahar darvozasida yig`ilgan o’z xalqi orasida o’tirgan edi. U jamiki Xet xalqiga eshittirib, Ibrohimga shunday javob berdi:

11 — To’ram, endi mening gapimni eshitsinlar. Men dalamni, dalamdagi g`orni ham sizga in`om qilaman. Xalqimning guvohligida bularni sizga beraman. Marhumangizni dafn qilavering.

12 Ibrohim yurt xalqiga yana ta`zim qildi.

13 U yurt xalqiga eshittirib, Efro’nga shunday javob berdi:

— Rahmat, lekin men butun dalangiz uchun kumush to’lab, sotib olay, toki marhumamni u erga olib borib, dafn qilay. Iltimos, mening taklifimni rad etmang.

14-15 — E to’ram, — dedi Efro’n Ibrohimga, — to’rt yuz bo’lak kumush turadigan bir parcha er bizning oramizda nima bo’pti?! Marhumangizni dafn qilavering.

16 Ibrohim rozi bo’lib, Efro’n hammaga eshittirib aytgan to’rt yuz bo’lak kumushni unga tortib berdi. Bu o’lchov savdogarlar orasida muomalada edi.

17 Shunday qilib, Efro’nning Mamre sharqida joylashgan Maxpaladagi mulki Ibrohimga o’tdi. Mulk dalani, daladagi g`orni va dalaning chetidagi hamma daraxtlarni o’z ichiga olar edi.

18 Bular shahar darvozasida yig`ilgan Xet xalqining guvohligida Ibrohimning doimiy mulki bo’lib qoldi.

19 Shundan keyin Ibrohim Kan`on yurtida Mamre sharqidagi Maxpala dalasining chetida joylashgan g`orga xotini Sorani dafn qildi. (Mamre Xevronda joylashgan.)

20 Shunday qilib, Xet xalqiga qarashli bo’lgan dala va u erdagi g`or maqbara sifatida Ibrohimning doimiy mulki bo’lib qoldi.

Ishoq va Rivqo

1 Ibrohim endi ancha keksayib qoldi. Ibrohim nima qilmasin, Egamiz unga baraka berardi.

2 Ibrohimning xonadonida qulboshisi bor edi. Ibrohim bor mulkini unga ishonib topshirgan edi. Bir kuni Ibrohim o’sha qulboshisiga aytdi:

— Qo’lingni sonimning ostiga qo’yib,

3 Samoviy Xudo — Egamning nomi bilan: “O`g`lingizga shu erlik — Kan`onning qizlaridan kelin olib bermayman”, deb qasam ich.

4 Sen mening ona yurtimga — qarindoshlarimnikiga bor. U erdan o’g`lim Ishoqqa kelin topib kel.

5 — Ehtimol, o’sha qiz menga ergashib, bu yurtga kelishga rozi bo’lmas, — dedi qulboshi Ibrohimga. — Unday holda o’g`lingizni sizning ona yurtingizga olib borishim kerakmi?

6 — Yo’q! Zinhor bunday qila ko’rma! — dedi Ibrohim unga. — O`g`limni u erga qaytarib olib borma!

7 Samoviy Xudo — Egam meni otam xonadonidan — qarindosh–urug`larim yurtidan olib chiqqanda, U menga: “Sen turgan shu yurtni sening naslingga beraman”, deb qat`iy va`da bergan edi. Sendan oldin Egam farishtasini yuboradi. U shunday qiladiki, sen mening o’g`limga kelin bo’ladigan qizni o’sha yurtdan topib kelasan.

8 Lekin o’sha qiz sen bilan birga kelishga rozi bo’lmasa, qasamdan ozod bo’lasan. Zinhor o’g`limni u erga olib borma.

9 Qulboshi o’z xo’jayini Ibrohimning soni tagiga qo’lini qo’yib, uning aytganlarini qilishga ont ichdi.

10 Shundan keyin qulboshi xo’jayinining o’nta tuyasiga har xil qimmatbaho sovg`alardan ortib, Oram–Naxrayimga yo’l oldi. Qulboshi Ibrohimning ukasi Naxo’r yashaydigan shaharga bordi.

11 Oqshom payti qulboshi shahar tashqarisidagi quduq yoniga etib keldi va tuyalarni cho’ktirdi. Bu paytda ayollar suv olgani shu erga kelishardi.

12 Qulboshi ibodat qildi:

— Ey Egam, xo’jayinim Ibrohimning Xudosi! Bugun safarimni o’ngla, xo’jayinim Ibrohimga iltifot ko’rsatgin.

13 Men quduq boshida turibman, shahar qizlari suv olgani kelishyapti.

14 Istagim shuki, men ularning biriga: “Iltimos, ko’zangdan suv ichib olay”, deb aytay. Agar o’sha qiz: “Marhamat, bemalol ichavering, tuyalaringizni ham sug`orib qo’yaman”, deb aytsa, quling Ishoqqa kelin qilib tanlaganing o’sha qiz bo’lsin. Shu orqali xo’jayinimga iltifot ko’rsatganingni bilayin.

15 U hali gapini aytib tugatmagan ham ediki, bir qiz kelib qoldi. U elkasida ko’zasini ko’tarib olgan edi. Bu qizning ismi Rivqo bo’lib, u Batuvalning qizi, Batuval — Ibrohimning ukasi Naxo’rning o’g`li edi, Naxo’rning xotini — Milxo edi.

16 Rivqo hali biron erkakning qo’li tegmagan bokira qiz bo’lib, juda chiroyli edi. U quduq bo’yiga kelib, ko’zasini to’ldirdi va orqasiga qaytdi.

17 Shunda qulboshi yugurib, unga peshvoz chiqdi.

— Iltimos, ko’zangdagi suvdan bir qultum ber, — dedi.

18 — Marhamat, janoblari, iching, — deb qiz darrov ko’zasini elkasidan tushirdi–da, unga ichgani suv berdi.

19 Qulboshi suv ichib bo’lgach, qiz dedi:

— Endi tuyalaringiz uchun ham suv tortib beraman, to’yguncha ichsin.

20 U darrov ko’zasidagi suvni oxurga bo’shatdi–yu, yana suv tortgani quduqqa yugurib ketdi. Qulboshining hamma tuyalarini sug`ordi.

21 Qulboshi: “Egam sayohatimni o’ngidan keltirgani rostmikan yoki yo’qmi”, deb suv tortayotgan Rivqoni jimgina kuzatib turdi.

22 Qiz tuyalarni sug`orib bo’lgach, qulboshi qizga burunga taqiladigan oltin sirg`ani va ikki bilaguzukni taqib qo’ydi. Oltin sirg`aning og`irligi bir misqoldan ortiq, bilaguzukning og`irligi yigirma besh misqol chiqardi.

23 So’ngra u qizdan:

— Ayt–chi, kimning qizisan? — deb so’radi. — Otangning uyida bir kecha tunashimiz uchun bizga joy topiladimi?

24 — Men Batuvalning qiziman. Bobom — Naxo’r, buvim Milxo edilar, — deb javob berdi qiz.

25 So’ngra u:

— Uyimizda tuyalaringiz uchun somon ham, em ham ko’p, mehmonlar uchun joy ham bor, — deb qo’shib qo’ydi.

26 Qulboshi tiz cho’kib, Egamizga sajda qildi:

27 — Xo’jayinim Ibrohimning Xudosi — Egamga hamdu sanolar bo’lsin. Egam xo’jayinimga sodiq qolib, marhamatini darig` tutmabdi. Egam meni to’ppa–to’g`ri xo’jayinimning qarindoshlari oldiga boshlab kelibdi.

28 Qiz uyiga yugurib bordi va yuz bergan voqealardan uyidagilarni xabardor qildi.

29-30 Rivqoning Lobon degan akasi bor edi. Lobon singlisining burnidagi sirg`ani va qo’llaridagi bilaguzuklarni ko’rdi, singlisidan qulboshining aytganlarini eshitib, quduq bo’yiga shoshildi. O`sha odam hali ham buloq boshida, tuyalarining oldida turgan edi.

31 — Qadamingizga hasanot, ey Xudo yorlaqagan. Nega bu erda turibsiz? Qani, uyga yuring, uyimda siz uchun bitta xona, tuyalaringiz uchun joy tayyorlab qo’ydim.

32 Shunday qilib, qulboshi uyga kirdi. Lobon tuyalarni yuklardan bo’shatib, somon, em berdi. Keyin u Ibrohimning qulboshisiga va u bilan birga kelgan tuyakashlarga oyoqlarini yuvish uchun suv olib keldi.

33 Shundan keyin kechki taom keltirildi. Ibrohimning qulboshisi esa:

— Men nima uchun kelganimni sizlarga aytmagunimcha, ovqat emayman, — dedi.

— Marhamat, gapiring, qanday ish bilan keldingiz? — deb so’radi Lobon.

34 — Men Ibrohimning qulboshisiman, — deb gap boshladi u.

35 — Xo’jayinimga Egam baraka ato etgan: u boy bo’lib ketgan, Egam unga ko’plab mol–qo’y, kumushu oltinlar, qul va cho’rilar, tuyayu eshaklar bergan.

36 Xotini Sora qarigan chog`ida xo’jayinimga bir o’g`il tug`ib berdi. Xo’jayinim butun mol–mulkini o’g`liga topshirgan.

37 Xo’jayinim o’g`liga o’zi yashayotgan Kan`on yurtining qizlaridan kelin olib bermasligim uchun menga qasam ichirdi.

38 “Mening ota urug`im — qarindoshlarim oldiga borib, o’sha erdan o’g`limga kelin olib kel”, dedi.

39 Men esa: “O`sha qiz menga ergashib bu erga kelmasa–chi”, dedim.

40 Lekin xo’jayinim aytdi: “Men Egam ko’rsatgan yo’ldan yuraman, U O`zining farishtasini sen bilan birga jo’natib, yo’lingni o’nglaydi. Sen o’g`limga qarindoshlarimdan — otam urug`idan kelin olib kelasan.

41 Agar qarindoshlarimnikiga borganingda, ular qizini bu erga yuborishga rozi bo’lishmasa, qasamingdan ozod bo’lasan.”

42 Qulboshi gapida davom etdi:

— Bugun men quduq bo’yiga kelib, dedim: “Ey Egam, xo’jayinim Ibrohimning Xudosi! O`tinaman, safarimni o’ngla.

43 Men buloq boshida turibman. Suv olgani kelgan qizga men, iltimos, ko’zangdan suv ichib olay, deb aytay.

44 O`sha qiz, marhamat, bemalol ichavering, tuyalaringizni ham sug`orib qo’yaman, deb aytsa, xo’jayinimning o’g`liga Egam kelin qilib tanlagan qiz o’sha bo’lsin.”

45 Men ko’nglimdan shu gaplarni o’tkazib bo’lmagan ham edimki, Rivqo elkasida ko’zasini ko’tarib kelayotgan ekan. U quduqqa borib, ko’zasini suvga to’ldirdi. Men unga: “Iltimos, suvingdan ichib olay”, dedim.

46 U darrov elkasidan ko’zasini tushirdi–da: “Marhamat, iching, tuyalaringizni ham sug`orib qo’yaman”, dedi. Men suv ichdim, Rivqo tuyalarimni ham sug`ordi.

47 So’ng men undan: “Kimning qizisan?” deb so’radim. U: “Batuvalning qiziman. Bobom — Naxo’r, buvim Milxo edilar”, deb javob berdi. Shunday qilib, uning burniga sirg`ani, qo’llariga bilaguzuklarni taqib qo’ydim.

48 So’ngra Egamga tiz cho’kib, sajda qildim. Xo’jayinim Ibrohimning Xudosi — Egamga hamdu sanolar aytdim. Egam meni to’ppa–to’g`ri xo’jayinimning qarindoshlari oldiga olib keldi. Men xo’jayinimning o’g`liga qarindoshlari oilasidan kelin topdim.

49 Endi xo’jayinimga chinakamiga sadoqat ko’rsatadigan bo’lsalaringiz, buni aytinglar, agar yo’q, desangizlar, buni ham aytinglar, toki men bir qarorga kelib, biror narsa qilayin.

50 — Egamizning O`zi sizni bu erga olib keldi, — deb aytdilar Lobon bilan Batuval. — Biz sizga nima ham der edik?!

51 Mana, Rivqo qarshingizda turibdi. Uni oling–da, ketavering. Egamiz aytganday, u xo’jayiningizning o’g`liga kelin bo’lsin.

52 Ibrohimning qulboshisi ularning gaplarini eshitgach, muk tushib, Egamizga sajda qildi.

53 So’ngra oltin, kumush taqinchoqlar, chiroyli liboslarni Rivqoga berdi. Rivqoning akasi bilan onasiga ham qimmatbaho hadyalar berdi.

54 Qulboshi va u bilan birga kelgan odamlar eb–ichdilar, tunni shu erda o’tkazdilar. Ular ertasi kuni ertalab turishgach, qulboshi: “Endi ruxsat bersangiz, xo’jayinimning oldiga qaytaylik”, dedi.

55 Lekin Rivqoning akasi bilan onasi:

— Rivqo hech bo’lmasa o’n kuncha biz bilan qolsin, keyin ketsa ham bo’ladi, — deyishdi.

56 Lekin qulboshi ularga shunday dedi:

— Meni ushlab turmanglar, Egamiz safarimni o’ngidan keltirdi. Men qaytay, xo’jayinimning oldiga boray.

57 — Hozir qizimizni chaqirib, o’zidan so’raylik–chi, — deyishdi ular.

58 Rivqoni chaqirib, undan:

— Hozir mana bu odam bilan ketasanmi? — deb so’rashdi.

— Ha, ketaman, — dedi Rivqo.

59 Shunday qilib, ular Rivqoni, uning enagasini Ibrohimning qulboshisi va odamlari bilan birga jo’natdilar.

60 Ular Rivqoni duo qilib, unga shunday dedilar:

“Ey singlimiz! Minglarcha, o’n minglarcha farzandlarning onasi bo’lgin!

Nasling g`animlarining darvozalarini egallasin!”

61 Shundan so’ng Rivqo va uning cho’rilari tuyalarga minib, Ibrohimning qulboshisi bilan jo’nashga tayyor bo’lishdi. Hammalari yo’lga tushishdi.

62 Bu vaqtda Ishoq Nagav cho’lida, Ber–Laxay–Ruy qudug`i yonida yashayotgan edi.

63 Ishoq kechqurun sayr qilish uchun tashqariga chiqqan edi. Bir payt u tuyalar kelayotganini ko’rdi.

64 Rivqo ham Ishoqni ko’rdi va darrov tuyadan tushdi.

65 — Huv ana, bir odam dala bo’ylab biz tomonga kelyapti, kim u? — deb so’radi Rivqo qulboshidan.

— Mening xo’jayinim, — deb javob berdi qulboshi. Rivqo ro’molini olib, yuzini berkitdi.

66 Qulboshi hamma qilgan ishlarini Ishoqqa aytib berdi.

67 Shunday qilib, Ishoq Rivqoni onasi Sora yashagan chodirga olib keldi. U Rivqoga uylandi. Ishoq uni juda sevardi. Shu tariqa Ishoq onasining o’limidan so’ng tasalli topdi.

Ibrohimning boshqa o’g`illari

1 Ibrohim boshqa ayolga uylandi. U ayolning ismi Xaturo edi.

2 U Ibrohimga bir necha o’g`il tug`ib berdi. O`g`illarning ismi Zimron, Yoxshon, Midon, Midiyon, Yishboq va Shuvax edi.

3 Yoxshonning Shava va Dedon degan o’g`illari bor edi. Dedonning nasli Ashur, Latush va Lum xalqlari edi.

4 Midiyonning o’g`illari Efax, Ifar, Xano’x, Avido va Eldax edilar. Xaturodan bino bo’lgan o’g`illari mana shular edilar.

5 Ibrohim butun mol–mulkini o’g`li Ishoqqa berdi.

6 Ibrohim hayot ekan, cho’rilari tug`ib bergan o’g`illariga hadyalar berdi va o’sha o’g`illarini Ishoqning oldidan nariga — sharq tomondagi yurtga jo’natdi.

Ibrohim vafot etib, dafn qilinadi

7 Ibrohim 175 yil yashab,

8 nuroniy yoshda, keksayib, olamdan o’tdi.

9 O`g`illari Ishoq bilan Ismoil uni Mamre sharqidagi Maxpala dalasining chetida joylashgan g`orga dafn qildilar. Bu dala ilgari Xet xalqidan bo’lgan Zo’xar o’g`li Efro’nniki edi.

10 Bu dalani Ibrohim Xet xalqidan sotib olgan edi. Ibrohim bu g`orda xotini Soraning yoniga dafn qilindi.

11 Ibrohim vafot etgandan keyin, Xudo uning o’g`li Ishoqqa baraka berdi. Ishoq Ber–Laxay–Ruy qudug`i yonida istiqomat qilardi.

Ismoilning nasli

12 Soraning Misrlik cho’risi Hojar Ibrohimga tug`ib bergan Ismoilning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:

13 Tug`ilish tartibiga ko’ra, Ismoil o’g`illarining ismlari quyidagicha: to’ng`ich o’g`li — Navayot, keyingilari Kedar, Adbal, Mivsom,

14 Mishmo, Dumax, Masso,

15 Hadad, Temo, Yatur, Nofish va Kedemax.

16 Ismoilning bu o’n ikki o’g`li o’n ikki qabilaning yo’lboshchisi bo’ldilar. O`sha qabilalar chodir qurib joylashgan erlarga ularning ismlari berildi.

17 Ismoil 137 yoshida olamdan o’tdi.

18 Ismoilning nasli Ossuriyaga ketaverishda — Misrning sharqidagi Xavila bilan Shur orasida o’rnashdi. Ular qarindoshlariga dushman bo’lib yashardilar.

Esov bilan Yoqub tug`iladi

19 Ibrohim o’g`li Ishoqning xonadoni tarixi quyidagichadir:

Ibrohim Ishoqning otasi edi.

20 Ishoq Rivqoga uylanganda qirq yoshda edi. Rivqo Batuvalning qizi, Lobonning singlisi edi. Batuval Oramlik bo’lib, Paddon–Oramdan edi.

21 Rivqoning bolasi bo’lmadi. Ishoq xotini uchun Egamizga iltijo qildi. Egamiz uning iltijolarini eshitdi. Rivqo homilador bo’ldi.

22 Rivqoning qornidagi bolalari bir–biri bilan urishardilar. Rivqo: “Agar shunaqa bo’lsa, homilador bo’lishimning nima foydasi bor?!” deb bu haqda Egamizdan so’radi.

23 Egamiz Rivqoga shunday dedi:

“Sening qorningda ikki xalq bor,

Sendan tug`ilganlar ikki xalqqa bo’linar.

Biri ikkinchisidan kuchli chiqajak,

Kattasi kichigiga xizmat qilajak.”

24 Rivqoning oy–kuni yaqinlashib, egizak tug`di.

25 To’ng`ichi tug`ilganda, qip–qizil ekan. Uning tanasi jun matoga o’xshardi. Shuning uchun uning ismini Esov qo’ydilar.

26 Ukasi esa Esovning tovonini ushlab tug`ildi, shuning uchun uning ismini Yoqub qo’ydilar. Egizaklar tug`ilganda, Ishoq oltmish yoshda edi.

Esov to’ng`ichlik huquqini sotadi

27 Bolalar ulg`aydilar. Esov — dala–dashtni yaxshi ko’radigan mohir ovchi, Yoqub esa uyda o’tirishni yoqtiradigan, beozor odam bo’ldi.

28 Esov ovlab kelgan hayvonlarning go’shtini Ishoq tanovul qilib, lazzat olar, shuning uchun u Esovni yaxshi ko’rardi. Rivqo esa Yoqubni yaxshi ko’rardi.

29 Bir kuni Yoqub yasmiq shavla pishirayotgan edi, Esov daladan ochqab, sulayib kelib qoldi.

30 Esov Yoqubga:

— Menga ana shu qizil ovqatingdan bergin, o’lguday qornim ochdi, — dedi. (Shuning uchun u Edom degan ism ham olgan.)

31 — Bo’pti, — dedi Yoqub, — lekin buning evaziga menga to’ng`ichlik huquqingni sot.

32 — E, to’ng`ichlik huquqimdan menga nima foyda, qornim ochganidan o’lay deb turibman, — dedi Esov.

33 — Oldin menga qasam ich, — dedi Yoqub. Esov Yoqubga qasam ichdi. Shunday qilib, u to’ng`ichlik huquqini Yoqubga sotdi.34 Shundan keyin Yoqub Esovga non bilan yasmiq shavla berdi. Esov eb–ichib, o’rnidan turdi–da, o’z ishlari bilan chiqib ketdi. Shunday qilib, Esov o’zining to’ng`ichlik huquqini mensimadi.

Ishoq va Filistlar shohi Abumalek

1 Shu orada yurtda qattiq ocharchilik bo’ldi, bunday ocharchilik ilgari Ibrohim davrida ham yuz bergan edi. Ishoq Garor shahriga ko’chib ketdi. U erda Filistlar shohi Abumalek yashardi.

2 Egamiz Ishoqqa zohir bo’lib, dedi:

— Misrga borma. Men senga ko’rsatadigan yurtda o’rnashib,

3 o’sha erda yashab tur. Agar shunday qilsang, Men sen bilan birga bo’laman, senga baraka beraman. Mana shu erlarning hammasini senga va sening naslingga beraman. Otang Ibrohimga bergan va`damda turaman.

4 Men sening naslingni osmondagi yulduzlar kabi son–sanoqsiz qilaman. Mana shu erlarning hammasini sening naslingga beraman. Sening nasling orqali er yuzidagi hamma xalqlar baraka topadilar.

5 Ibrohim Mening talablarimga, amrlarimga, farmonlarimga, qonunlarimga itoat etgani uchun senga baraka beraman.

6 Shunday qilib, Ishoq Garor shahrida o’rnashib qoldi.

7 Bu erdagi odamlar Ishoqdan Rivqo to’g`risida so’raganlarida, “U mening singlim”, deb javob berardi. “U mening xotinim”, deb aytishdan qo’rqar edi. Rivqo juda chiroyli bo’lgani sababli: “Odamlar uni tortib olish uchun meni o’ldiradilar”, deb o’ylardi.

8 Oradan ancha vaqt o’tdi. Bir kuni Ishoq Rivqoni erkalatayotganda, Filistlar shohi Abumalek derazadan ko’rib qoldi.

9 Abumalek Ishoqni chaqirtirdi.

— U sening xotining ekan–ku! Nimaga uni, singlim, deb aytding? — deb so’radi.

— Agar xotinim deb aytsam, birortasi uni tortib olish uchun meni o’ldiradi, deb qo’rqdim, — dedi Ishoq.

10 — Bu nima qilganing–a?! Axir, odamlarimdan biri xotining bilan osonlikcha birga bo’lishi mumkin edi–ku! Unday holda bizni gunohkor qilib qo’ygan bo’larding!

Filistlar Ishoq bilan quduq uchun tortishadi

11 Shunday qilib, Abumalek: “Kimki bu odamga yoki uning xotiniga ozor etkazsa, o’sha odamning jazosi o’limdir”, deb farmon berib, hammani ogohlantirdi.

12 Ishoq u erda dalasiga urug` sepdi. Egamiz unga marhamat ko’rsatgani uchun ekkan urug`iga nisbatan yuz barobar ko’p hosil oldi.

13 Ishoq boyib ketdi, boyligi tobora ko’payib boraverdi.

14 Uning qo’y–echki suruvlari, mol podalari, xizmatkorlari ko’p edi. Shu sababdan Filistlar Ishoqqa hasad qilishardi.

15 Ular Ishoqning hamma quduqlarini tuproqqa to’ldirib tashlashdi. Ibrohim hayotligida bu quduqlarni o’zining xizmatkorlariga qazdirgan edi.

16 Abumalek Ishoqqa: “Bizning erimizdan ket, sen bizdan ko’ra, juda kuchayib ketding”, dedi.

17 Ishoq bu erdan ketib, Garor soyligida chodir tikib, o’sha erda o’rnashib oldi.

18 Ibrohim bu erda quduqlar qazdirgan, lekin uning vafotidan keyin Filistlar bu quduqlarni ko’mib yuborgan edilar. Ishoq o’sha quduqlarni qaytadan qazdirdi. Ishoq quduqlarga otasi qo’ygan nomlarni berdi.

19 Uning xizmatkorlari suv topish uchun Garor soyligida erni qaziyotganlarida, buloq otilib chiqdi.

20 Lekin Garorlik cho’ponlar kelishib: “Bu buloq bizniki”, deb buloqni talab qildilar. Shunday qilib, ular Ishoqning cho’ponlari bilan quduq ustida janjallashib qoldilar. Shuning uchun Ishoq quduqqa Janjal deb nom berdi.

21 So’ngra Ishoqning odamlari boshqa quduq qazidilar. Lekin bu quduq ustida ham kelishmovchilik yuz berdi. Shuning uchun Ishoq bu quduqqa Ziddiyat deb nom berdi.

22 Ishoq bu erdan ham ko’chib, boshqa quduq qazdirdi. Erli aholi oxiri ularni o’z holiga qo’ydi. Ishoq: “Nihoyat, Egam bu yurtda yashashimiz uchun bizga keng joy berdi, endi biz bu erda yayrab–yashnab ketamiz”, deya quduqqa Kenglik deb nom berdi.

23 Ishoq bu erdan ham Bershebaga ko’chib ketdi.

24 O`sha kuni kechasi Egamiz Ishoqqa zohir bo’lib, dedi:

— Men otang Ibrohimning Xudosiman. Qo’rqma, Men sen bilan birgaman. O`z qulim Ibrohimning haqi–hurmati uchun senga baraka beraman, senga son–sanoqsiz nasl ato qilaman.

25 Ishoq u erda qurbongoh qurib, Egamizga sajda qildi, o’sha erda chodirini tikdi. Ishoqning xizmatkorlari u erda quduq qazidilar.

Ishoq bilan Abumalek o’rtasidagi ahdlashuv

26 Abumalek maslahatchisi Oxizat va lashkarboshisi Pixol bilan birga Garordan Ishoqning oldiga bordi.

27 Ishoq ularga dedi:

— Nimaga mening oldimga keldingiz? Menga adovat bilan qarab, eringizdan chiqarib yuborgan edingiz–ku!

28 — Bizga endi ayon bo’ldi: Egang sen bilan birga ekan. Shuning uchun sen bilan biz ont ichib, ahd qilaylik, dedik.

29 Biz senga hech qanday yomonlik qilmagan edik, aksincha, olijanoblik qilib, eson–omon jo’natib yuborgan edik. Sen ham: “Sizlarga yomonlik qilmayman”, deb qasam ich. Sen Xudoning yorlaqagani ekansan.

30 Ishoq ularga ziyofat tayyorladi. Ular eb–ichdilar.

31 Ertasi kuni ular erta tongda turib, bir–birlariga qasamyod qildilar. So’ngra Ishoq ularni uylariga eson–omon jo’natib yubordi.

32 O`sha kuni Ishoqning xizmatkorlari kelib: “Biz suv topdik”, deb unga o’zlari qazigan quduq to’g`risida aytdilar.

33 Ishoq bu quduqqa Qasamyod deb nom qo’ydi. Shuning uchun shaharning nomi bugungacha Bershebadir.

Esovning ajnabiy xotinlari

34 Esov qirq yoshida Xet xalqidan ikkita qizga — Beri degan kishining Yahudit ismli qiziga va Elo’n degan kishining Bosimat ismli qiziga uylandi.

35 Esovning bu xotinlari Ishoq bilan Rivqoning boshiga ko’p qora kunlarni soldilar.

Ishoq Yoqubni duo qiladi

1 Ishoq qaridi, ko’zlari xiralashib ko’rmay qoldi. Bir kuni u o’g`li Esovni chaqirdi:

— O`g`lim!

— Labbay, otajon! — deb javob berdi Esov.

2 — Ko’rib turibsan, men qarib qoldim. To’satdan o’lib qolishim mumkin.

3 Endi yoyingni, o’qlaringni olib, dalaga chiq, menga bironta hayvonni ovlab kel.

4 Keyin men yaxshi ko’radigan bironta mazali taom tayyorlab keltir. Men taomni eb, o’limimdan oldin seni duo qilayin.

5 Ishoq o’g`li Esovga gapirayotganda, Rivqo eshitib turgan edi. Esov dalaga ovga ketganda,

6 Rivqo o’g`li Yoqubga dedi:

— Akang Esovga otangning aytgan gaplarini eshitib qoldim.

7 Otang unga: “Menga bironta hayvon ovlab kel, men yaxshi ko’radigan bironta mazali taom tayyorlagin, taomni eb, o’limimdan oldin Egam oldida seni duo qilayin”, dedi.

8 Endi mening gaplarimni yaxshilab eshit, aytganimni qil, o’g`lim.

9 Suruvga borib, menga ikkita uloqchani tanlab olib kel. Uloqchalardan otang yaxshi ko’radigan mazali taom tayyorlab beray.

10 Sen taomni otangning oldiga olib kirib, unga egizgin, toki otang o’limidan oldin seni duo qilsin.

11 — Onajon, o’zingiz bilasiz–ku, akam Esov serjun, mening terim esa silliq, — dedi Yoqub Rivqoga.

12 — Mabodo, otam meni paypaslab ushlab ko’rsa, nima bo’ladi? Aldayotganimni otam bilib qoladi. Otam meni duo qilish o’rniga la`natlaydi.

13 — O`sha la`nat menga kelsin, bolaginam, — dedi Rivqo. — Endi aytganimni qil, bor, uloqchalarni olib kel.

14 Yoqub onasining buyrug`iga itoat etib, ikkita uloqchani olib keldi. Rivqo uloqchalardan Ishoq yaxshi ko’rgan mazali taom tayyorladi.

15 So’ng u Esovning uydagi yaxshi kiyimlarini oldi–da, Yoqubga kiygizdi.

16 Uloqchalarning terisini Yoqubning qo’llariga va bo’ynining tuksiz joylariga o’radi.

17 O`zi tayyorlagan mazali taom bilan nonni o’g`li Yoqubning qo’liga berdi.

18 Shunday qilib, Yoqub taom to’la laganni otasining oldiga olib kirdi.

— Assalomu alaykum, otajon!

— Va alaykum assalom! Qaysi biringsan, o’g`lim, Esovmisan, Yoqubmisan?

19 — To’ng`ichingiz Esovman, — dedi Yoqub otasiga. — Aytganingizni qildim, mana, ovimdan siz yaxshi ko’rgan taom tayyorladim. Turing, eb, meni duo qiling.

20 Ishoq o’g`liga:

— Darrov topib keldingmi, o’g`lim? — dedi.

— Egangiz Xudo yo’limni o’ngladi, — deb javob berdi Yoqub.

21 Shundan keyin Ishoq Yoqubga dedi:

— Yaqinroq kel–chi, o’g`lim, ushlab ko’ray–chi, haqiqatan ham o’g`lim Esovmisan yoki yo’qmi, bilayin.

22 Yoqub otasiga yaqinroq bordi. Ishoq uni paypaslab:

— Ovoz — Yoqubning ovozi, qo’llar esa Esovning qo’llari, — dedi.

23 Yoqubning qo’llari Esovning qo’llariga o’xshab serjun tuyulgani uchun Ishoq uni tanimadi. Shuning uchun Ishoq Yoqubni duo qilishga chog`landi–yu, lekin yana so’radi:

24 — Sen haqiqatan o’g`lim Esovmisan?

— Ha, Esovman, — deb javob berdi u.

25 Shundan keyin Ishoq:

— Endi taomni keltir, — dedi. — Taomingdan eb, seni duo qilayin.

Yoqub taomni otasiga keltirib berdi. Ishoq taomni eb bo’lgach, Yoqub unga sharob keltirdi. Ishoq sharobni ham ichdi.

26 So’ngra Ishoq unga:

— Yaqinroq kelib, meni o’p, o’g`lim, — dedi.

27 Yoqub yaqinlashib, otasini o’pdi. Ishoq uning kiyimlarini hidlab, shunday duo qildi:

“O, o’g`limning yoqimli hidi

Egam marhamat qilgan

Dalaning hidiga o’xshar.

28 Xudoyim yog`dirsin senga

Osmon shabnamini,

Bersin erning unumdor tuprog`ini,

Mo’l–ko’l don va sharobni.

29 Xizmat qilsin senga xalqlar,

Ta`zim qilsin senga el–uluslar.

Hukmron bo’lgin qarindoshlaring ustidan,

Ta`zim qilsin onangning nasli senga.

Seni la`natlagan la`nati bo’lsin,

Seni duo qilgan baraka topsin.”

Esov Ishoqdan duo so’rab iltijo qiladi

30 Ishoq Yoqubni duo qilib bo’lishi bilanoq, Yoqub otasi huzuridan endi chiqqan ham ediki, akasi Esov ovdan qaytib kelib qoldi.

31 U ham mazali taom tayyorlab, otasi oldiga olib kirdi.

— Otajon, turing, sizga olib kelgan ovimning go’shtidan eb, meni duo qiling.

32 — Sen kimsan? — so’radi Ishoq undan.

— To’ng`ich o’g`lingiz Esovman, — deb javob berdi u.

33 Ishoq hayajondan titrab ketib dedi:

— Ovidan taom tayyorlab, menga olib kelgan kim edi? Sen kelmasingdan oldin, men go’shtni endigina eb bo’lgan edim! Men uni duo qildim, endi duo olgan udir!

34 Esov otasining so’zlarini eshitgach, haddan tashqari qattiq, achchiq nola qildi.

— Meni ham duo qiling, otajon! — deb yolvordi u otasiga.

35 Lekin Ishoq:

— Ukang oldimga kiribdi, u meni aldabdi, — dedi. — Senga atalgan duoni ukang oldi.

36 — Unga Yoqub deb ism qo’yilgani bekorga emas ekan–da, — dedi Esov. — U meni ikki marta aldadi–ya! Birinchi marta to’ng`ichlik huquqimni olgan edi, endi esa menga atalgan duoni o’g`irlabdi. Menga bironta ham duo saqlab qo’ymadingizmi? — deb yana so’radi u.

37 — Men Yoqubni sening ustingdan hukmron qildim, — dedi Ishoq Esovga. — Uning hamma qarindosh–urug`larini ham o’ziga xizmatkor qilib berdim. Don bilan sharobni ham unga berib bo’ldim. Senga beradigan hech narsa qolmadi–ku, o’g`lim!

38 — Nahotki menga bironta ham duo qoldirmagan bo’lsangiz?! — deb o’tindi Esov. — Meni ham duo qiling, otajon! — deb dod solib yig`lay boshladi.

39 Ishoq o’g`liga shunday javob berdi:

“Sening manziling erning unumdor tuprog`idan nari bo’lsin,

Osmonning shabnamidan mahrum bo’lsin.

40 Sen qilichning damida yashagaysan,

Ukangga xizmat qilib o’tgaysan.

Isyon ko’targaningda esa

U solgan bo’yinturuqni uloqtirib tashlagaysan.”

41 Yoqub Esovning duosini o’g`irlagani uchun, Esov uni juda yomon ko’rib qoldi. Esov o’ziga o’zi: “Otamning kuni bitib qoldi, azasi o’tgandan keyin Yoqubni o’ldiraman”, dedi.

42 Lekin kimdir Esovning niyatini Rivqoga etkazdi. Rivqo Yoqubni chaqirib, unga:

— Esov seni o’ldirmoqchi bo’lib, o’ziga taskin berib yuribdi ekan, — dedi.

43 — Endi gapimga quloq sol. Hoziroq Xoronga — Lobon akamning oldiga jo’na.

44 Akang g`azabidan tushguncha, Lobon akamning yonida yur.

45 Esov sening qilmishlaringni unutib, g`azabidan tushgandan keyin, orqangdan birortasini jo’nataman, seni qaytarib olib keladi. Bo’lmasa, bir kunda akangdan ham, sendan ham ayrilib qolaman.

Ishoq Yoqubni Lobonning huzuriga jo’natadi

46 Shundan keyin Rivqo Ishoqqa dedi:

— Esovning anavi Xet xotinlari dastidan jonimdan to’ydim. Agar Yoqub ham o’shalarga o’xshagan birorta Xet qiziga uylansa, unda hayotim nima kechadi?

1 Shunday qilib, Ishoq Yoqubni chaqirtirib, uni duo qildi va shunday maslahat berdi:

— Kan`onlik qizlarga uylanma.

2 Hoziroq Paddon–Oramga — bobong Batuvalning xonadoniga jo’na. U erda tog`ang Lobonning qizlaridan birortasiga uylan.

3 Qodir Xudo baraka berib, seni ko’paytirsin. Sening naslingdan ko’p xalqlar kelib chiqsin.

4 Xudo Ibrohimga va`da qilgan barakasini senga va sening naslingga ato qilsin. Biz hozir musofir bo’lib yashayotgan, Xudo Ibrohimga bergan shu yurt sening mulking bo’lsin.

5 Shunday qilib, Ishoq Yoqubni jo’natdi. Yoqub Paddon–Oramga — Oramlik Batuvalning o’g`li, tog`asi Lobonnikiga ketdi.

Esov boshqa xotinga uylanadi

6-7 Esov eshitdiki, otasi Yoqubni duo qilib, uni Paddon–Oramga jo’natibdi. Yoqub ota–onasining gaplariga itoat etib, Paddon–Oramga ketibdi. Otasi Yoqubga: “O`sha erdan uylangin”, debdi, “Kan`onlik qizlarga uylanma”, deb ogohlantiribdi.

8 Kan`onlik xotinlari otasiga yoqmasligini Esov tushunib etdi.

9 Esov amakisi Ismoilning xonadoniga bordi va xotinlari ustiga, Ibrohim o’g`li Ismoilning qizlaridan biriga uylandi. Yangi xotinining ismi Maxalat edi. Maxalatning Navayot degan akasi ham bor edi.

Yoqub Baytilda tush ko’radi

10 Yoqub Bersheba shahridan chiqib, Xoron tomonga qarab ketdi.

11 U bir joyga etib kelganda, kun botgan edi. Shuning uchun o’sha erda tunashga to’xtadi. U bir tosh topdi–da, toshni boshining ostiga qo’yib uxlagani yotdi.

12 Bir payt u tushida bir zinapoyani ko’rdi. Zinapoyaning pasti erga, tepasi esa osmonga tegib turganmish. Xudoning farishtalari zinapoyadan chiqib, tushayotgan emishlar.

13 Zinapoyaning yonida Egamiz turgan emish. Egamiz Yoqubga shunday debdi:

— Men bobong Ibrohimning, otang Ishoqning Xudosi — Egangman. Hozir sen yotgan er o’zingniki bo’ladi. Bu erni senga va sening naslingga beraman.

14 Sening nasling erning qumi singari son–sanoqsiz bo’ladi. Ular g`arbu sharqqa, shimolu janubga qarab er yuziga yoyilib ketadilar. Er yuzidagi hamma xalqlar sen va sening nasling orqali baraka topadi.

15 Shuni bilginki, Men sen bilan birgaman, qaerga bormagin, Men seni saqlayman. Shu yurtga seni yana qaytarib olib kelaman. Men seni hech qachon tark etmayman, bergan va`dalarimni oxirigacha bajaraman.

16 Yoqub uyg`onib ketdi va: “Haqiqatan ham Egamiz shu erda ekan, men esa buni bilmabman”, dedi.

17 U qo’rqib ketdi: “Bu joy Xudoning uyi ekan, samoga ochiladigan darvozaning o’zi! Naqadar qo’rqinchli–ya bu joy!” dedi.

18 Yoqub saharda turdi. Boshining ostiga qo’ygan toshni olib, yodgorlik qilib o’rnatdi. Keyin yodgorlik toshining ustidan Xudoga atab zaytun moyi quydi.

19 Ilgari bu joyning nomi Luz edi. Yoqub esa bu joyga Baytil deb nom berdi.

20 So’ng Yoqub quyidagicha qasam ichdi: “Agar Xudo men bilan birga bo’lsa, boradigan shu yo’limda meni asrasa, menga rizq–ro’zimni va kiyim bersa,

21 otamning xonadoniga eson–omon qaytarib olib kelsa, Egam mening Xudoyim bo’ladi.

22 Men yodgorlik qilib o’rnatgan shu tosh Xudoga sajda qiladigan joy bo’ladi. Xudo menga bergan hamma narsaning o’ndan birini ushr qilib albatta beraman.”

Yoqub Lobonning uyiga keladi

1 Yoqub yo’lida davom etib, nihoyat, sharqdagi yurtga etib keldi.

2 U dashtda bir quduqni uzoqdan turib ko’rdi. Quduq yonida uch to’p poda yotardi. Chorva shu quduqdan sug`orilar, quduqning og`zi kattakon tosh bilan yopib qo’yilardi.

3 Cho’ponlar hamma qo’y–echkilarni u erga haydab kelganlaridan keyin, quduqning og`zidagi toshni surishib, qo’ylarni sug`orishardi–da, quduqning og`zini yana o’sha tosh bilan berkitib qo’yishardi.

4 Yoqub cho’ponlarning oldiga borib, ulardan:

— Birodarlar, qaerliksizlar? — deb so’radi.

— Xorondanmiz, — deb javob berishdi ular.

5 — Lobon degan odamni taniysizlarmi? — deb so’radi Yoqub, — u Naxo’rning nabirasi bo’ladi.

— Ha, taniymiz, — deb javob berishdi cho’ponlar.

6 — Lobon tinch–omonmi? — deb so’radi Yoqub.

— Yaxshi, — deb javob berishdi cho’ponlar. — Ana, uning qizi Rohila ham qo’ylarini haydab shu yoqqa kelyapti.

7 — Suruvni bir joyga to’plabsizlar, lekin hozir payti emas–ku, oqshomgacha hali erta! — dedi Yoqub. — Qo’ylarni sug`orib, o’tlatgani qaytarib olib bormaysizlarmi?

8 Cho’ponlar shunday javob berishdi:

— Hamma suruvni bu erga to’plab, toshni quduqning og`zidan surganimizdan keyingina qo’ylarni sug`oramiz.

9 Yoqub cho’ponlar bilan gaplashib turganda, Rohila otasining qo’ylarini haydab kelib qoldi. Rohila cho’ponlik qilardi.

10 Yoqub tog`asi Lobonning qizi Rohilani va uning qo’ylarini ko’rdi. Quduq yoniga borib, quduq og`zidagi toshni surdi–da, tog`asining qo’ylarini sug`ordi.

11 Keyin Rohilani o’pdi, xursandligidan ko’zlariga yosh keldi.

12 — Men otangning jiyaniman, ammang Rivqoning o’g`liman, — deb Yoqub o’zini tanishtirdi.

Rohila yugurib borib, otasiga xabar berdi.

13 Lobon, singlimning o’g`li kelibdi, deb eshitdi–yu, o’sha zahoti, Yoqubni kutib olishga shoshildi. Yoqub bilan quchoqlashib ko’rishdi. Lobon Yoqubni uyiga olib keldi. Yoqub boshidan kechirganlarini tog`asiga aytib berdi.

14 — Sen mening jigarimsan, oilamning bir a`zosisan, — dedi Lobon.

Yoqub Lobonga Rohila va Leax uchun xizmat qiladi

Yoqub Lobonnikida bir oy turgandan keyin,

15 Lobon unga dedi:

— Sen mening qarindoshim bo’lsang ham, tekinga ishlamasliging kerak. Ayt–chi, xizmat haqingga nima istaysan?

16 Lobonning ikki qizi bo’lib, kattasining ismi — Leax, kichiginiki — Rohila edi.

17 Leaxning ko’zlari chiroyli, Rohila esa har jihatdan go’zal — yuzi chiroyli, qaddi–qomati kelishgan edi.

18 Yoqub Rohilani sevardi, shuning uchun: “Men sizga kichik qizingiz Rohila uchun etti yil xizmat qilib beraman”, dedi.

19 Shunda Lobon unga dedi:

— Mayli, roziman, qizimni begonaga berganimdan ko’ra, senga berganim yaxshi–ku. Menikida qolaver.

20 Shunday qilib, Yoqub Rohilaga qalin uchun etti yil xizmat qildi. Lekin Yoqubning Rohilaga bo’lgan sevgisi shunchalik kuchli ediki, etti yil bir necha kunday tuyuldi.

21 Nihoyat, Yoqub Rohilaga uylanadigan payt ham keldi.

— Men shartni bajardim, — dedi Yoqub Lobonga. — Endi qizingizga uylanishimga ijozat bering.

22 Lobon butun yurt aholisini to’plab, ziyofat berdi.

23-24 Lekin o’sha kuni kechasi Lobon Rohilaning o’rniga, to’ng`ich qizi Leaxni Yoqubga berdi. Leaxga xizmat qilsin deb, Lobon o’zining Zilpo degan cho’risini Leaxga berdi. Yoqub Leaxning yoniga kirdi.

25 Yoqub ertalab turib qarasa, yonida Leax yotibdi!

— Bu nima qilganingiz?! — dedi Yoqub g`azablanib Lobonga. — Men sizga etti yil Rohila uchun xizmat qildim–ku! Nimaga meni aldadingiz?

26 — Bizning yurtdagi odat bo’yicha, katta qizdan oldin kichigi turmushga berilmaydi, — deb javob berdi Lobon.

27 — Bir haftada bu qizimning to’yi tantanasi tugaydi, kutib tur. Agar menga yana etti yil xizmat qilib beradigan bo’lsang, xizmating evaziga kichkinasini ham senga beraman.

28 Yoqub rozi bo’ldi. Bir haftadan keyin Yoqub bilan Leaxning to’yi tantanasi tugadi. Lobon Rohilani ham Yoqubga berdi.

29 Lobon o’zining Bilxax degan cho’risini qizi Rohilaga bergan edi.30 Shunday qilib, Yoqub Rohilaning yoniga kirdi. U Leaxdan ko’ra, Rohilani ko’proq yaxshi ko’rardi. Yoqub Lobonga yana etti yil xizmat qilib berdi.

Yoqubning farzandlari

31 Yoqub Leaxga ko’ngilsiz ekanini Egamiz ko’rib turardi. Shuning uchun U Leaxni tug`ishga qodir qildi, Rohila esa befarzand o’taverdi.

32 Leax homilador bo’lib, o’g`il tug`di. U: “Egam mening baxtsizligimni ko’rdi, endi erim menga albatta ko’ngil qo’yadi”, deb o’g`lining ismini Ruben qo’ydi.

33 Leax homilador bo’lib, yana o’g`il tug`di. “Erim menga ko’ngilsizligini Egam eshitib, yana bir o’g`il berdi”, deb o’g`lining ismini Shimo’n qo’ydi.

34 Leax yana homilador bo’ldi va yana o’g`il tug`di. U: “Erimga uchta o’g`il tug`ib berdim, endi u albatta menga bog`lanib qoladi”, deb o’g`lining ismini Levi qo’ydi.

35 Leax yana homilador bo’lib, yana o’g`il tug`di. U: “Endi Egamga hamdu sano aytaman”, deb o’g`lining ismini Yahudo qo’ydi. Shundan keyin u tug`ishdan qoldi.

1 Rohila Yoqubga bola tug`ib bera olmagach, endi opasiga hasad qila boshladi.

— Menga farzand bering, bo’lmasa o’laman! — dedi u Yoqubga.

2 Yoqub Rohiladan qattiq g`azablandi.

— Nima, men Xudomanmi?! Seni bepusht qilib yaratgan Xudo–ku!

3 Shunda Rohila Yoqubga dedi:

— Ana, cho’rim Bilxaxning yoniga kiring. U menga bola tug`ib bersin, toki cho’rim orqali men ham bolali bo’layin.

4 Shunday qilib, Rohila eriga Bilxaxni olib berdi. Yoqub Bilxaxning yoniga kirdi.

5 Bilxax homilador bo’lib, Yoqubga o’g`il tug`ib berdi.

6 Rohila: “Xudoyim meni oqladi, U mening iltijoimni eshitib, menga o’g`il ato etdi”, deb o’g`lining ismini Dan qo’ydi.

7 Bilxax yana homilador bo’lib, Yoqubga ikkinchi o’g`lini tug`ib berdi.

8 Rohila: “Opam bilan qattiq olishib, men yutib chiqdim”, deb o’g`lining ismini Naftali qo’ydi.

9 Leax bola tug`ishdan qolganini anglab etdi. Shunda u ham o’zining cho’risi Zilponi Yoqubga olib berdi.

10 Zilpo Yoqubga o’g`il tug`ib berdi.

11 Leax: “Menga omad kulib boqdi”, deb o’g`lining ismini Gad qo’ydi.

12 So’ngra Zilpo Yoqubga ikkinchi o’g`lini tug`ib berdi.

13 Leax: “Naqadar baxtliman–a! Endi ayollar meni juda baxtli ekan, deb aytishadi”, deya o’g`lining ismini Osher qo’ydi.

14 Bug`doy o’rimi payti edi. Bir kuni Ruben dalaga borganda, mehrigiyo o’simligini topib olib, onasi Leaxga keltirdi. Rohila: “O`g`lingning mehrigiyolaridan menga ham ber”, deb iltimos qildi.

15 Lekin Leax g`azab bilan javob qildi:

— Erimni tortib olganing kamlik qildimi?! Endi o’g`limning mehrigiyolarini ham tortib olmoqchimisan?!

— O`g`lingning mehrigiyolari evaziga bu kecha erim sening yoningga kiradi, unga ijozat beraman, — dedi Rohila.

16 Kechqurun Yoqub daladan kelganda, Leax unga peshvoz chiqdi.

— Bu kecha mening yonimga kirishingiz kerak, — dedi u eriga. — O`g`lim daladan topib kelgan mehrigiyoga sizni almashtirdim.

Shunday qilib, Yoqub Leaxning yoniga kirdi.

17 Xudo Leaxning iltijolariga javob berdi. U yana homilador bo’lib, Yoqubga beshinchi o’g`lini tug`ib berdi.

18 Leax: “Cho’rimni erimga olib berganim uchun Xudoyim meni mukofotladi”, deb o’g`lining ismini Issaxor qo’ydi.

19 So’ngra u yana homilador bo’lib, Yoqubga oltinchi o’g`lini tug`ib berdi.

20 Leax dedi: “Xudoyim menga yaxshi hadya berdi. Endi erim meni hurmat qiladigan bo’ladi, chunki unga oltita o’g`il tug`ib berdim.” Shunday deb, o’g`lining ismini Zabulun qo’ydi.

21 Keyin Leax qiz tug`ib, ismini Dina qo’ydi.

22 Nihoyat, Xudo Rohilaga ham marhamat qildi va uning iltijolariga javob berib, bola tug`ishga qodir qildi.

23 Rohila homilador bo’lib, o’g`il tug`di. “Xudo menga o’g`il ato etib, sharmandaligimni olib tashladi”, dedi.

24 “Egam menga yana o’g`il bersin”, deb o’g`lining ismini Yusuf qo’ydi.

Yoqub Lobon bilan savdolashadi

25 Rohila Yusufni tuqqandan keyin ko’p o’tmay, Yoqub Lobonga dedi:

— Ijozat bersangiz, men yurtimga qaytmoqchiman.

26 Xotinlarim bilan bolalarimni ham olib ketsam, degandim. O`zingiz bilasiz, sizga ko’p xizmatim singgan, peshana terimni to’kib ularni topganman. Endi ketishga ijozat bersangiz.

27 Lobon esa unga shunday javob berdi:

— Endi iltimos qilaman, mening gapimga quloq sol: fol ochtirib ko’rgan edim, Egam menga sen tufayli baraka berganini bildim.

28 Xizmat haqingni ayt, to’lay.

29 — O`zingiz bilasiz: uzoq yillar davomida sizga ko’p xizmat qildim. Mol–qo’ylaringiz mening mehnatim tufayli qanchalik ko’payganini bilasiz.

30 Aslida men kelmasimdan oldin molingiz oz edi, endi esa boyligingiz haddan ziyod ko’paydi. Men tufayli Egam sizga hamma narsada baraka berdi. Endi oilamni o’ylaydigan payt keldi.

31 — Xizmat haqingga nima istaysan? — deb yana so’radi Lobon.

— Menga hech qanday xizmat haqi kerak emas, — deb javob qildi Yoqub. — Agar rozi bo’lsangiz, bir taklifim bor. Men qo’y–echkilaringizni boqaveray.

32 Bugun suruvingizni oralab, olachipor va xol–xol qo’ylaringizni, qora qo’zilaringizni, echkilaringizdan ham xol–xolini va olachiporini ajratib olay. Xizmat haqimga shularni bersangiz kifoya.

33 Agar men halol bo’lmasam, siz keyin osonlikcha bilib olasiz. Mening xizmatimni tekshirgani kelganingizda, qo’y–echkilarimning orasida birortasi ola–bula, xol–xol bo’lmasa, yoki qo’zilarimning orasida ham birortasi qora bo’lmasa, meni o’g`ri deb hisoblashingiz mumkin.

34 — Yaxshi, sen aytganday bo’la qolsin, — dedi Lobon.

35 Lobon o’sha kuni oqi bor xol–xol va olachipor taka hamda urg`ochi echkilarni suruvdan ajratib oldi, qora qo’zilarni ham ayirib oldi. Hammasini o’g`illarining ixtiyoriga berdi.

36 Ular o’sha qo’y–echkilarni Yoqub turgan joydan uch kunda boradigan joyga olib ketdilar. Yoqub esa Lobonning qolgan qo’y–echkilarini boqaverdi.

37 Yoqub terak, bodom va chinor daraxtining novdalaridan olib, novdalarni yo’l–yo’l qilib po’stlog`ini shildi.

38 So’ngra u po’stlog`i tozalangan novdalarni qo’y–echkilarga ko’rinadigan joyga — suv ichadigan oxurlar ichiga qo’ydi. Chunki Lobonning qo’y–echkilarini sug`organi olib kelganda, hayvonlar shu erda juftlashar edi.

39 Qo’y–echkilar oq yo’li bor novdalarni ko’rib turganda juftlashib, yo’l–yo’l, olachipor va xol–xol nasl berardi.

40 Yoqub Lobonning boshqa qo’y–echkilaridan sovliqlarini ajratib oldi. Sovliq qo’ylar juftlashayotganda, Yoqub qo’ylarning yuzini Lobonning suruvidagi yo’l–yo’l va qop–qora hayvonlarga qaratib qo’yardi. Shu tariqa Yoqub Lobonning qo’y–echkilaridan o’zining suruvini vujudga keltirdi va Lobonnikidan alohida qilib qo’ydi.

41 Suruvdagi sog`lom urg`ochi qo’y yoki echkilar juftlashishga tayyor bo’lganda, Yoqub po’stlog`i archilgan novdalarni hayvonlarning oxuriga tashlab qo’yardi. Hayvonlar yo’l–yo’l novdalarni ko’rib turganlarida juftlashardilar.

42 Lekin u nimjon hayvonlarga shunday qilmasdi. Oqibatda Lobon nimjon qo’y–echkilarga, Yoqub esa sog`lom qo’y–echkilarga ega bo’lib qoldi.

43 Shu yo’l bilan Yoqubning qo’y–echkilari tezlik bilan ko’payib bordi, u juda ham boyib ketdi, ko’plab qul va cho’rilarga, tuya va eshaklarga ega bo’ldi.

Yoqub Lobonnikidan qochib ketadi

1 Lobonning o’g`illari ming`ir–ming`ir qila boshladilar: “Yoqub otamizni xonavayron qildi. U butun boyligini otamizning boyligidan olgan.” Yoqub bu gaplarni eshitib qoldi.

2 Yoqub sezdiki, Lobon unga anchagina sovuq munosabatda bo’lyapti.

3 Egamiz ham Yoqubga:

— Ota–bobolaringning yurtiga, qarindosh–urug`laringning oldiga qayt, Men sen bilan birga bo’laman, — dedi.

4 Yoqub yaylovda qo’y–echkilarini boqayotganda, Rohila bilan Leaxni shu erga chaqirtirdi.

5 Ular kelgach, dedi:

— Ko’rib turibman, otalaringizning menga munosabati oldingiday emas. Lekin otamning Xudosi men bilan birga.

6 O`zlaringiz bilasizlar, men sizlarning otangizga kuchim boricha xizmat qildim.

7 U meni aldab, xizmat haqimni o’n marta o’zgartirdi. Lekin u menga zarar etkazishiga Xudo yo’l qo’ymadi.

8 Agar otangiz: “Suruvdagi olachipor qo’y–echkilar sening xizmat haqing bo’ladi”, deb aytgan bo’lsa, butun suruv olachipor bola beraverdi. “Yo’l–yo’li sening xizmat haqing bo’ladi”, deb aytgan bo’lsa, butun suruv yo’l–yo’l bola beraverdi.

9 Xudo shu yo’l bilan otangizning qo’y–echkilarini tortib olib, menga berdi.

10 Juftlashish mavsumi paytida bir kuni tush ko’rdim. Qarasam, suruvdagi juftlashgan takalar yo’l–yo’l, xol–xol va olachipor ekan.

11 Tushimda Xudoning farishtasi: “Yoqub!” deb chaqirdi. “Labbay!” deb javob berdim men.

12 Farishta menga aytdi: “Qara, juftlashgan takalarning hammasi yo’l–yo’l, xol–xol va olachipor. Bularning hammasini Men qilyapman. Chunki Lobonning senga munosabatini ko’rganman.

13 Men Baytilda senga zohir bo’lgan Xudoman. U erda sen tosh ustunga zaytun moyi surtib, Menga xizmat qilish uchun qasam ichgan eding. Endi hoziroq bu yurtdan ket, o’zingning ona yurtingga qayt.”

14 Shunda Rohila bilan Leax Yoqubga:

— Endi otamizdan bizga hech qanday meros tegmas ekan–da, — deyishdi.

15 — Biz otamizga xuddi begonalarday bo’lib qoldik. U bizni sotdi, bizning evazimizga nima olgan bo’lsa, hammasini sarf qilib bo’ldi.

16 Xudo otamizdan sizga olib bergan hamma boyliklar bizniki va bolalarimizniki. Endi esa Xudo sizga nima aytgan bo’lsa, shuni qiling.

17-18 Shunday qilib, Yoqub Kan`on yurtiga — otasining oldiga qaytib ketishga tayyorlandi. Xotinlarini va bolalarini tuyalarga mindirdi. Qo’y–echkilarini oldiga solib haydadi, Paddon–Oramda topgan hamma mol–mulkini oldi.

19 Lobon qo’ylarining junini qirqqani ketdi. U yo’q paytida Rohila otasining xonaki xudolarini o’g`irlab oldi.

20 Buning ustiga, Yoqub ham, biz ketyapmiz, deb Lobonga aytmasdan, uni aldab jo’nab qoldi.

21 Yoqub hamma mol–mulkini olib, Furot daryosini kechib o’tdi va Gilad qirlariga yo’l oldi.

Lobon Yoqubni quvadi

22 Oradan uch kun o’tgach, Lobonga: “Yoqub qochib ketibdi” degan xabar etib bordi.

23 Lobon qarindosh–urug`idan erkaklarni yoniga olib, Yoqubni quvib ketdi. Yoqubni etti kun quvlagandan keyin, oxiri Gilad qirlarida unga etib oldi.

24 Lekin o’sha kuni kechasi Lobon tush ko’rdi. Tushida Xudo zohir bo’lib: “Ehtiyot bo’l, Yoqubga yaxshi–yomon gap qilib yurma”, dedi.

25 Lobon Yoqubga etib olganda, Yoqub Gilad qirlarida chodir tikkan edi. Lobon ham qarindosh–urug`lari bilan Yoqubga yaqinroq joyga chodirini tikdi.

26 Lobon Yoqubga:

— Bu nima qilganing? Meni aldab ketibsan–ku! — dedi. — Qizlarimni ham, xuddi urushdagi asiralarday, o’g`irlab ketibsan.

27 Nimaga meni aldab, hech narsa demasdan, yashirincha qochib qolding? Agar bir og`iz aytganingda, childirma, lira chalib, o’yin–kulgi qilib, xursandchilik bilan kuzatib qo’ygan bo’lardim.

28 Sen hatto nevaralarim bilan qizlarimni o’pib, yaxshi boringlar, deb aytishimga ham imkon bermading. Qilgan ishing — g`irt ahmoqlik.

29 Senga yomonlik qilishga kuchim etadi. Lekin kecha tunda otangning Xudosi menga zohir bo’lib: “Ehtiyot bo’l, Yoqubga yaxshi–yomon gap qilib yurma”, deb aytdi.

30 Ahvolingni tushunaman, otangning uyini sog`ingansan, shuning uchun ketgansan. Lekin nimaga xudolarimni o’g`irlading?

31 — Qizlaringizni mendan tortib olasiz, deb o’ylab, qo’rqqan edim, — dedi Yoqub.

32 — Lekin sizning xudolaringizga kelsak, ularni kim olgan bo’lsa, o’ldirilsin. Qarindoshlarimizning guvohligida narsalaringizni izlab ko’ring. Agar sizning narsalaringiz bo’lsa, olavering.

Lobonning xudolarini Rohila o’g`irlaganini Yoqub bilmas edi.

33 Lobon xudolarini qidirib, avvalo Yoqubning chodiridan izladi. Keyin Leaxning chodiriga, undan keyin ikkala cho’rining chodiriga kirdi, lekin xudolarini topa olmadi. Oxirida Rohilaning chodiriga kirdi.

34 Rohila xudolarni tuya egarining ichiga yashirib, o’zi egarga o’tirib olgan edi. Lobon chodirning hamma yog`ini axtarsa ham, xudolarini topa olmadi.

35 Rohila otasiga:

— Sizning oldingizda o’rnimdan turmaganim uchun mendan jahlingiz chiqmasin, otajon, — dedi. — Hozir ayollar kasaliga yo’liqqan paytim.

Lobon xudolarini qancha qidirmasin, topa olmadi.

36 Yoqub qattiq g`azablanib, Lobonni urishib berdi:

— Aybim nima ekan?! Qaysi gunohim uchun meni ta`qib qilyapsiz?!

37 Hamma narsalarimni titkilab chiqdingiz. Endi menga ko’rsating–chi, biror narsangizni topdingizmi? Topgan bo’lsangiz, qani, qarindosh–urug`larimiz oldiga o’sha narsalarni qo’ying, ikkalamizdan qaysi birimiz haq ekanimizni ular hukm qilsin!

38 Yigirma yil men sizning eshigingizda bo’ldim. Ana shu davrda bironta sovliq qo’yingiz, echkingiz chala tug`ib qo’ymadi, suruvingizdan bironta qo’chqorni eb qo’ymadim.

39 Yovvoyi hayvonlar bo’g`izlab tashlaganlarini sizga ko’rsatmasdan, zararni o’z bo’ynimga olardim. Qo’yingiz kunduzi yo’qolganmi, yoki kechasi yo’qolganmi, baribir, siz mendan talab qilardingiz.

40 Kunduzi jazirama issiqda, kechalari sovuqda, tunlarni uyqusiz o’tkazib, sizga xizmat qildim.

41 Yigirma yil sizning xonadoningizda bo’ldim: o’n to’rt yil — ikkala qizingiz uchun, olti yil — qo’y–echkilarga ega bo’lishim uchun xizmat qildim. Xizmat haqimni o’n marta o’zgartirdingiz.

42 Agar bobom Ibrohimning Xudosi, otam Ishoq sajda qiladigan Xudo men bilan bo’lmaganda edi, shubhasiz, siz meni quppa–quruq qaytargan bo’lardingiz. Lekin Xudo mening qiynalganimni, og`ir mehnatimni ko’rdi. Shu sababdan U o’tgan kecha sizga zohir bo’lib, nohaqligingizni aytgan.

Yoqub bilan Lobon o’rtasidagi ahd

43 Shundan keyin Lobon Yoqubga dedi:

— Mana bu ayollar — mening qizlarim, mana bu bolalar — mening nabiralarim, qo’y–echkilar ham meniki. Sen ko’rib turgan hamma narsa — meniki. Lekin hozir o’z qizlarimga, nabiralarimga biror narsa qila olarmidim?!

44 Kel, endi ikkovimiz ahd qilaylik, toki bu ahd ikkovimiz yarashganimizni isbotlasin.

45 Yoqub bir toshni olib, yodgorlik qilib qo’ydi.

46 Keyin u qarindosh–urug`lariga: “Tosh to’plab kelinglar!” dedi. Ular ham tosh to’plab, bir uyum hosil qilishdi va o’sha tosh uyumining yonida tamaddi qilishdi.

47 Bu joy Lobonning tilida Yogar–Saduto, Yoqubning tilida Galed deb ataladigan bo’ldi.

48 Lobon: “Bu tosh uyumi bugun sen bilan mening oramizda guvohdir”, deb bu joyni Galed deb ataydigan bo’ldi.

49 Shuningdek, u: “Biz bir–birimizdan ayrilganimizdan keyin, Egam sen bilan meni kuzatib tursin”, deb bu joyni Mispax deb atadi. So’ng shunday dedi:

50 — Agar qizlarimning dilini og`ritsang yoki ularning ustiga xotin olsang, esingda tut, hatto men bilmagan taqdirda ham, Xudo ko’rib turadi. Uning O`zi sen bilan mening o’rtamizda guvohdir.

51 So’ng Lobon Yoqubga yana dedi:

— Ikkovimizning o’rtamizda men o’rnatgan mana bu tosh uyumi bilan ustunga qara.

52 Bular bizning ontimizga guvoh bo’lib, ikkovimizning o’rtamizda turibdi. Men senga zarar etkazish niyatida bu tosh uyumidan nariga o’tmayman, sen ham menga zarar etkazish niyatida bu tosh uyumi va ustundan beriga o’tmasliging lozim.

53 Ota–bobolarimizning Xudosi — sening bobong Ibrohimning Xudosi va mening bobom Naxo’rning Xudosi — o’rtamizda hakam bo’lsin.

Shunday qilib, Yoqub otasi Ishoq sajda qiladigan Xudo nomi bilan qasam ichdi.

54 Yoqub qurbonlik qilib, hammani ziyofatga taklif qildi. Ular tunni qirda o’tkazishdi.

55 Ertasiga Lobon saharda turdi. Qizlarini, nabiralarini o’pib, hammalarini duo qildi. So’ngra uyiga qaytib ketdi.

Yoqub Esovni kutib olishga tayyorlanadi

1 Yoqub oila a`zolarini boshlab yo’lda ketayotgan edi, Xudoning farishtalari unga peshvoz chiqdilar.

2 Yoqub ularni ko’rib: “Bu Xudoning lashkargohi!” dedi. Shuning uchun bu joyga Moxanayim deb nom berdi.

3 Yoqub borishidan oldin Seir, ya`ni Edom yurtida istiqomat qilayotgan akasi Esovga xabarchilarni yubordi.

4 Yoqub xabarchilarga shunday ko’rsatma bergan edi:

— Esov hazratlariga shunday deb aytinglar: “Qulingiz Yoqub aytmoqdaki, u shu paytgacha Lobonning xonadonida yashadi.

5 Endi mollar, eshaklar, qo’y–echkilar, qul va cho’rilarga ega bo’ldi. Kelayotganidan sizni xabardor qilish uchun bizni yubordi. Uning umidi shuki, siz unga mehr–muruvvat ko’rsatsangiz.”

6 Xabarchilar qaytib kelib, Yoqubga shunday dedilar: “Akangiz Esovning oldiga bordik. U sizni kutib olishga kelyapti, yonida to’rt yuzta odami ham bor.”

7 Yoqub bu xabarni eshitdi–yu, qo’rqib, vahimaga tushdi. Xonadonidagi odamlarini, qo’y–echkilarini, mol podalarini, tuyalarini ikki qismga bo’ldi.

8 U: “Agar Esov kelib, bitta qismni qirib tashlasa, narigi qismi qutulib omon qoladi–ku”, deb o’yladi.

9 Keyin Yoqub ibodat qildi:

— Ey bobom Ibrohimning, otam Ishoqning Xudosi! Ey Egam! Menga: “O`z yurtingga, qarindoshlaring oldiga qaytib bor, senga muvaffaqiyat keltiraman”, deb va`da bergan eding.

10 Ko’rsatgan sadoqatingga, inoyatingga men, quling, loyiq emasman. Ilgari Iordan daryosini kechib o’tganimda, tayog`imdan boshqa hech narsam yo’q edi. Endi oila a`zolarim ikki qo’rg`onni to’ldiradigan bo’ldi.

11 Iltijo qilaman, meni Esov akamning qo’lidan qutqargin. U kelib, men bilan birga xotinlarimni, bolalarimni o’ldiradi, deb qo’rqaman.

12 Sen esa menga: “Senga muvaffaqiyat keltiraman, sening naslingni dengizdagi qumdek ko’paytiraman, ko’pligidan naslingni sanab bo’lmaydi”, deb va`da bergan eding. Iltijo qilaman, va`dangni yodingda tut.

13-15 Yoqub tunni ibodat qilgan o’sha joyda o’tkazdi. Keyin suruvidan akasi Esovga ikki yuzta ona echki, yigirmata taka, ikki yuzta sovliq va yigirmata qo’chqor, o’ttizta sog`in tuyani bo’taloqlari bilan, qirqta sigir va o’nta buqa, yigirmata mocha eshak va o’nta erkak eshakni hadya qilish uchun tanlab oldi.

16 Yoqub bu hayvonlarni podalarga bo’lib, xizmatkorlariga topshirar ekan, ularga shunday dedi:

— Mendan oldin yuringlar, har bir podaning orasida bo’sh masofa qoldiringlar.

17 Eng oldingi podani haydab borayotgan xizmatkoriga u shunday ko’rsatma berdi:

— Esov akam seni uchratib qolib: “Kimning xizmatkorisan? Qaerga ketyapsan? Oldingdagi poda kimniki?” deb so’raganda,

18 sen: “Bu podalar qulingiz Yoqubniki, bularni siz, to’ramga hadya qilib yubordilar, o’zlari ham orqamizda kelyaptilar”, deb aytgin.

19 Yoqub podani haydab borayotgan ikkinchi, uchinchi, xullas, hamma xizmatkorlariga ham bir xil ko’rsatma berib:

— Esovni uchratib qolganingizda, o’sha gaplarimni aytinglar, — dedi.

20 “Qulingiz Yoqub orqamizda kelyaptilar”, deb albatta aytinglar, — deb ta`kidladi. Chunki Yoqub: “O`zimdan oldin yuborgan hadyalarim bilan Esov akamning ko’nglini yumshataman, u bilan yuzma–yuz uchrashganimizda, meni kechirsa ajabmas”, deb umid qilayotgan edi.

21 Shunday qilib, Yoqub o’zi borishidan oldin, hadyalarni jo’natib yubordi va bu kechani chodir tikkan joyda o’tkazdi.

Yoqub Paniyolda kurash tushadi

22 O`sha kuni tunda Yoqub o’rnidan turdi. Ikkala xotinini, ikkala cho’risini, o’n bitta bolasini Yavoq daryosi kechuvidan o’tkazdi.

23 Ular daryoning narigi qirg`og`iga o’tib bo’lganlaridan keyin, butun mol–mulkini ham o’tkazdi.

24 Yoqub daryoning bu tomonida yolg`iz o’zi qoldi. O`sha erda bir odam bilan tong otguncha kurashdi.

25 O`sha odam ko’rdiki, Yoqubni mag`lub qila olmas ekan. Bir payt u Yoqubning bo’ksasiga bir urgan edi, soni bo’g`inidan chiqib ketdi.

26 — Meni qo’yib yubor, tong otyapti, — dedi o’sha odam.

— Meni duo qilmasang, ketkizmayman, — hansirab dedi Yoqub.

27 — Isming nima? — deb so’radi o’sha odam.

— Yoqub, — deb javob berdi u.

28 — Bundan keyin sening isming Yoqub emas, Isroil bo’lsin, — dedi o’sha odam. — Chunki sen Xudo va insonlar bilan olishib, g`olib chiqding.

29 — Iltimos, ismingni ayt! — dedi Yoqub.

— Nimaga Mening ismimni so’rayapsan? — deb so’radi o’sha odam. Shunday dedi–yu, u Yoqubni duo qildi.

30 Yoqub: “Xudo bilan yuzma–yuz bo’libman–u, hayotim saqlanib qolibdi–ya”, deb bu joyga Paniyol degan nom berdi.

31 Yoqub Paniyoldan ketayotganda, quyosh chiqqan edi. Soni og`riyotgani uchun u oqsoqlanib yurardi.

32 O`sha odam Yoqubning bo’ksasiga urgani sababli, Isroil xalqi o’sha tunda yuz bergan voqeaning xotiri uchun bugungacha sonning payini emaydi.

Yoqub bilan Esov uchrashadi

1 Yoqub qarasa, Esov kelayotgan ekan, yonida to’rt yuzta odami ham bor. Yoqub bolalarini Leaxga, Rohilaga va ikkala cho’risiga taqsimladi.

2 Cho’rilari bilan ularning bolalarini eng oldinga, Leax bilan uning bolalarini ulardan keyin, Rohila bilan Yusufni esa oxiriga qo’ydi.

3 Yoqubning o’zi ularning oldida bordi. Akasining oldiga etib borguncha etti marta egilib ta`zim qildi.

4 Esov ham ukasini kutib olgani yugurib borib, uni quchoqlab oldi. Yoqubning bo’yniga osilib, o’pdi. Ikkovi ham yig`lar edi.

5 Esov ayollarga va bolalarga qarab:

— Yoningdagi bu odamlar senga kim bo’ladi? — deb so’radi.

— Men, qulingizga Xudo inoyat qilib bergan bolalarim, — dedi Yoqub.

6 Shundan keyin cho’rilar bilan ularning bolalari Esovning oldiga kelishib, unga egilib ta`zim qildilar.

7 Ulardan keyin Leax bilan uning bolalari yaqin kelib, egilib ta`zim qilishdi. Oxirida Yusuf bilan Rohila yaqin kelib, egilib ta`zim qildilar.

8 — Menga suruvlaru podalar jo’natibsan, bundan maqsading nima edi? — deb so’radi Esov.

— Hazratimning iltifotiga sazovor bo’lishim uchun hadya qilib yuborgan edim, — deb javob berdi Yoqub.

9 — Rahmat, uka, o’zimniki juda ko’p, o’zingniki o’zingga buyursin, — dedi Esov.

10 — Yo’q, iltimos, agar meni iltifotingizga sazovor bilsangiz, hadyalarimni olasiz, — deb turib oldi Yoqub. — Siz meni shunday yaxshi kutib oldingizki, men uchun sizning yuzingizni ko’rish — Xudoning yuzini ko’rishga o’xshaydi.

11 Iltimos qilaman, hadyalarimni oling. Xudo menga inoyat qilib, kerakli hamma narsani berdi.

Yoqub qattiq iltimos qilavergandan keyin, oxiri, Esov hadyalarni olishga rozi bo’ldi.

12 — Qani, endi ketaylik, men senga yo’l ko’rsatib boraman.

13 Yoqub esa shunday dedi:

— O`zingiz ko’rib turibsiz, hazratim, bolalarim chiniqmagan, qo’y–sigirlarim ham bolalagan. Qo’y–sigirlarimni bir kungina qistab haydasalar, butun chorva nobud bo’ladi.

14 Shuning uchun mendan oldinda ketaversangiz. Men chorvaning yurishiga va bolalarning qadamiga qarab sekin boraveraman. Siz bilan Seir yurtida uchrashamiz.

15 — Bo’pti, bo’lmasa, odamlarimdan ba`zilarini sen bilan qoldiray, ham sizlarga yo’l ko’rsatib boradi, ham qo’riqlab ketadi, — dedi Esov.

— Nima qilasiz ovora bo’lib?! Menga ko’p mehribonlik ko’rsatyapsiz, shunga ham rahmat.

16 Esov o’sha kuni Seirga qaytib ketdi.

17 Yoqub esa oilasi bilan Suxotga qarab ketdi. U erda o’ziga bir uy, chorvasi uchun qo’ralar qurdi. Shuning uchun bu joyga Suxot deb nom berildi.

18 Shunday qilib, Yoqub Paddon–Oramdan Kan`on yurtidagi Shakam shahriga eson–omon qaytib keldi. Shahar tashqarisida chodirlarini tikdi.

19 U chodir tikkan joylar Xamo’r degan odamning o’g`illariga qarashli mulk edi. Xamo’r Shakamning otasi edi. Yoqub bu joylarni Xamo’rning o’g`illaridan yuz bo’lak kumushga sotib oldi.

20 Bu erda u qurbongoh qurib, bu joyni “Xudo Isroilning Xudosidir” deb atadi.

Dinaning nomusi bulg`anadi

1 Bir kuni Yoqub va Leaxning qizi Dina shu erlik qizlarni ko’rishga bordi.

2 Bu erning begi Xamo’r bo’lib, u Xiv urug`idan edi. Xamo’rning o’g`li Shakam qizni ko’rib qolib, ushladi va uning nomusiga tegdi.

3 Shakam Dinani qattiq sevib qoldi, qizning sevgisini qozonishga harakat qildi.

4 Otasiga: “Shu qizni menga olib bering”, deb aytdi.

5 Yoqub qizining nomusi toptalganini eshitdi. Yoqubning o’g`illari esa dalada mol–qo’ylarini boqib yurgan edilar. Ular qaytib kelgunlaricha Yoqub o’zini bosib turdi.

6 Shakamning otasi Xamo’r bu ish yuzasidan gaplashgani Yoqubning oldiga keldi.

7 Shu paytda Yoqubning o’g`illari daladan kelib qolishdi. Singillari sharmanda bo’lganini eshitishdi–yu, qattiq g`azablanib, tutaqib ketdilar. Shakam Yoqubning qizini bulg`ab, Isroilda sharmandali ish qilgan edi. Bunday ish hech bo’lmasligi kerak edi.

8 Xamo’r ularga:

— O`g`lim Shakamning qizingizga ishqi tushib qolibdi, iltimos, qizingizni o’g`limga bersangizlar, — dedi.

9 — Bir–birimiz bilan quda–andachilik qilaylik, qizlaringizni o’g`illarimizga olib beraylik, o’g`illaringizga qizlarimizni olib beringlar.

10 Shunda yurtimizda biz bilan birga, xohlagan eringizda yashayverasizlar, bemalol savdo–sotiq qilaverasizlar, erlarimizdan o’zlaringizga mulk orttirasizlar.

11 Shakam ham Dinaning otasi bilan akalariga iltimos qilib, dedi:

— Menga muruvvat qilinglar, Dinani menga beringlar, evaziga istagan narsalaringizni beraman.

12 Qancha qalin yoki sovg`a talab qilasizlar — men uchun ahamiyati yo’q, beraman. Faqat qizingizga uylansam bo’ldi.

13 Shakam Dinani sharmanda qilgani uchun, Shakam bilan Xamo’rni Dinaning akalari aldadilar.

14 Ular Shakam bilan Xamo’rga dedilar:

— Singlimizni qandaydir sunnatsiz odamga berolmaymiz. Agar bersak, biz isnodga qolamiz.

15 Biz faqat bir shart bilan rozi bo’lamiz: hamma erkaklaringiz bizga o’xshab sunnat qilinishlari kerak.

16 Shunda biz qizlarimizni sizlarga beramiz, sizlarning qizlaringizni olamiz. Sizlarning orangizda yashab, sizlar bilan bir xalq bo’lamiz.

17 Lekin bizning shartimizga ko’nmasdan, sunnat qilinmasangizlar, singlimizni olib ketamiz.

18 Ularning gapiga Xamo’r bilan Shakam bajonidil rozi bo’lishdi.

19 Shakam Dinaga xushtor bo’lib qolganidan, bu talabni bajarishni tezlashtirdi. U oilasida hurmatga sazovor, eng obro’li odam edi.

20 Xamo’r bilan Shakam shahar darvozasiga kelib, shaharning oqsoqollariga shunday deyishdi:

21 — U odamlar — bizning do’stlarimiz. Ular bizning yurtimizda yashab, savdo–sotiq qilaversinlar. Yurtimiz keng, ularga ham etadi. Shunda bir–birimiz bilan qiz olib, qiz berishamiz.

22 Ular faqat bir shart bilan bizning oramizda yashab, biz bilan bir xalq bo’lishga rozi: oramizdagi hamma erkaklar, ular singari, sunnat bo’lishlari kerak ekan.

23 Agar biz shunday qilsak, ularning hamma qo’y–echkilari, mol–mulki bizniki bo’ladi. Kelinglar, ularning aytganlariga rozi bo’laylik, toki ular bizning oramizda yashab qolishsin.

24 Shahar darvozasiga borganlar Xamo’r bilan uning o’g`li Shakamning gaplarini eshitgach, rozi bo’ldilar. Butun shahar erkaklari sunnat qilindilar.

25 Oradan uch kun o’tdi. Shaharning hamma erkaklari sunnat qilinganlari uchun hali ham og`rib yotgan edilar. Yoqubning ikki o’g`li — Dinaning akalari Shimo’n bilan Levi qilichlarini oldilar va bamaylixotir shaharga kirdilar. Shahardagi hamma erkakni o’ldirdilar.

26 Xamo’r bilan uning o’g`li Shakamni ham o’ldirib, Shakamning uyidan Dinani olib ketdilar.

27 Yoqubning qolgan o’g`illari, singlimizni sharmanda qilganlari uchun qasos olamiz deb, jasadlarni talab, shaharni talon–taroj qildilar.

28 Ular shahardagi va dalalardagi jamiki qo’y–echkilarni, mol podalarini, eshaklarni olib ketdilar.

29 Shahar xalqining hamma boyliklarini, uylaridagi hamma narsasini o’lja qilib, bolalarini va ayollarini asir qilib olib ketdilar.

30 Shunda Yoqub Shimo’n bilan Leviga dedi:

— Sizlar boshimga balo keltirdingiz. Endi bu yurtdagi Kan`on va Pariz xalqlari, qolaversa, hamma meni yomon ko’radi. Biz ozchilik bo’lsak, axir. Ular birgalashib hujum qilib qolgudek bo’lsa, hammamiz qirilib ketamiz–ku!

31 Shunda o’g`illari:

— Singlimizga fohishaday muomala qilishlariga yo’l qo’ymaymiz! — deb e`tiroz bildirdilar.

Xudo Baytilda Yoqubga marhamat qiladi

1 Xudo Yoqubga dedi:

— Qani, otlan, Baytilga ko’chib bor, o’sha erda joylashib, Menga atab qurbongoh o’rnat. Sen akang Esovdan qochib ketayotganingda, Men u erda senga zohir bo’lgan edim.

2 Yoqub xonadonidagilarga va yonidagilarga aytdi:

— Begona xudolaringizni yo’qotinglar, o’zlaringizni poklab, toza kiyimlaringizni kiyinglar.

3 Endi bu erdan ketib, Baytilga boramiz. U erda men Xudoga qurbongoh quraman. Kulfatda qolganimda, Xudo menga madad bergan edi. Qaerga borsam, U men bilan birga bo’ldi.

4 Hammalari begona xudolarini, ziraklarini Yoqubga berishdi. Yoqub bu narsalarni Shakam yaqinidagi eman daraxtining ostiga ko’mdi.

5 Yoqub xonadonidagilarini boshlab yo’lga tushganda, Xudo butun atrofdagi shaharlar aholisiga qo’rquv yubordi. Shuning uchun hech kim ularni ta`qib qilmadi.

6 Nihoyat, Yoqub butun xonadon ahlini boshlab Luz shahriga etib keldi. (Luz hozir Baytil deb yuritiladi.)

7 Yoqub bu erda bir qurbongoh qurib, bu joyni Baytilning Xudosi deb atadi. Yoqub akasidan qochib ketayotganda, Xudo O`zini unga shu erda zohir qilgan edi.

8 Shu orada Rivqoning enagasi Dobira vafot etdi. Uni Baytilning yonidagi eman daraxti ostiga dafn qildilar. O`shandan buyon bu daraxt Yig`i daraxti deb yuritiladi.

9 Yoqub Paddon–Oramdan qaytib kelgandan keyin, Xudo unga yana zohir bo’ldi va unga marhamat ko’rsatib, dedi:

10 “Sening isming Yoqub, lekin bundan keyin seni Yoqub deb chaqirmaydilar, sening isming Isroil bo’ladi.” Shuning uchun u Isroil deb nom oldi.

11 Xudo shunday dedi:

— Men Qodir Xudoman, barakali bo’l, nasling ko’p bo’lsin. Buyuk xalq, hatto ko’p xalqlar sendan paydo bo’ladi. Sen shohlarning bobosi bo’lasan.

12 Men Ibrohimga va Ishoqqa va`da qilgan yurtni senga beraman. Sendan keyin bu erni naslingga beraman.

13 Shundan keyin Xudo Yoqubga gapirgan joyidan ketdi.

14 Yoqub o’sha joyga yodgorlik toshi o’rnatdi. So’ngra yodgorlik toshi ustiga Xudoga atab sharob va zaytun moyi quydi.

15 Yoqub bu joyga Baytil deb nom berdi.

Rohila vafot etadi

16 Yoqub bilan uning oilasi Baytildan chiqib, Efrat tomon yo’l oldilar. Ular Efratga hali etib bormasdan, Rohilaning ko’zi yoriydigan payti keldi, uni qattiq to’lg`oq tutib qoldi.

17 Rohila to’lg`oqdan ko’p azob chekkandan keyin, nihoyat, doyasi: “Qo’rqma, yana o’g`il tug`ding”, dedi.

18 Rohila jon berayotganda, oxirgi nafasda o’g`lining ismini Beno’n deb qo’ydi. Otasi esa unga Benyamin deb ism qo’ydi.

19 Shunday qilib, Rohila vafot etdi va Efrat yo’lida dafn qilindi. (Efrat hozir Baytlahm deb yuritiladi.)

20 Yoqub Rohilaning qabriga yodgorlik toshi o’rnatdi. Bu tosh shu kungacha bor.

21 Shundan keyin Yoqub yana ko’chib, Eder minorasi ortida chodirini tikdi.

Yoqubning o’g`illari

22 Yoqub o’sha erda yashayotganda, Ruben otasining cho’risi Bilxaxning yoniga kirdi. Yoqub buni eshitib qoldi.

Yoqubning o’n ikkita o’g`li bor edi:

23 Leax tuqqan o’g`illari — Ruben (Yoqubning to’ng`ich o’g`li), Shimo’n, Levi, Yahudo, Issaxor va Zabulun.

24 Rohila tuqqan o’g`illari — Yusuf bilan Benyamin.

25 Rohilaning cho’risi Bilxax tuqqan o’g`illari — Dan bilan Naftali.

26 Leaxning cho’risi Zilpo tuqqan o’g`illari — Gad bilan Osher.

Yoqubning Paddon–Oramda tug`ilgan o’g`illari ana shular edi.

Ishoq vafot etadi

27 Yoqub Mamrega — Xirat–Arbaga otasining uyiga keldi. (Xirat–Arba hozir Xevron deb yuritiladi.) Ibrohim va Ishoq Xevronda istiqomat qilgan edilar.

28 Ishoq 180 yil umr ko’rdi.

29 U keksayib, yoshini yashab olamdan o’tdi. O`g`illari Esov bilan Yoqub uni dafn qilishdi.

Esovning nasl–nasabi

1 Esovning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir (u Edom ismi bilan taniqli):

2 Esov Kan`onlik qizlarga uylangan edi. Birinchi xotinining ismi Oida bo’lib, Xet xalqidan Elo’n deganning qizi edi. Ikkinchisiniki Oxolibom bo’lib, Xiv xalqidan Anah deganning qizi edi. Bobosining ismi Zibo’n edi.

3 Uchinchi xotinining ismi Bosimat bo’lib, Ismoilning qizi edi. Qizning Navayot degan akasi bor edi.

4 Oida Esovga Elifazni, Bosimat Ruvelni,

5 Oxolibom esa Yoush, Yalom va Ko’raxni tug`ib berdi. Esovning Kan`on yurtida tug`ilgan o’g`illari ana shulardir.

6 So’ngra Esov xotinlarini, bolalarini, xonadonidagi hamma odamlarini, podasiyu suruvlarini, Kan`on yurtida topgan jamiki boyliklarini olib, ukasi Yoqubdan uzoqroq erga ko’chib ketdi.

7 Ikkovining podalari va suruvlari benihoya ko’p bo’lganidan, er torlik qilib qolgan edi.

8 Shuning uchun Esov, ya`ni Edom, Seir tog`lariga borib o’rnashdi.

9 Seir tog`laridagi Edom xalqining ota–bobosi Esovning nasl–nasabi mana bulardir:

10 Esovning xotinlari Oida va Bosimat tuqqan o’g`illari quyidagilardir: Oida Elifazni tug`di, Bosimat Ruvelni tug`di.

11-12 Elifaz besh o’g`il ko’rdi: Temon, O`mar, Zafo’, Gatam va Xanaz. Elifazning cho’risi Timna ham unga o’g`il tug`ib, ismini Omolek qo’ydi. Esovning xotini Oidaning nabiralari ana shular edi.

13 Ruvel to’rt o’g`il ko’rdi: Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo. Bular Esovning xotini Bosimatning nabiralari edi.

14 Esovning uchinchi xotini Anahning qizi Oxolibom unga uch o’g`il tug`ib berdi. O`g`illarining ismi Yoush, Yalom va Ko’rax edi.

15-16 Esovning o’g`illari va nabiralari quyidagi urug`larning yo’lboshchilari bo’ldilar:

Esovning to’ng`ich o’g`li Elifazning o’g`illari quyidagi urug`larning yo’lboshchilari bo’ldilar: Temon, O`mar, Zafo’, Xanaz, Ko’rax, Gatam va Omolek urug`lari. Edom yurtidagi bu urug`lar Esovning xotini Oidadan kelib chiqqan edi.

17 Esov o’g`li Ruvelning o’g`illari quyidagi urug`larning yo’lboshchilari bo’ldilar: Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo urug`lari. Edom yurtidagi bu urug`lar Esovning xotini Bosimatdan paydo bo’lgan edi.

18 Esovning xotini Oxolibomning o’g`illari quyidagi urug`larning yo’lboshchilari bo’ldilar: Yoush, Yalom va Ko’rax urug`lari. Oxolibomning otasi Anah edi.

19 Esov, ya`ni Edomdan kelib chiqqan urug`larning hammasi ana shulardir.

Edomning tub aholisi

20-21 Edom yurtining tub aholisi qabilalarga bo’lingan edi. Bu qabilalarning ota–bobosi Seir degan odam bo’lib, u Xorim xalqidan edi. Seirning quyidagi nasllari urug`larga asos soldi:

Lo’ton, Sho’val, Zibo’n, Anah, Dishon, Ezer va Dishan.

22 Lo’tonning o’g`illari ismi Xo’ri va Xo’mam edi. Lo’tonning Timna degan singlisi ham bor edi.

23 Sho’valning o’g`illari ismi Eliyon, Monaxat, Ebal, Shafo va O`nam edi.

24 Zibo’nning o’g`illari ismi Oyo va Anah edi. Anah otasi Zibo’nning eshaklarini boqib yurganda, sahroda issiq buloqlar topgan edi.

25 Anahning Dishon degan o’g`li va Oxolibom degan qizi bor edi.

26 Dishonning o’g`illari ismi Xamdon, Eshbon, Yitron va Xeron edi.

27 Ezerning o’g`illari ismi Bilxan, Zavon va Oqon edi.

28 Dishanning o’g`illari ismi Uz va Oron edi.

29 Shunday qilib, quyidagilar Xorim xalqi urug`larining yo’lboshchilari bo’ldi: Lo’ton, Sho’val, Zibo’n, Anah,30 Dishon, Ezer va Dishan. Xorim xalqining urug`lari Seir yurtida yashagan urug` yo’lboshchilari nomi bilan yuritilgan.

Edom shohlari

31 Hali Isroilda shohlar bo’lmasdan oldin ham, Edomda shohlar hukmronlik qilgan edi. Bu shohlar quyidagilardir:

32 Bavo’r o’g`li Belax, u Dinxaba shahridan edi.

33 Belax vafot etgach, uning o’rniga Zerax o’g`li Yo’vov shoh bo’ldi. U Bozrax shahridan edi.

34 Yo’vov vafot etgandan keyin, uning o’rniga Xushom shoh bo’ldi. U Temon yurtidan edi.

35 Xushom vafot etgach, uning o’rniga Badad o’g`li Hadad shoh bo’ldi. U Obit shahridan edi. Hadad Mo’ab yurtida Midiyon lashkarini qirib tashlagan edi.

36 Hadad vafot etgandan keyin, uning o’rniga Samlo shoh bo’ldi. U Masrixo shahridan edi.

37 Samlo vafot etgandan keyin, uning o’rniga Shovul shoh bo’ldi. U Furot daryosi bo’yidagi Rexobo’t shahridan edi.

38 Shovul vafot etgandan keyin, uning o’rniga Axbor o’g`li Baalxanon shoh bo’ldi.

39 Baalxanon vafot etgandan keyin, uning o’rniga Hadad shoh bo’ldi. U Pog`u shahridan edi. Hadadning xotini Maxitaval edi, Maxitavalning otasi — Matrid, bobosi Mezaxab edi.

40 Esov urug`larining yo’lboshchilari nomlari quyidagichadir: Timno, Elvo, Etet,

41 Oxolibom, Elox, Pinon,

42 Xanaz, Temon, Mivzar,

43 Maxdiyol va Irom. Edom xalqining ota–bobosi Esov urug`larining nomlari ana shulardir. Har bir urug` o’zi egallagan hududga o’zining nomini bergan.

Yusuf va uning akalari

1 Ishoq vafot etgandan keyin, Yoqub yana Kan`on yurtida — otasi yashagan yurtda o’rnashdi.

2 Yoqubning xonadoni tarixi quyidagichadir:

Yusuf o’n etti yoshga kirganda, ko’pincha o’gay akalari — Bilxax va Zilponing o’g`illari bilan birga otasining qo’y–echkilarini boqqani borar edi. Yusuf akalari qilayotgan ba`zi yomon ishlardan otasini xabardor qilib turar edi.

3 Yoqub Yusufni qarigan chog`ida ko’rgani uchun boshqa o’g`illariga qaraganda ko’proq yaxshi ko’rar edi. Yoqub Yusufga beqasam chopon olib berdi.

4 Akalari ko’rdilarki, otalari Yusufni ulardan ortiq yaxshi ko’rar ekan. Shuning uchun akalari Yusufni yomon ko’rib qoldilar, unga yaxshi gapirmasdilar.

5 Kunlarning birida Yusuf tush ko’rdi. U akalariga tushini aytib berganda, akalari Yusufni battar yomon ko’rib qoldilar.

6 Yusuf akalariga shunday dedi:

— Quloq solinglar, ko’rgan tushimni sizlarga aytib beray.

7 Biz dalada bug`doy bog`layotgan ekanmiz. Birdan mening bog`lamim ko’tarilib, tik turdi. Sizlarning bog`lamlaringiz mening bog`lamimni o’rab olib, ta`zim qilayotgan emish.

8 — Eh–ha, sen hali bizning ustimizdan shoh bo’lmoqchimisan, sen–a?! — deb akalari kinoya bilan undan so’rashdi. Ko’rgan tushini aytib bergani uchun akalari uni yana ham yomon ko’rib qolishgan edi.

9 Keyinroq Yusuf yana tush ko’rdi va tushini akalariga aytib berdi:

— Qaranglar, yana tush ko’ribman. Tushimda quyosh, oy va o’n bitta yulduz menga ta`zim qilib turgan emish.

10 Lekin Yusuf tushini otasi bilan akalariga aytib berganda, otasi unga tanbeh berdi:

— Qanaqa tush ko’rding o’zi?! Men, onang, akalaring sening oldingga kelib, tiz cho’kishimiz kerak ekan–da?!

11 Akalari Yusufga hasad qilishardi. Lekin otasi bu voqeani doimo esida tutdi.

Yusufni akalari sotib yuborishadi

12 Bir kuni Yusufning akalari otalarining qo’y–echkilarini boqish uchun Shakamga ketishdi.

13 Yoqub Yusufga:

— Akalaring Shakamda qo’y–echkilarni boqishyapti, — dedi. — Seni akalaring oldiga yuborsam, degandim.

— Xo’p bo’ladi, otajon, — dedi Yusuf.

14 — Borib bil–chi, akalaring tinch–omon yurishibdimikan, qo’y–echkilarning ahvoli yaxshimikan, — dedi Yoqub, — keyin menga xabarini olib kel.

Shunday qilib, Yoqub Yusufni Xevron vodiysidan yo’lga jo’natdi.

Yusuf Shakamga etib keldi.

15 O`sha atrofda aylanib yurgan edi, bir odam uni ko’rib qoldi.

— Nimani izlab yuribsan? — deb so’radi haligi odam.

16 — Akalarimni izlab yuribman, — dedi Yusuf. — Mabodo bilmaysizmi, qo’y–echkilarni qaerda boqib yurishibdi ekan?

17 — Ular bu erdan ketishgan, — dedi o’sha odam. — Akalaring, Do’tanga boramiz, deb aytganlarini eshitgan edim.

Yusuf akalarini izlab Do’tanga ketdi. Ularni o’sha erdan topdi.

18 Ular uzoqdan Yusufni ko’rishdi. Yusuf kelmasdan oldin, akalari uni o’ldirish uchun fitna tayyorlab qo’ydilar.

19 Ular bir–birlariga:

— Ana, tush ko’ruvchi kelyapti, — deyishdi.

20 — Kelinglar, uni o’ldirib, chuqur sardobaga tashlaymiz. Uni yovvoyi hayvon eb ketdi, deb gap tarqatamiz. O`shanda ko’ramiz uning tushlari haqiqatga aylanishini!

21 Lekin Ruben Yusufni ularning qo’lidan qutqarmoqchi bo’ldi:

— Uning joniga qasd qilmaylik,

22 — dedi Ruben, — qon to’kmaylik. Uni anavi sardobaga tiriklayin tashlab yubora qolaylik. Zinhor unga qo’l tekkizmaylik.

Ruben Yusufni ularning qo’lidan qutqarib, otasi yoniga qaytarmoqchi edi.

23 Shunday qilib, Yusuf etib kelgach, akalari uning beqasam choponini echib oldilar–da,

24 o’zini sardobaga tashlab yubordilar. Sardoba suv saqlash uchun foydalanilardi–yu, o’sha paytda quruq edi.

25 Shundan keyin ular ovqatlanib o’tirishgan edi, uzoqdan shu tomonga kelayotgan tuyalar karvonini ko’rib qolishdi. Karvon Ismoiliy savdogarlari bo’lib, tuyalarga Giladdan xushbo’y ziravorlar, mumiyo, mirra yuklab, Misrga olib ketishayotgan edi.

26 Shunda Yahudo aka–ukalariga dedi:

— Ukamizni o’ldirib, qonini yashirganimiz bilan biror foyda toparmidik?!

27 Yaxshisi, anavi savdogarlarga sotaylik. Shunda uning o’limida javobgar bo’lib qolmaymiz. Nima bo’lganda ham, u ukamiz, jigarimiz–ku!

Hamma aka–ukalari rozi bo’lishdi.

28 Ismoiliy savdogarlari o’tib ketishayotganda, Yusufni akalari sardobadan tortib chiqardilar va uni yigirma bo’lak kumushga sotdilar. Savdogarlar Yusufni Misrga olib ketdilar.

29 Bir payt Ruben sardoba oldiga qaytib kelib qarasa, sardobada Yusuf yo’q. Ruben qayg`udan kiyimlarini yirtdi.

30 U ukalari oldiga qaytib keldi va:

— Bola u erda yo’q! Endi nima qilaman–a! — deb yig`ladi.

31 So’ng ular bir echkini so’yib, Yusufning choponini echkining qoniga botirdilar.

32 Ular beqasam choponni otalariga olib keldilar.

— Mana bu choponni daladan topib oldik. Qarang–chi, bu Yusufning choponimikan yoki yo’qmi?

33 Yoqub Yusufning choponini tanidi.

— Evoh! Bu o’g`limning choponi–ku! Yusuf o’g`limni birorta yovvoyi hayvon egan! O`g`ilginam tilka–pora bo’lgan!

34 Yoqub qayg`udan kiyimlarini yirtib, qanorga o’randi. O`g`li uchun uzoq vaqt aza tutdi.

35 O`g`illari, qizlari unga tasalli berishga harakat qilishardi. Lekin u tasalli topishni istamasdi. “O`liklar diyoriga, o’g`limning oldiga borgunimcha aza tutaman”, deb aytardi. Shunday qilib, Yoqub o’g`liga aza tutaverdi.

36 Shu orada Ismoiliy savdogarlari Yusufni Misrda Po’tifar degan odamga sotishdi. Po’tifar Misr shohi — fir`avnning a`yonlaridan biri — saroy qo’riqchilarining boshlig`i edi.

Yahudo va Tamara

1 Shu orada Yahudo aka–ukalaridan ajralib, alohida bo’ldi va Adullam shahriga ko’chib keldi. U Xirax degan odamga yaqin joyga o’rnashdi. Xirax o’sha erlik edi.

2 Yahudo bu erda Kan`on xalqidan bo’lgan bir qizni uchratib qoldi. Bu qiz Shuvo degan odamning qizi edi. Yahudo o’sha qizga uylandi.

3 O`sha ayol homilador bo’lib, o’g`il tug`di. Yahudo o’g`liga G`ur deb ism qo’ydi.

4 Yahudoning xotini yana homilador bo’lib, ikkinchi o’g`lini tug`di. Bu o’g`liga O`nan deb ism qo’ydi.

5 Yahudoning xotini uchinchi o’g`lini tug`di va unga Shelo deb ism qo’ydi. Bu o’g`li tug`ilganda, Yahudo Xazib shahrida edi.

6 To’ng`ich o’g`li G`ur ulg`aygach, Yahudo uni Tamara degan qizga uylantirdi.

7 Lekin G`ur Egamizning oldida qabihlik qilardi. Oxiri, Egamiz uning jonini oldi.

8 Shundan keyin Yahudo O`nanga aytdi:

— Sen akangning xotiniga uylanib, qaynag`alik burchingni bajar, toki akangga zurriyot qolsin.

9 Lekin O`nan bilardiki, tug`iladigan bola o’ziniki hisoblanmasdi. Shu sababdan O`nan har safar Tamaraning yoniga kirganda, akamga zurriyot qolmasin deb, urug`ini erga to’kardi.

10 O`nan bu qilmishi bilan Egamizning oldida qabihlik qilayotgan edi. Shuning uchun Egamiz O`nanning ham jonini oldi.

11 Shundan keyin Yahudo kelini Tamaraga:

— Otangning uyiga borib turmushga chiqmay, o’tira tur–chi, o’g`lim Shelo ulg`ayib qolar, — dedi. Chunki Yahudo: “Shelo ham akalariga o’xshab o’lib qolmasin”, deb qo’rqqan edi. Shunday qilib, Tamara otasining uyiga qaytib ketdi.

12 Oradan birmuncha vaqt o’tgach, Yahudoning xotini vafot etdi. Yahudo aza muddatini tugatgandan keyin, Adullamlik do’sti Xirax bilan birga qo’ylarining junini qirqayotganlardan xabar olgani Timnax shahriga ketdi.

13 Kimdir Tamaraga: “Qaynatang qo’ylarining junini qirqayotganlardan xabar olgani Timnaxga ketyapti”, deb aytib qoldi.

14 Tamara egnidagi azadorlik liboslarini o’zgartirdi. Yuzini ro’mol bilan berkitib oldi–da, Enayim shahri darvozasi yonida o’tirdi. Bu shahar Timnaxga boradigan yo’lda edi. Yahudoning kichik o’g`li Shelo voyaga etganini Tamara bilardi. Lekin haligacha Tamarani Sheloga olib bermagan edilar.

15 Yahudo Tamarani ko’rib qoldi. Tamara yuzini berkitib olgani uchun, Yahudo: “Bu ayol fohisha bo’lsa kerak”, deb o’yladi.

16 Yahudo yo’l bo’yida o’tirgan Tamaraning oldiga keldi. Bu ayol o’zining kelini ekanini Yahudo bilmagani uchun unga: “Men bilan birga bo’lgin”, deb taklif qildi.

— Siz bilan bo’lsam, evaziga nima berasiz? — deb so’radi Tamara.

17 — Suruvimdan bir uloqcha yuboraman, — dedi Yahudo.

— Uloqchani yuborguningizcha, menga garovga biron narsa qoldirib ketsangiz, — dedi Tamara.

18 — Bo’pti, garovga nima beray? — deb so’radi Yahudo.

— Bo’yningizdagi muhringizni bog`ichi bilan, yana qo’lingizdagi tayog`ingizni, — dedi Tamara.

Shunday qilib, Yahudo o’sha narsalarni Tamaraga berdi. Keyin u bilan bo’ldi. Tamara Yahudodan homilador bo’lib qoldi.

19 Tamara uyiga bordi. Yuzidagi yopinchig`ini olib, azadorlik liboslarini yana kiyib oldi.

20 Yahudo do’sti Xiraxdan: “Mana bu uloqchani olib borib o’sha ayolga ber, men unga bergan garovni qaytarib ol”, deb iltimos qildi. Lekin Xirax u ayolni topa olmadi.

21 Xirax shu erlik odamlardan:

— Mana shu shaharning darvozasi yonida — yo’l chetida bir fohisha o’tirar edi, o’sha fohisha qaerda? — deb so’radi.

— Bu erda hech qanday fohisha yo’q, — deb javob berishdi o’sha odamlar.

22 Xirax Yahudoning oldiga qaytib kelib:

— U ayolni topa olmadim, — dedi, — shahar odamlari ham, bu erda hech qanday fohisha yo’q, deb aytishdi.

23 — Mayli, o’sha narsalarim u ayolga qolaversin, — dedi. — Men unga uloqcha jo’natgandim, sen topa olmading. Aks holda, masxara bo’lardik.

24 Taxminan uch oydan keyin Yahudo: “Kelining Tamara fohisha ekan, homilador bo’lib qolibdi” degan gapni eshitdi.

— Uni shahardan tashqariga olib chiqib yoqib yuboringlar! — deb buyurdi Yahudo.

25 Tamarani olib chiqqanlarida, u qaynatasiga shu xabarni yubordi: “Men mana bu bog`ichi bor muhr va tayoqning egasidan homilador bo’lganman, iltimos, bu narsalarning egasini aniqlasangiz.”

26 Yahudo bu narsalarni tanib, dedi: “Men zimmamdagi majburiyatimni bajarmadim — Tamarani o’g`lim Sheloga olib bermadim, Tamara esa to’g`ri ish qildi.” Shundan keyin Yahudo Tamara bilan boshqa bo’lmadi.

27 Tamaraning ko’zi yoriydigan payt yaqinlashganda, uning qornida egizaklar borligi ma`lum bo’ldi.

28 Tamara tug`ayotganda, egizaklardan biri qo’lini tashqariga chiqardi. Doya: “Bunisi birinchi bo’lib tug`ildi”, deb chaqaloqning qo’liga qizil ip bog`lab qo’ydi.

29 Lekin chaqaloq qo’lini ichkariga tortib olishi bilanoq ikkinchisi tug`ildi. Doya: “Sen yo’lingni o’zing yorib chiqding!” dedi. Shu sababdan unga Paraz deb ism qo’yildi.

30 So’ngra qo’liga qizil ip bog`langan chaqaloq tug`ildi. Unga Zerax deb ism qo’yildi.

Yusuf bilan Po’tifarning xotini

1 Ismoiliy savdogarlari Yusufni Misrga olib kelishgach, uni Misrlik Po’tifar degan bir odamga sotishdi. Po’tifar fir`avnning a`yonlaridan biri bo’lib, qo’riqchilar boshlig`i edi.

2 Egamiz Yusuf bilan birga bo’lib, unga ko’p muvaffaqiyat keltirardi. Yusuf Misrlik xo’jayinining xonadonida xizmat qilib yuraverdi.

3 Po’tifar ko’rdiki, Egamiz Yusuf bilan birga bo’lib, har bir qilgan ishida unga muvaffaqiyat keltiryapti.

4 Shunday qilib, Yusuf xo’jayinining iltifotiga sazovor bo’ldi, xo’jayinining mulozimi bo’lib qoldi. Po’tifar Yusufni o’z xonadoni ustidan nazoratchi qilib, butun mol–mulkini unga ishonib topshirdi.

5 Po’tifar Yusufni nazoratchi qilib tayinlagan kundan boshlab, Egamiz Yusuf tufayli Po’tifarning xonadoni ahliga, uning uyidagi va dalasidagi butun mol–mulkiga baraka beradigan bo’ldi.

6 Buni ko’rgan Po’tifar butun mol–mulkini Yusufning ixtiyoriga topshirdi. Po’tifarning eydigan ovqatidan boshqa hech narsa bilan ishi bo’lmasdi.

Yusuf juda chiroyli, kelishgan yigit edi.

7 Oradan ma`lum vaqt o’tgach, xo’jayinining xotini Yusufga ko’zlarini suzib: “Men bilan birga bo’l”, deb taklif qildi.

8 Lekin Yusuf rad qildi va xo’jayinining xotiniga dedi:

— O`zingiz o’ylab ko’ring, men bu erda bo’lganim uchun, xo’jayinim xonadonidagi hech bir narsa to’g`risida qayg`urmaydi, hamma narsasini mening qo’limga topshirib qo’ydi.

9 Bu xonadonda hech kim mendan katta emas. Sizdan boshqa biror narsani mendan ayamadi. Chunki siz uning xotinisiz. Qanday qilib men shu qadar qabihlik qilib, Xudoga qarshi gunoh qilaman?!

10 Po’tifarning xotini har kuni Yusufga taklif qilsa ham, lekin Yusuf rad qilib, u bilan bo’lmadi.

11 Bir kuni Yusuf o’z ishlarini bajarish uchun uyga kirdi. Uyda xizmatkorlardan birontasi ham yo’q edi.

12 Ayol Yusufning kiyimidan ushlab: “Men bilan bo’l!” dedi. Lekin Yusuf tashqariga qochib chiqib ketdi. Yusufning kiyimi esa ayolning qo’lida qoldi.

13 Ayol ko’rdiki, Yusuf kiyimini uning qo’lida qoldirib, tashqariga qochib chiqib ketdi.

14 Shunda ayol uydagi xizmatkorlarni chaqirdi. Ayol ho’ngrab dedi:

— Qaranglar! Erim manavi ibroniyni bizni tahqirlash uchun olib kelgan ekan! U men bilan yotgani kirgan ekan, ovozim boricha baqirdim.

15 Dodlaganimdan keyin, kiyimini yonimda qoldirib, tashqariga qochib chiqib ketdi.

16 Xo’jayin uyga kelguncha, ayol Yusufning kiyimini o’zida saqlab turdi.

17 Ayol eriga ham o’sha voqeani aytib berdi: “Siz uyimizga olib kelgan anavi ibroniy qulvachcha xonamga kirib, meni tahqirlamoqchi bo’ldi.

18 Men dod solgan edim, u kiyimini yonimda qoldirib, tashqariga qochib chiqib ketdi.”

19 Po’tifar buni eshitgach, g`azablandi.

20 U Yusufni ushlab, shohning mahbuslari saqlanadigan zindonga tashladi. Shunday qilib, Yusuf zindonda qolaverdi.

21 Lekin Egamiz Yusuf bilan birga bo’lib, unga marhamat ko’rsatardi. Natijada zindonboshi Yusufga iltifot qilardi.

22 Zindonboshi zindondagi hamma mahbuslarga qarab turishni Yusufga yuklab qo’ydi, zindonda bo’ladigan hamma ishlarga Yusuf mas`ul edi.

23 Egamiz Yusuf bilan birga bo’lib, uning hamma ishlarida muvaffaqiyat keltirardi. Shuning uchun Yusuf mas`ul bo’lgan ishlarga zindonboshi aralashmasdi.

Yusuf mahbuslarning tushini ta`bir qiladi

1 Bir kuni saroy soqiysi bilan novvoyi Misr fir`avnini qattiq xafa qildilar.

2 Fir`avn bu ikkala a`yonidan — soqiysi bilan novvoyidan g`azablanib,

3 ularni ham Yusuf yotgan zindonga qamatib qo’ydi. Zindon qo’riqchilar boshlig`ining uyida edi.

4 Qo’riqchilar boshlig`i Yusufni soqiy bilan novvoyning xizmatiga qo’ydi. Yusuf ularga xizmat qila boshladi. Ular ancha vaqt zindonda qoldilar.

5 Fir`avnning soqiysi bilan novvoyi zindonda yotar ekanlar, bir kuni kechasi ikkovi ham tush ko’rdilar. Har bir tushning o’ziga xos ma`nosi bor edi.

6 Ertalab Yusuf ularning yoniga keldi. Ularning yuzi g`amgin edi. Yusuf buni payqadi.

7 — Nimaga bugun juda g`amgin ko’rinasizlar? — deb so’radi Yusuf ulardan.

8 — Biz tush ko’rgan edik, bu erda tushimizni ta`birlab beradigan biron kimsa yo’q, — deb javob berishdi ular.

— Tushlarni ta`birlash Xudodandir, — dedi Yusuf. — Marhamat, tushingizni menga ayting–chi.

9 Avval soqiy tushini Yusufga aytib berdi:

— Tushimda tok ko’ribman. Tok oldimda turgan emish.

10 Tokning uchta novdasi bor ekan. Novdalar darrov kurtak otib, meva tugib uzumlar pishibdi.

11 Fir`avnning qadahi qo’limda emish. Men uzumlarni olib, fir`avnning qadahiga uzumning sharbatini siqibman. Keyin qadahni fir`avnning qo’liga beribman.

12 Yusuf unga dedi:

— Tushingizning ta`biri shunday bo’lar: uchta novda — uch kun degani.

13 Uch kun ichida fir`avn sizni zindondan ozod qilib, oldingi mansabingizga qaytaradi: siz yana soqiy bo’lib, ilgarigiday shohga qadah tutasiz.

14 Lekin sizdan bir iltimos: ishlaringiz yaxshi bo’lib ketganda, meni ham eslab qo’ying. Siz menga iltifot ko’rsatib, fir`avnga men to’g`rimda ham eslatib qo’ying: meni zindondan chiqarib olsin.

15 Men aslida ibroniylar yurtidan o’g`irlab keltirilganman. Buning ustiga, yana bu erda zindondaman, lekin hech qanday aybim yo’q.

16 Novvoy qarasa, tushning ta`biri yaxshilikka ekan. U Yusufga dedi:

— Men ham tush ko’ribman. Boshimda uchta non savatni olib ketayotgan emishman.

17 Eng tepadagi savatda fir`avnga atalgan pishiriqlarning har turidan bor ekan. Lekin qushlar uchib kelib, boshimdagi savatdan pishiriqlarni cho’qiyotgan ekan.

18 — Tushingizning ta`biri shunday bo’lar, — dedi Yusuf. — Uchta savat — uch kun degani.

19 Uch kun ichida fir`avn boshingizni tanangizdan judo qilib, tanangizni tik o’rnatilgan xodaning uchiga qoqtiradi. Qushlar tanangizni cho’qib eydi.

20 Oradan uch kun o’tgach, fir`avn tug`ilgan kunida barcha a`yonlariga ziyofat berdi. Soqiysi bilan novvoyini ham zindondan a`yonlari oldiga chaqirtirdi.

21 Fir`avn soqiysini ozod qilib, oldingi mansabiga qaytardi. Shunday qilib, soqiy yana fir`avnga qadah tutadigan bo’ldi.

22 Lekin Yusuf aytganday, fir`avn novvoyning boshini oldirib, jasadini tik o’rnatilgan xodaning uchiga qoqtirdi.

23 Soqiy esa Yusufni eslamadi, uni unutib yubordi.

Yusuf fir`avnning tushini ta`bir qiladi

1 Oradan ikki yil o’tdi. Bir kuni Misr fir`avni tush ko’rdi. Tushida u Nil daryosi bo’yida turgan emish.

2 Bir payt daryodan ettita boqilgan, semiz sigir chiqib, qirg`oqdagi o’tlarni eya boshlabdi.

3 So’ngra daryodan yana ettita sigir chiqibdi. Bu sigirlar juda ham xunuk, oriq ekan. Bular semiz sigirlarning yoniga kelib turibdi.

4 Bir vaqt oriq sigirlar semiz sigirlarni eb qo’yibdi! Shundan keyin fir`avn uyg`onib ketdi.

5 So’ngra u yana uxlab qoldi va boshqa tush ko’rdi. Tushida bitta bug`doy poyasida ettita to’liq, pishgan boshoq o’sgan emish.

6 Keyin o’sha poyada yana ettita boshoq o’sib chiqibdi. Bu boshoqlar sahro shamolida qovjirab, puchayib ketgan ekan.

7 Birdan puchaygan boshoqlar ettita pishgan, to’liq boshoqni yutib yuboribdi!

Fir`avn yana uyg`onib ketdi. Bu tushi ekan.

8 Fir`avn saharda ko’rgan tushini o’ylab, ko’ngli juda g`ash bo’ldi. “Tushim nimadan darak berar ekan”, deb juda xavotirlandi. Shu boisdan Misrdagi jamiki sehrgarlarni va donishmandlarni chaqirtirdi. Fir`avn ularga ko’rgan tushini aytib berdi. Lekin ularning birontasi fir`avnning tushini ta`bir qilib bera olmadi.

9 Shu orada fir`avnning soqiysi so’z oldi:

— Bugun ayblarimni e`tirof etishimga to’g`ri keladi.

10 Janobi oliylari! Siz birmuncha vaqt oldin novvoy bilan mendan g`azablanib, bizni qo’riqchilar boshlig`ining uyidagi zindonga tashlagan edingiz.

11 Novvoy bilan men bir kuni kechasi tush ko’ribmiz. Tushlarimizning o’ziga xos ma`nosi bor edi.

12 Biz bilan zindonda bir ibroniy yigit ham yotgan edi. U qo’riqchilar boshlig`ining xizmatkori edi. Biz o’sha ibroniy yigitga tushimizni aytganimizda, har birimizning tushimizni ta`bir qilib berdi.

13 Hammasi o’sha ibroniy yigit aytganday bo’ldi. Men oldingi mansabimga qaytdim, novvoyni esa tik o’rnatilgan xodaga qoqishdi.

14 Fir`avn Yusufga odam yubordi. Yusuf zudlik bilan zindondan chiqarildi. U soqolini olib, kiyimlarini o’zgartirdi–da, fir`avnning huzuriga keldi.

15 — O`tgan kechasi men tush ko’rdim, — deb gap boshladi fir`avn Yusufga. — Lekin hech kim tushimni ta`bir qilib bera olmadi. Eshitishimcha, sen tushlarni ta`birlay olar ekansan. Shu sababdan seni chaqirtirgan edim.

16 — Janobi oliylari, men o’zim tushingizni ta`birlay olmayman, — deb javob berdi Yusuf. — To’g`ri javobni sizga Xudo beradi.

17 Shundan keyin fir`avn Yusufga tushini aytdi:

— Tushimda Nil daryosi bo’yida turgan emishman.

18 Bir payt daryodan ettita boqilgan, semiz sigir chiqib, qirg`oqdagi o’tlarni eya boshlabdi.

19 So’ngra daryodan yana ettita sigir chiqibdi. Bu sigirlar juda ham xunuk, oriq ekan. Bunaqangi xunuk sigirni butun Misr yurtida ko’rmagan edim.

20 Bir vaqt oriq, xunuk sigirlar daryodan oldin chiqqan semiz sigirlarni eb qo’yibdi.

21 Xunuk sigirlar semiz sigirlarni egandan keyin ham, ular hech narsa emaganday xunukligicha qolaverdilar. Shundan keyin uyg`onib ketibman.

22 So’ngra yana uxlab qolib, boshqa tush ko’ribman. Tushimda bitta bug`doy poyasida ettita to’liq, pishgan boshoq o’sgan emish.

23 Keyin o’sha poyada yana ettita boshoq o’sib chiqibdi. Bu boshoqlar sahro shamolida so’lib, qovjirab, puchayib ketgan ekan.

24 Birdan puchaygan boshoqlar ettita pishgan, to’liq boshoqni yutib yuboribdi! Men tushimni sehrgarlarimga aytgan edim, lekin birontasi ham ma`nosini aytib bera olmadi.

25 — Fir`avn janobi oliylarining ikkala tushining ma`nosi ham birdir, — dedi Yusuf fir`avnga. — Xudo nima qilmoqchi ekanini fir`avnimizga ayon etibdi.

26 Ettita semiz sigir va ettita to’liq boshoq etti yil deganidir, bularning ma`nosi birdir. Shu yillari farovonlik bo’ladi.

27 Ettita ozg`in, xunuk sigir bilan ettita puchaygan boshoq ham etti yil deganidir. Shu yillari qahatchilik bo’ladi.

28 Fir`avn janoblari! Aytganimday, Xudo nima qilmoqchi ekanini sizga ko’rsatibdi.

29 Butun Misr yurtida etti yil davomida hosil nihoyatda mo’l bo’ladi.

30 Lekin shundan keyin etti yil davomida shunday dahshatli qahatchilik bo’ladiki, Misrda oldingi farovonlik yillari unutilib ketadi. Qahatchilik yurtni xarob qiladi.

31 Qahatchilik nihoyatda og`ir bo’lganidan, odamlar xotirasidan farovonlik davri tamomila o’chib ketadi.

32 Fir`avn janoblari ikki marta tush ko’rganlarining ma`nosi shuki, bu ish muqarrar yuz berishini Xudo ta`kidlayapti, Xudo buni yaqin orada amalga oshiradi.

33 Shuning uchun, fir`avn janoblari, siz aql–idrokli, dono bir odamni tanlab olib, Misr yurti ustidan tayinlang.

34 Yana yurt ustidan nazoratchilar tayin qiling. O`sha nazoratchilar hosildor etti yil davomida Misr yurtidagi butun hosilning beshdan bir qismini olsinlar.

35 Ularga farmon bering: farovonlik yillari davomida ular don g`amlashsin, sizning nazoratingiz ostida shaharlarda don yig`ib, qo’riqlashsin.

36 Shu yo’l bilan etti yil qahatchilik davrida oziq–ovqat bo’lishi uchun don g`amlanib turadi. Aks holda, qahatchilik, shubhasiz, yurtni xarob qiladi, butun xalq halok bo’ladi.

Yusuf Misr hokimi bo’ladi

37 Yusufning maslahati fir`avnga ham, uning barcha a`yonlariga ham juda ma`qul keldi.

38 Fir`avn a`yonlariga: “Biz Yusufdan boshqa Xudoning Ruhi boshqaradigan birorta odamni topa olarmidik”, deb aytdi.

39 Shu boisdan Yusufga:

— Xudo bularning hammasini senga ayon qilgan ekan, bu yurtda eng aql–idrokli, dono odam sensan, — dedi.

40 — Men seni o’zimga vazir qilib tayinlayman, butun xalqim sening buyrug`ingga itoat etadi. Men sendan faqat taxtim bilan ustunman, xolos.

41 Fir`avn yana Yusufga:

— Mana, seni butun Misr yurti ustidan hokim qilib tayinladim, — dedi.

42 So’ng fir`avn o’zining muhr uzugini barmog`idan chiqarib, Yusufning barmog`iga taqib qo’ydi. U Yusufga shohona liboslar kiydirib, bo’yniga oltin zanjir taqib qo’ydi.

43 Fir`avn Yusufga o’ng qo’l vazir sifatida izvoshini ham taqdim qildi. Yusuf qaerga bormasin, odamlarga: “Tiz cho’kinglar!” degan buyruq berilardi. Shunday qilib, fir`avn Yusufni butun Misr yurti ustidan hokim qildi.

44 Fir`avn Yusufga yana shunday dedi:

— Fir`avn men bo’lsam ham, butun Misr yurtida biron kimsa sening ijozatingsiz hatto miq etolmaydi.

45 Fir`avn Yusufga Zofnat–Paniyox deb ism qo’ydi va On shahri ruhoniysi Po’tiferoning qizi Osanatni olib berdi. Shunday qilib, Yusuf butun Misr yurtida hokim bo’lib qoldi.

46 Yusuf Misr fir`avni xizmatiga kirgan paytda, o’ttiz yoshda edi. Yusuf fir`avn saroyidan chiqib, butun Misr yurtini kezib chiqardi.

47 Etti yil farovonlik davrida er mo’l–ko’l hosil berdi.

48 Shu yillar davomida Yusuf Misrda etishtirilgan hosildan bir qismini olib, shaharlarda don g`amladi. Xususan, har bir shahar atrofidagi dalalardan o’sha shaharga don yig`ilardi.

49 Yusuf shunchalik ko’p don g`amladiki, dengizdagi qumdek ko’p edi. Shuning uchun donni o’lchamay qo’ydi. Don behisob darajada ko’p edi.

50 Qahatchilik yillari boshlanishidan oldin, Yusufga xotini Osanat ikki o’g`il tug`ib berdi.

51 Yusuf: “Qayg`ularimni va otam xonadonini Xudo esimdan chiqardi”, deb to’ng`ich o’g`lining ismini Manashe qo’ydi.

52 Ikkinchi o’g`lining ismini Efrayim qo’ydi. “Chunki, — dedi Yusuf, — men azob–uqubat tortgan yurtda Xudo meni barakali qildi.”

53 Nihoyat, hosildor etti yil ham tugadi.

54 Yusuf ta`bir qilganday, etti yillik qahatchilik boshlandi. Atrofdagi hamma yurtlarda don tanqis bo’lib, Misr yurtidagina non bor edi.

55 Oxiri, Misr yurtida ham ocharchilik boshlandi. Misr xalqi non so’rab fir`avnga yolvordi. Fir`avn esa xalqqa: “Yusufga boringlar, u nima desa, shuni qilinglar”, dedi.

56 Qahatchilik kuchayib, butun yurtga yoyilgach, Yusuf hamma omborxonalarning eshiklarini ochib, Misrliklarga don sota boshladi.

57 Butun dunyo bo’ylab qahatchilik kuchayib borar, shuning uchun atrofdagi yurtlarning xalqlari Yusufdan don sotib olgani Misrga kelishardi.

Yusufning akalari don sotib olgani Misrga kelishadi

1 Yoqub: “Misrda don bor ekan”, deb eshitgach, o’g`illariga dedi:

— Bir–birlaringizga termulib o’tiraverasizlarmi?

2 Misrda don bor ekan, deb eshitdim. Boringlar, o’zimizga don sotib olib kelinglar, tag`in ochlikdan o’lib ketmaylik.

3 Shunday qilib, Yusufning o’nta akasi ham don sotib olgani Misrga ketishdi.

4 Lekin Yoqub Yusufning ukasi Benyaminni o’g`illari bilan birga yubormadi. “Benyamin ham biror falokatga yo’liqmasin”, deb qo’rqardi.

5 Shunday qilib, Yoqubning o’g`illari don sotib olgani kelgan boshqa odamlar bilan birga Misrga kelishdi. Chunki Kan`on yurtida ham ocharchilik boshlangan edi.

6 Yusuf bu paytda butun Misr ustidan hokim bo’lgani uchun yurt xalqiga don sotar edi. Yusufning akalari kelib, boshlari erga tekkuday bo’lib, unga ta`zim qilishdi.

7 Yusuf akalarini ko’riboq, darrov tanidi. Lekin Yusuf ularga xuddi notanishlarday muomala qildi:

— Qaerdan keldingiz? — deb dag`allik bilan so’radi Yusuf ulardan.

— Kan`on yurtidan, don sotib olgani keldik, — deb javob berishdi ular.

8 Yusuf akalarini tanigan bo’lsa ham, akalari Yusufni tanimadilar.

9 Yusuf akalari to’g`risida ancha yillar oldin ko’rgan tushlarini esladi. Yusuf ularga:

— Sizlar josussizlar! — dedi. — Sizlar bu yurtning zaif tomonlarini bilish uchun kelgansizlar.

10 — Yo’q, hazrati oliylari! Bu qullaringiz faqat don sotib olgani kelishgan! — deb javob berdilar akalari.

11 — Biz hammamiz bir odamning farzandlarimiz, to’g`ri odamlarmiz. Bu qullaringiz hech qachon josuslik qilishmagan!

12 — Yo’q! Sizlar bu yurtning zaif tomonlarini bilish uchun kelgansizlar! — dedi Yusuf.

13 — Biz, qullaringiz, o’n ikki aka–ukamiz, otamiz Kan`on yurtida, — deyishdi ular. — Eng kichik ukamiz u erda otamiz bilan qoldi. Bitta ukamiz esa nobud bo’lgan.

14 — Sizlar josussizlar dedimmi, josussizlar! — deya gapida turib oldi Yusuf.

15 — Endi aytganlaringizni tekshirib ko’raman. Fir`avnning nomini o’rtaga qo’yib qasam ichamanki, agar eng kichik ukangiz bu erga kelmasa, sizlar Misrdan ketmaysizlar.

16 Sizlardan bittangiz borib, ukangizni olib kelasiz, qolganlaringiz zindonda yotib turasizlar. Aytganlaringiz to’g`rimi, yo’qmi, tekshiriladi. Agar to’g`ri bo’lmasa, fir`avnning nomini o’rtaga qo’yib qasam ichamanki, sizlar, shubhasiz, josus bo’lib chiqasizlar.

17 Yusuf ularning hammasini uch kun zindonga qamab qo’ydi.

18 Uchinchi kuni Yusuf ularga dedi:

— Men Xudodan qo’rqadigan odamman. Agar mening aytganlarimni qilsangiz, tirik qolasizlar.

19 Agar to’g`ri odamlar bo’lsangizlar, bittangiz zindonda qolasiz, qolganlaringiz esa och qolgan oilalaringiz uchun don olib, uylaringizga ketishlaringiz mumkin.

20 Kichik ukangizni mening oldimga olib kelasizlar. Shu yo’l bilan sizlarning so’zlaringizni tekshirib ko’raman. Gaplaringiz to’g`ri bo’lsa, sizlarga shafqat qilaman.

Hammalari bu gapga rozi bo’lishdi.

21 Ular bir–birlariga gapira boshladilar: “Mana, ukamizga nima qilgan bo’lsak, endi jazosini tortyapmiz. U qanchalar azoblanganini ko’zimiz bilan ko’rib, yolvorishlarini eshitganimizda ham, quloq solmagan edik. Shu sababdan bu azoblar o’zimizning boshimizga ham keldi.”

22 Shunda Ruben ularga dedi:

— Bolaga zarar etkazmanglar, deb aytmaganmidim?! Lekin sizlar gapimga quloq solmadingiz. Mana endi uning qoni bizni tutadi.

23 Yusuf shu erda turgan edi. Akalari: “Gapimizni mana bu odam tushunadi” deb xayollariga ham keltirmasdilar. Chunki Yusuf akalari bilan tilmoch orqali gaplashardi.

24 Yusuf akalarining oldidan ketib, yig`ladi. Bir oz o’zini bosib olgach, qaytib kelib, ular bilan gaplashdi. So’ng ularning orasidan Shimo’nni ajratib oldi va ularning ko’zi oldida bog`latdi.

Yusufning akalari Kan`onga qaytishadi

25 Shundan keyin Yusuf xizmatkorlariga shunday buyruq berdi: “Bu odamlarning qoplarini donga to’ldirib beringlar. Har birining kumushlarini qopiga qaytarib solib qo’yinglar, ularga yo’l uchun kerakli oziq–ovqat beringlar.” Hammasi Yusuf buyurganday bo’ldi.

26 Aka–ukalar donlarni eshaklariga yuklab, yo’lga tushdilar.

27 Kechasi bir joyda tunagani to’xtadilar. Ulardan biri qopini ochib, eshagiga em olmoqchi bo’lgan edi, qarasa, qop ichida kumushlari turibdi!

28 U aka–ukalariga: “Voy, qaranglar! Mana kumushlarim! Qopimning ichida ekan!” deb hayratlandi. Shunda ularning yuraklari qinidan chiqquday bo’lib qaltirab, bir–birlariga: “Endi Xudo boshimizga nima solyapti ekan–a?!” der edilar.

29 Ular Kan`on yurtiga — otalari huzuriga qaytib kelganlaridan keyin, boshlaridan o’tgan hamma voqealarni unga aytib berdilar:

30 — O`sha yurtning hokimi biz bilan juda qo’pol gaplashdi, bizni, josussizlar, dedi.

31 Lekin biz to’g`ri odam ekanimizni, josus emasligimizni aytdik.

32 Unga: “Biz o’n ikki aka–ukamiz, bitta otaning farzandlarimiz, bitta ukamiz nobud bo’lgan, eng kichik ukamiz otamiz bilan Kan`onda qolgan”, deb aytdik.

33 Keyin o’sha yurtning hokimi bizga aytdi: “Sizlar to’g`ri odamlar ekaningizni tekshirib ko’raman. Bittangiz men bilan qolasiz, boshqalaringiz esa och qolgan oilalaringiz uchun don olib ketaverasizlar.

34 Eng kichik ukangizni mening oldimga olib kelasizlar. Ana shunda sizlar josus emas, balki to’g`ri odam ekaningizni bilib olaman. So’ngra mana bu tug`ishganingizni sizlar bilan birga jo’natib yuboraman. Sizlar don sotib olgani tez–tez kelib turaverasizlar.”

35 Ular qoplarini bo’shatayotganlarida, qarasalar, hammasining qopi ichida tugunchada kumushlari turibdi. Ota–bolalar tugunchalardagi kumushlarni ko’rganlarida, vahimaga tushdilar.

36 Shunda Yoqub o’g`illariga aytdi:

— Meni hamma bolalarimdan judo qilmoqchimisizlar? Yusuf yo’qoldi, Shimo’n ham yo’q, endi esa Benyaminni olib ketmoqchisizlar! Peshanam buncha sho’r bo’lmasa!

37 Ruben otasiga dedi:

— Agar Benyaminni sizga qaytarib olib kelmasam, mayli, mening ikkala o’g`limni o’ldiravering! Benyaminni menga ishonib topshiring, o’zingizga qaytarib olib kelib beraman.

38 — O`g`lim sizlar bilan birga bormaydi, — dedi Yoqub. — Akasi Yusuf o’lgan, o’zi yolg`iz qoldi. Yo’lda u biror falokatga yo’liqishi mumkin. Qariganimda meni qayg`udan o’liklar diyoriga kiritasizlar.

Yusufning akalari Benyaminni Misrga olib kelishadi

1 Kan`on yurtida qahatchilik haddan ortiq kuchaydi.

2 Yoqubning o’g`illari Misrdan olib kelgan donni eb tugatishdi. Shundan keyin Yoqub o’g`illariga:

— Yana borib, bir oz don sotib olib kelinglar, — dedi.

3 Yahudo otasiga shunday dedi:

— O`sha odam, ukangizni olib kelmagunlaringizcha, ko’zimga ko’rinmanglar, deb bizni ogohlantirgan.

4 Agar ukamizni biz bilan birga jo’natsangiz, borib, sizga don sotib olib kelardik.

5 Lekin Benyaminni yubormasangiz, biz ham bormaymiz. Chunki o’sha odam, ukangizni olib kelmasangiz, ko’zimga ko’rinmanglar, deb aytgan.

6 Yoqub:

— Nimaga o’sha odamga, yana ukamiz bor, deb boshimga balo orttirdingiz?! — deb zorlandi.

7 Ular shunday javob berdilar:

— U odam: “Otangiz hayotmi? Boshqa ukangiz ham bormi?” deb o’zimiz, oilamiz to’g`risida so’rab–surishtirdi. Biz uning savollariga javob berdik. “Ukangizni mening oldimga olib kelinglar”, deb aytishini qaerdan bilibmiz?!

8 Yahudo otasiga dedi:

— Ukamizni men bilan jo’nating, endi yo’lga chiqaylik, toki sizu biz, bolalarimiz ochlikdan o’lmay, tirik qolaylik.

9 Unga men o’zim kafil bo’laman, u uchun meni mas`ul deb bilavering. Agar uni qaytarib olib kelib qo’lingizga topshirmasam, umr bo’yi sizning oldingizda aybdor bo’lib qolay.

10 Agar orqaga surmaganimizda edi, hozirgacha ikki marta borib kelgan bo’lardik.

11 Nihoyat, Yoqub o’g`illariga dedi:

— Boshqa iloji yo’q ekan, endi bunday qilinglar: yurtimizning noz–ne`matlaridan qoplaringizga solinglar. Bir oz mumiyo, asal, xushbo’y ziravorlar, mirra, pista, bodom ham olib, o’sha odamga hadya qilib olib boringlar.

12 O`tgan safar qoplaringizga kumushlarni solib qaytarib yuborishgan edi, shuning uchun kumushni ikki barobar ko’p olinglar. Kimdir adashgan bo’lishi mumkin.

13 Ukangizni ham olinglar–u, hoziroq o’sha odamning oldiga jo’nanglar.

14 O`sha odam bolalarimga rahm qilsin, deb Qodir Xudoga iltijo qilaman, toki u Shimo’n bilan Benyaminni qaytarib yuborsin. Agarda farzandlarimdan judo bo’ladigan bo’lsam, mayli, bo’la qolay.

15 Shunday qilib, ular har xil hadyalar, ikki barobar ko’p kumush oldilar–da, Benyaminni ham ergashtirib, Misrga shoshildilar. Misrga etib kelib, Yusufning huzuriga kirdilar.

16 Yusuf ularning yonida Benyaminni ham ko’rdi va qulboshisiga buyurdi: “Bu odamlarni uyga olib bor, bironta jonliq so’yib, tayyorgarlik ko’r. Ular tushlikni men bilan birga eydilar.”

17 Qulboshi Yusuf aytganday qildi: aka–ukalarni Yusufning uyiga olib ketdi.

18 Qulboshi aka–ukalarni Yusufning uyiga olib kelgani uchun, ular juda qo’rqib ketishdi. Ular bir–biriga dedilar: “O`tgan safar qoplarimizga kumushlarimizni qaytarib solib qo’yishgan edi. Shu sababdan qulboshi bizni bu erga olib kelgan. Endi u bizni o’g`rilikda ayblaydi. Bizni ushlab, qul qilib oladi, eshaklarimizni ham tortib oladi.”

19 Yusufning darvozasi oldida aka–ukalar qulboshiga aytdilar:

20 — Kechirasiz, hazrat, biz o’tgan safar ham don sotib olgani kelgan edik.

21 Uyga qaytib ketayotganimizda, tunda dam olgani bir joyda to’xtab, qoplarimizni ochdik. Don sotib olganimizda to’lagan kumushimizning hammasi qoplarimizning ichida ekan. Mana, o’sha kumushlarni qaytarib olib keldik.

22 Biz yana don sotib olgani qo’shimcha kumush olib keldik. Kim u kumushlarni qoplarimizga solib qo’ygan ekan, bilmaymiz.

23 — Xotirjam bo’linglar, — dedi Yusufning qulboshisi, — bu to’g`rida xavotir olmanglar. Don sotib olishga keltirgan kumushlaringizning hammasini men olgan edim. Xudoyingiz — otangizning Xudosi qoplaringizga xazina solib qo’ygan bo’lsa kerak.

So’ng qulboshi Shimo’nni ularning oldiga olib keldi.

24 Qulboshi aka–ukalarni Yusufning uyiga olib kelgandan keyin, ularga suv berdi. Aka–ukalar oyoqlarini yuvib olishdi. Qulboshi ularning eshaklariga ham em berdi.

25 Aka–ukalarga, Yusuf hazrati oliylari bilan birga tushlik qilasizlar, deb aytishdi. Shuning uchun Yusuf kelguncha, ular hadyalarini tayyorlab qo’ydilar.

26 Yusuf uyga kelgach, ular hadyalarini Yusufga berib, muk tushib ta`zim qilishdi.

27 Yusuf ulardan hol–ahvol so’radi.

— Otangizning ahvollari qalay? Keksa otamiz bor, deb aytgan edingiz. U hozir ham hayotmi?

28 — Qulingiz — otamiz yaxshi yuribdilar, hozir hayotlar, — deb javob berishdi aka–ukalar. So’ng ular Yusufga egilib ta`zim qilishdi.

29 Yusuf tug`ishgan ukasi Benyaminni ko’rib, ulardan so’radi:

— Kenja ukamiz bor, deb aytgan edingiz. Shu bola ukangizmi? Xudo senga marhamat qilsin, o’g`lim!

30 Yusuf shunday deb, ukasiga mehri tovlanib ketganidan yig`lab yuboray derdi. Shuning uchun Yusuf darrov ichkari xonaga chiqdi–yu, u erda yig`lab yubordi.

31 Bir ozdan keyin Yusuf yuzini yuvib, o’zini qo’lga oldi va aka–ukalarining oldiga qaytib kirdi. “Taomlar keltirilsin!” deb buyruq berdi.

32 Yusufga alohida dasturxonda, aka–ukalariga esa boshqa dasturxonda taomlar tortildi. Yusufnikidagi Misrliklar esa alohida dasturxonda taom eyishdi. Misrliklar ibroniylar bilan dasturxon atrofida birga o’tirib ovqat eyishdan hazar qilishar edi.

33 Yusuf har bir akasiga qaysi joyda o’tirishini ko’rsatdi. Har birini yoshi bo’yicha, katta–kichikligiga qarab o’tqazdi. Aka–ukalar bir–birlariga taajjub bilan qarab qo’ydilar.

34 Aka–ukalarga taomlarni Yusufning dasturxonidan tarqatishdi. Benyaminga berilgan taom boshqa akalarinikiga qaraganda besh hissa ko’p edi. Aka–ukalar taomni eb, Yusuf bilan birga may ichib, xushnud bo’ldilar.

Yo’qolgan qadah

1 Aka–ukalar ketishga tayyorlanishdi. Yusuf qulboshisiga shunday ko’rsatma berdi: “Bu odamlarning qoplarini ko’tara oladigan qilib donga to’ldir. Har birining qopiga kumushlarini qaytarib solib qo’y.

2 Kenjasining qopi ichiga esa kumushlari bilan birga mening kumush qadahimni ham solib qo’y.” Qulboshi hammasini Yusuf aytganday qildi.

3 Ertasiga tong yorishishi bilanoq, aka–ukalarni yuk ortilgan eshaklari bilan jo’natib yuborishdi.

4 Ular hali shahardan uncha uzoqlashmagan ham edilarki, Yusuf qulboshisiga buyurdi:

— Bor, anavi odamlarning izidan tush. Ularga etib olganingdan keyin shunday deb ayt: “Nimaga yaxshilikka yomonlik qildingiz?

5 Xo’jayinimning kumush qadahini o’g`irlaganingiz nimasi? Xo’jayinim undan ichimlik ichish uchun, fol ochish uchun foydalanardi, axir! Qanday yomon ish qilib qo’yibsizlar–a!”

6 Qulboshi aka–ukalarga etib olib, o’rgatilgan gaplarni aytdi.

7 — Nimaga bunday gaplarni gapiryapsiz?! — deb javob qaytarishdi ular. — Xudo saqlasin! Bu qullaringiz unaqa ish qilmaydi!

8 O`zingiz o’ylang, qoplarimizdan topib olgan kumushlarni Kan`ondan sizga qaytarib olib keldik–ku. Shunday ekan, biz xo’jayiningizning uyidan kumush yoki oltin o’g`irlarmidik?!

9 Agar o’sha narsa biz, qullaringizdan topilsa, mayli, o’sha odam o’ldirilsin. Qolganlarimiz hazrati oliylariga qul bo’laylik.

10 — Mayli, men roziman, sizlar aytgancha bo’la qolsin, — dedi qulboshi. — Kumush qadah kimdan topilsa, u menga qul bo’ladi. Qolganlaringiz esa ozod bo’lasizlar.

11 So’ngra har biri tezda eshaklari ustidan qoplarini olib, ochdilar.

12 Yusufning qulboshisi to’ng`ichining qopidan boshlab kenjasining qopigacha titib chiqdi. Qadah Benyaminning qopidan chiqib qolsa bo’ladimi!

13 Ular umidsizlikka tushib, qayg`udan kiyimlarini yirtdilar. Eshaklariga yana yuklarini ortib, orqaga — shaharga qaytib keldilar.

14 Yahudo va aka–ukalar Yusufning uyiga kelishdi. Yusuf hali uyida ekan. Aka–ukalar Yusufning oldida o’zlarini erga otdilar.

15 — Bu qilganingiz nimasi? — deb so’roqqa tutdi Yusuf ularni. — Menday bir odam fol ochib bilib olishimni bilmasmidingiz?!

16 — Janobi oliylariga nima ham derdik? Xudo bu qullaringizning qilgan jinoyatlarini fosh qildi. Endi o’zimizni qanday himoya qila olardik?! Qanday qilib o’zimizni oqlardik?! Janobi oliylari! Sizning qadahingiz ukamizning qopidan topilgan ekan, endi ukamiz bilan birga biz, hammamiz, sizga qul bo’lishga tayyormiz.

17 — Yo’q, Xudo saqlasin! Hecham bunday qilmayman! — dedi Yusuf. — Faqat qadahni o’g`irlagan odamgina menga qul bo’ladi. Qolganlaringiz esa eson–omon otangizning oldiga qaytinglar.

Yahudo Benyamin uchun yolvoradi

18 Shunda Yahudo Yusufga yaqinroq kelib dedi:

— Janobi oliylari! O`zingiz fir`avn kabisiz. Siz, janoblariga men bir og`iz so’z aytsam, g`azablanmang.

19 Siz bizdan: “Otangiz yoki ukangiz bormi?” deb so’ragan edingiz.

20 Biz shunday deb javob berdik: “Ha, qari otamiz va kenja ukamiz ham bor, otamiz uni keksayganda ko’rgan. Uning akasi esa o’lgan, onasidan bir o’zi yolg`iz qolgan. Otamiz uni juda yaxshi ko’radi.”

21 Keyin siz biz, qullaringizga: “O`sha ukangizni mening oldimga olib kelinglar, uni o’zim ko’rayin–chi”, dedingiz.

22 Biz esa sizga: “Bola otasini tashlab kela olmaydi, agar tashlab kelsa, otasi o’lib qolishi mumkin”, deb aytdik.

23 Keyin siz bizga: “Ukangizni olib kelmagunlaringizcha, ko’zimga ko’rinmanglar”, dedingiz.

24 Qulingiz — otamizning huzuriga qaytib borganimizda, sizning gaplaringizni unga aytdik.

25 Vaqti kelib, otamiz bizga: “Yana borib, o’zimizga bir oz don sotib olib kelinglar”, dedi.

26 Lekin biz otamizga aytdikki: “O`zimiz bora olmaymiz, agar kenja ukamiz biz bilan birga ketsagina, bora olamiz, ukamiz bormaguncha, biz o’sha odamning ko’ziga ko’rina olmaymiz.”

27 Shunda otamiz bizga dedi: “Bilasizlarki, xotinim Rohiladan ikki o’g`il qolgan edi.

28 Biridan ayrildim, uni shubhasiz, yirtqich hayvon tilka–pora qilib tashlagan. Uni o’shandan keyin ko’rmadim.

29 Agar bunisini ham mendan olib ketsangiz, u biror falokatga yo’liqib qolsa, qariganimda meni qayg`udan o’liklar diyoriga kiritasizlar.”

30 Endi, janobi oliylari, men otamning oldiga bu bolani tashlab bora olmayman. Otamizning umri bu bolaning hayotiga bog`liq.

31 Bola biz bilan yo’qligini otamiz ko’rgandan keyin, u o’lib qoladi. Biz esa keksa otamizni qayg`udan o’liklar diyoriga tiqamiz.

32 Men, qulingiz, mana shu bola uchun otamga kafil bo’lganman. Otamga: “Agar uni qo’lingizga qaytarib olib kelib topshirmasam, umr bo’yi sizning oldingizda aybdor bo’lib qolay”, deb aytganman.

33 Iltimos qilaman, janobi oliylari, shu bolaning o’rniga men sizga qul bo’lib qolay, rad etmang. Bola akalari bilan birga qaytib ketaversin.

34 Agar bola men bilan birga ketmasa, otamning oldiga qaysi yuz bilan qaytib boraman?! Otamning boshiga tushadigan kulfatlarga qarab turishga bardosh berolmayman.

Yusuf aka–ukalariga o’zini tanitadi

1 Endi Yusuf ortiq chidab tura olmadi. U xizmatkorlariga: “Hamma huzurimdan chiqsin!” deb buyurdi. Yusuf o’zini aka–ukalariga tanitganda, huzurida hech kim qolmagan edi.

2 U shunday qattiq yig`ladiki, xonadonidagi Misrliklar eshitdi. Bu yangilik tezda fir`avnning saroyiga etib bordi.

3 — Men Yusufman! — dedi u aka–ukalariga. — Otam hali ham hayot ekan–da?

Lekin aka–ukalar Yusufning qarshisida dahshatga tushib, javob berishga tillari ojiz edi.

4 — Menga yaqinroq kelinglar! — dedi Yusuf. Aka–ukalari unga yaqinroq borishdi.

— Men Yusufman! — dedi u yana, — sizlar Misrga sotgan ukangizman!

5 Meni bu erga sotganingizdan g`am chekmanglar, o’zlaringizdan xafa ham bo’lmanglar. Xudo shunday qildi. Xudo insonlar hayotini saqlab qolish uchun sizlardan oldin meni bu erga jo’natgan ekan.

6 Ikki yildirki, yurtda qahatchilik. Yana besh yil bu yurtda na er haydaladi, na hosil bo’ladi.

7 Xudo ana shunday g`aroyib yo’l bilan sizlarni va naslingizni qutqarib, omon qoldirish uchun sizlardan oldin meni yubordi.

8 Ha, meni bu erga sizlar emas, Xudo yuborgan! Xudo meni fir`avnga maslahatchi, uning butun xonadoniga xo’jayin, Misr yurti ustidan hokim qildi.

9 Tez bo’linglar, otamning oldiga qaytib borib, unga shunday deb aytinglar: “O`g`lingiz Yusufni Xudo butun Misr ustidan hokim qilibdi. Kechiktirmay yo’lga otlaning.

10 Siz Go’shen erlariga o’rnashar ekansiz. O`zingiz, bolalaringiz, nabiralaringiz, qo’y–echkilaringiz, podalaringiz — hamma mol–mulkingiz bilan birga Yusufga yaqin joyda bo’lasiz.

11 Sizga Yusuf qarab turar ekan. Hali oldimizda besh yil qahatchilik turibdi. O`zingiz ham, xonadoningiz ham och qolmas ekan, chorvangiz ham och qolmas ekan.”

12 O`zlaringiz ko’rib turibsizlar, ukam Benyamin, sen ham ko’rib turibsan, sizlarga bu gaplarni aytayotgan men Yusufman.

13 Misrda men qanchalik shon–shuhratga erishganimni, o’z ko’zlaringiz bilan ko’rganingizni otamga aytinglar. Otamni tezlik bilan mening oldimga olib kelinglar.

14 Yusuf ukasi Benyaminni quchoqlab, bo’yniga osilib, xursandligidan yig`lar, Benyamin ham yig`lar edi.

15 So’ng Yusuf yig`laganicha, akalarini birma–bir quchoqlab o’pdi. Endi akalari Yusuf bilan bemalol gaplasha boshladilar.

16 “Yusufning aka–ukalari kelibdi!” degan xabar tezda fir`avn saroyiga etib bordi. Fir`avn va uning a`yonlari g`oyatda xursand bo’ldilar.

17 Fir`avn Yusufga dedi:

— Aka–ukalaringga ayt, yuklarini ulovlariga ortib, Kan`onga qaytishsin.

18 Otangni, bola–chaqalarini olib, Misrga qaytib kelishsin. Men ularga yurtning eng yaxshi erlarini beray. Ular bu erda to’kin–sochinlikda yashaydilar.

19 Ularga ayt, Misrdan aravalar olib ketishsin. Xotinlarini, bolalarini, otangni o’sha aravalarda bu erga olib kelishadi.

20 Qolib ketgan mol–mulklariga achinishmasin. Misrning eng yaxshi noz–ne`matlari ularnikidir.

21 Yoqubning o’g`illari aytilganday qildilar: fir`avnning ko’rsatmasiga binoan, Yusuf ularga aravalar berdi. Shuningdek, ularga yo’l uchun oziq–ovqat ham g`amlab berdi.

22 Yusuf akalarining har biriga bir sidradan yangi kiyim–bosh, Benyaminga esa besh sidra kiyim–bosh va uch yuz bo’lak kumush berdi.

23 Otamga deb o’nta eshakka Misrning eng yaxshi noz–ne`matlaridan, o’nta eshakka don, otasi uchun yo’lda egani oziq–ovqat yuklab jo’natdi.

24 Yusuf aka–ukalarini yo’lga kuzatib qo’ydi. Ular yo’lga chiqayotganlarida Yusuf: “Yo’lda janjallashib yurmanglar”, dedi.

25 Shunday qilib, ular Misrdan Kan`on yurtiga — otalari huzuriga qaytib keldilar.

26 “Yusuf tirik ekan! U butun Misr yurtining hokimi ekan!” deb aytishdi o’g`illari. Yoqub bu yangilikdan hang–mang bo’lib qoldi, o’g`illarining gapiga ishonmadi.

27 Lekin o’g`illari Yoqubga Yusufning hamma gaplarini aytib bo’lib, “Otamni Misrga olib kelinglar”, deb Yusuf yuborgan aravalarni ko’rganda, Yoqubning ruhi tetiklashdi.

28 — Xudoga shukur, o’g`lim Yusuf tirik ekan, menga shuning o’zi kifoya, — dedi Yoqub, — o’lmasimdan burun borib uni ko’rib qolay.

Yoqub va uning oilasi Misrga ko’chadi

1 Shunday qilib, Yoqub butun mol–mulkini olib, yo’lga chiqdi. U Bershebaga etib kelib, otasi Ishoqning Xudosiga qurbonliklar qildi.

2 Tunda Xudodan Yoqubga vahiy keldi:

— Yoqub! Yoqub!

— Labbay! — dedi u.

3 — Men Xudoman, otangning Xudosiman, — dedi Xudo. — Qo’rqmasdan Misrga boraver, Men u erda sendan buyuk xalq yarataman.

4 Men sen bilan birga Misrga boraman. Sen Yusufning qo’lida jon berasan. Vaqti kelib, Sening naslingni O`zim Misrdan olib chiqaman.

5 So’ngra Yoqub Bershebadan ketdi. O`g`illar otasini, bolalarini, xotinlarini fir`avn yuborgan aravalarga o’tqazdilar.

6 Ular Kan`onda orttirgan chorvasini, hamma mol–mulkini olib, Misrga ketdilar. Yoqub va uning hamma oila a`zolari

7 — o’g`illari, qizlari va nabiralari ketdilar.

8-9 Misrga ketgan Isroil xalqi, ya`ni Yoqub naslining ismlari quyidagichadir:

Yoqubning Leaxdan ko’rgan nasli

Yoqubning to’ng`ich o’g`li Ruben va uning o’g`illari — Xano’x, Palluv, Xazron va Karmi.

10 Shimo’n va uning o’g`illari — Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zo’xar va Shovul. (Shovulning onasi Kan`onlik edi.)

11 Levi va uning o’g`illari — Gershon, Qohot, Marori.

12 Yahudo va uning o’g`illari — G`ur, O`nan, Shelo, Paraz va Zerax. (Lekin G`ur va O`nan Kan`on yurtida vafot etgan edilar.)

Paraz va uning o’g`illari — Xazron va Xomul.

13 Issaxor va uning o’g`illari — To’lo, Puvax, Yoshuv va Shimron.

14 Zabulun va uning o’g`illari — Sared, Elo’n va Yaxliyol.

15 Leaxning bu o’g`illari va qizi Dina Paddon–Oramda tug`ilgan edilar. Yoqubning Leaxdan tarqalgan nasli jami bo’lib o’ttiz uch kishi edi.

Leaxning cho’risi Zilpodan Yoqubning ko’rgan nasli

16 Gad va uning o’g`illari — Zafo’n, Xagi, Shuno, Ezbo’n, Eri, Aro’d va Erali.

17 Osher va uning o’g`illari — Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Bularning Serax degan singillari ham bor edi. Bariyoning o’g`illari — Xaber va Malxiyol.

18 Zilpo Yoqubga tug`ib bergan nasl ana shulardir. Ular hammasi bo’lib o’n olti kishi edi. Lobon Zilponi qizi Leaxga cho’ri qilib bergan edi.

Yoqubning Rohiladan ko’rgan nasli

19 Yoqubning xotini Rohila tuqqan o’g`illar — Yusuf bilan Benyamin.

20 Yusuf Misr yurtida ikki o’g`il — Manashe va Efrayimni ko’rdi. Yusufning xotini Osanat On shahrining ruhoniysi Po’tiferoning qizi edi.

21 Benyamin o’g`illari — Belax, Boxir, Oshbol, Gera, No’`mon, Exi, Ro’sh, Mupim, Xupim va Ard.

22 Yoqubning Rohiladan tarqalgan nasli ana shulardir. Ular hammasi bo’lib o’n to’rt kishi edi.

Rohilaning cho’risi Bilxaxdan Yoqubning ko’rgan nasli

23 Dan va uning o’g`li — Xushim.

24 Naftali va uning o’g`illari — Yaxziyol, Go’no, Izar va Shillem.

25 Yoqubning Bilxaxdan tarqalgan nasli ana shulardir. Bilxaxni Lobon qizi Rohilaga cho’ri qilib bergan edi. Hammasi bo’lib etti kishi edi.

26 Yoqub bilan birga Misrga kelgan uning nasli hammasi bo’lib oltmish olti kishi edi. Kelinlari bu hisobga kirmasdi.

27 Yusuf Misrda ikki o’g`il ko’rgan edi. Shunday qilib, Yoqub xonadonidan Misrga kelganlar hammasi bo’lib etmish kishi edi.

Yoqub va uning xonadoni Misrda

28 Yoqub Yahudoni Yusufning oldiga: “Bizni Go’shen erlarida kutib ol” degan xabar bilan o’zlaridan oldin jo’natdi. Ular Go’shenga etib kelganlarida,

29 Yusuf aravasini qo’shib, otasini kutib olish uchun Go’shenga bordi. Yusuf otasini ko’rishi bilanoq, uni quchoqlab, bo’yniga osilib, uzoq yig`ladi.

30 Yoqub Yusufga:

— Tirik ekaningni ko’zlarim bilan ko’rdim, endi o’lsam ham armonim yo’q, — dedi.

31 Yusuf aka–ukalariga, otasi xonadonining qolgan ahliga dedi:

— Men borib, fir`avnga: “Kan`on yurtidan aka–ukalarim, otamning qolgan oila a`zolari mening oldimga kelishdi”, deb xabar berayin.

32 Men fir`avnga yana: “Ular cho’pon, chorvadorlik bilan shug`ullanishadi, mol–qo’ylarini, bor mulkini olib kelishibdi”, deb aytayin.

33 Fir`avn sizlarni chaqirib: “Kasb–koringiz nima?” deb so’rab qolsa,

34 unga: “Biz, qullaringiz, yoshligimizdan hozirgacha cho’ponlik bilan mashg`ulmiz, ota–bobolarimiz ham cho’pon bo’lib o’tishgan”, deb aytinglar. Toki Go’shen erlariga o’rnashib olishlaringizga u ijozat bersin. Chunki Misrliklar cho’ponlardan hazar qilishadi.

1-2 Yusuf akalaridan beshtasini fir`avn huzuriga olib borib, unga shunday dedi: “Mening otam bilan aka–ukalarim mol–qo’ylarini, butun mulkini olib, Kan`on yurtidan kelishdi. Ular hozir Go’shen erlarida.” So’ng Yusuf akalarini fir`avnga tanishtirdi.

3 Fir`avn ulardan:

— Kasb–koringiz nima? — deb so’radi.

— Biz, qullaringizning kasbi cho’pon, ota–bobolarimiz ham cho’pon o’tishgan, — deb javob berishdi ular fir`avnga.

4 — Biz, Misrda istiqomat qilib tursak, deb keldik. Chunki qo’y–echkilarimiz uchun Kan`onda yaylov yo’q, u erda og`ir qahatchilik. Siz, janobi oliylaridan iltimosimiz shuki, biz, qullaringizga, Go’shen erlarida istiqomat qilib turishimiz uchun ijozat bersangiz.

5 Shunda fir`avn Yusufga dedi:

— Otang, aka–ukalaring sening oldingga kelishgan ekan,

6 ana, Misr yurti ularniki. Ularni yurtning eng yaxshi eriga — Go’shen erlariga joylashtir. Agar ularning orasida uddaburonlari bo’lsa, mening chorvamni ham ularga topshirib qo’y.

7 So’ng Yusuf otasi Yoqubni boshlab kelib, fir`avn huzuriga olib kirdi. Yoqub fir`avnni duo qildi.

8 — Yoshingiz nechada? — deb so’radi fir`avn Yoqubdan.

9 — Bir yuz o’ttiz yildan beri bu dunyoda mehmonman, — dedi Yoqub fir`avnga. — Ota–bobolarim ham bu dunyodan mehmon bo’lib o’tdilar. Lekin mening hayotim tez va qiyinchilik bilan kechdi, men hali ota–bobolarim yoshiga etmadim.

10 Shundan keyin Yoqub fir`avnni yana duo qilib, uning huzuridan chiqdi.

11 Fir`avn amr berganday, Yusuf otasini, akalarini Misrdagi eng yaxshi erlarga — Ramzes shahri yaqinidagi erlarga joylashtirdi.

12 Yusuf otasini, aka–ukalarini, otasining jamiki xonadoni ahlini, ularning soniga qarab, oziq–ovqat bilan ta`minladi.

Qahatchilik

13 Qahatchilik tobora kuchayib boraverdi. Qahatchilik Misr va Kan`on yurtini xarob qildi.

14 Yusuf donni kumushga almashtirib, Misrdagi va Kan`ondagi bor kumushlarni yig`ib oldi. U kumushlarni fir`avnning xazinasiga olib kelib to’playverdi.

15 Misr va Kan`on xalqlari kumushlarini sarf qilib bo’ldi. Hamma Misrliklar Yusufning huzuriga kelishardi. “Kumushlarimiz tugadi, lekin bizga don bersinlar! Janoblarining ko’z o’ngilarida o’lib ketmaylik!” deb yalinishardi.

16 Yusuf esa ularga: “Agar kumushlaringiz tugagan bo’lsa, mol–holingizni olib kelinglar, evaziga don beraman”, deb javob qilardi.

17 Shunday qilib, ular chorvasini Yusufga olib kelishardi. Yusuf ularning otlarini, qo’y–echkilarini, podalarini, eshaklarini olib, evaziga don berardi. O`sha yili Yusuf ularning chorvasini olib, evaziga egulik berdi.

18 Kelgusi yili ular yana Yusufning huzuriga kelib, hasrat qilishdi: “Biz janobi oliylaridan yashirib nima ham qilardik: kumushlarimiz tugagan, mol–qo’ylarimiz o’zlariniki bo’ldi. Janobi oliylariga tanamizu erimizdan tashqari beradigan narsamiz qolmadi.

19 Janoblarining ko’zi oldida o’zimiz ham, erimiz ham nobud bo’lib ketmasin. O`zimizni ham, erlarimizni ham sotib olib, evaziga don bersinlar. Biz erlarimizni fir`avnga berib, o’zimiz unga qul bo’lishga tayyormiz. Hoziroq bizga don–dun bersalar, toki o’lmay tirik qolaylik, erlarimiz tashlandiq bo’lib qolmasin.”

20 Shunday qilib, Yusuf Misrdagi jamiki erlarni fir`avn uchun sotib oldi. Qahatchilik nihoyatda kuchayganidan, hamma Misrliklar dalalarini Yusufga sotdilar. Ularning hamma erlari fir`avnniki bo’lib qoldi.

21 Shu tariqa Misrning bu chetidan u chetigacha bo’lgan butun xalq fir`avnga qul bo’lib qoldi.

22 Yusuf faqat ruhoniylarning erlarinigina sotib olmadi. Chunki ularga fir`avn tomonidan oziq–ovqat tayinlangan bo’lib, erlarini sotishlariga zarurat yo’q edi.

23 Shundan so’ng Yusuf xalqqa aytdi:

— O`zlaringiz ham, erlaringiz ham endi fir`avnniki. Mana sizlarga urug`, dalaga ekinglar.

24 Hosilni yig`ib olganlaringizda, beshdan birini fir`avnga berasizlar, beshdan to’rt qismi o’zlaringizniki bo’ladi, kelgusi yil hosili uchun urug`lik qilasizlar, bola–chaqalaringiz bilan eb, tirikchilik qilasizlar.

25 — Siz bizga iltifot ko’rsatdingiz, siz bizning hayotimizni saqlab qoldingiz, janobi oliylari! — deb aytdi xalq. — Shuning uchun biz fir`avnga qul bo’lamiz.

26 Fir`avn hosilning beshdan birini oladigan bo’ldi. Yusuf buni butun Misr yurti bo’ylab qonun qilib qo’ydi. Bu qonun bugungacha bor. Faqat ruhoniylarning erlarigina fir`avnning mulki bo’lmadi, xolos.

Yoqubning oxirgi vasiyati

27 Shunday qilib, Yoqub nasli Misrning Go’shen erlariga o’rnashib qoldi. Yoqub nasli u erda mulk orttirdi, aholisi ko’payib bordi.

28 Yoqub Misr yurtida 17 yil yashadi. U 147 yil umr ko’rdi.

29 Yoqubning umri oxirlab qoldi. U o’g`li Yusufni chaqirib shunday dedi:

— Agar mendan rozi bo’lsang, qo’lingni sonim ostiga qo’yib, “Sizning vasiyatingizni bajaraman”, deb qasam ich. Oxirgi vasiyatim shuki, meni Misrda dafn qilmagin.

30 Bu olamdan o’tganimdan keyin, jasadimni Misrdan olib ketib, ota–bobolarimning xilxonasiga dafn qil.

Yusuf: “Aytganingizday qilaman”, deb va`da berdi.

31 Yoqub: “Mening oldimda qasam ich”, deb talab qildi. Yusuf qasam ichdi. Yoqub o’z to’shagi ustida sajda qildi.

Yoqub Efrayim bilan Manasheni duo qiladi

1 Bir kuni Yusufga: “Otangiz kasal” degan xabar etib keldi. Yusuf ikkala o’g`lini — Manashe bilan Efrayimni yoniga olib, otasining huzuriga bordi.

2 Yoqub Yusufning kelganini eshitgach, kuchini yig`ib, to’shagiga o’tirdi.

3 Yoqub Yusufga dedi:

— Qodir Xudo Kan`on yurtidagi Luz shahrida menga zohir bo’lgan va marhamat ko’rsatib,

4 shunday degan edi: “Men seni barakali qilib, naslingni ko’paytiraman. Men sendan ko’p xalqlarni yarataman. Bu erni sendan keyin naslingga abadiy mulk qilib beraman.”

5 Men Misrga kelmasimdan avval Efrayim bilan Manashe bu erda tug`ilgan edilar. Shu ikkala o’g`ling endi mening o’g`illarimdir. Ruben va Shimo’n menga qanday o’g`il bo’lsa, sening ikkala o’g`ling ham mening o’g`illarim bo’ladi.

6 Efrayim bilan Manashedan keyin tug`iladigan o’g`illaring esa o’zingniki bo’ladi. Tug`iladigan o’g`illaringga Efrayim va Manashega qarashli erlardan meros berilsin.

7 Buni shu sababdan qilyapmanki, men Paddondan qaytib kelayotganimda, afsuski, onang Rohila Kan`on yurtida — Efratga etib bormasdan yo’lda olamdan o’tgan edi. Men uni o’sha erda — Efratga boradigan yo’l bo’yida dafn qilganman. (Efrat hozir Baytlahm deb yuritiladi.)

8-10 Bu paytga kelib Yoqubning ko’zlari keksalikdan xiralashgan, yaxshi ko’rmas edi. Yoqub Yusufning o’g`illarini ko’rganda, “Bular kimlar?” deb so’radi.

— Bular Xudo shu erda menga bergan o’g`illarim, — deb javob berdi Yusuf.

— Menga yaqinroq olib kelgin ularni, duo qilayin.

Yusuf o’g`illarini otasiga yaqinroq olib bordi. Yoqub bolalarni bag`riga bosib, o’pdi.

11 Yoqub Yusufga dedi:

— Men seni hech qachon ko’rmayman, deb o’ylagan edim. Ammo Xudo sening bolalaringni ham ko’rishni nasib etdi.

12 Yusuf bolalarni otasining tizzasidan oldi va otasiga muk tushib ta`zim qildi.

13 Yusuf o’ng qo’li bilan Efrayimni ushlab, Yoqubning chap tomoniga, chap qo’li bilan Manasheni ushlab, Yoqubning o’ng tomoniga yaqinroq olib keldi.

14 Lekin Yoqub qo’llarini chalishtirdi–yu, o’ng qo’lini kenja o’g`il Efrayimning boshiga, chap qo’lini to’ng`ich o’g`il Manashening boshiga qo’ydi.

15 So’ngra Yusufni duo qildi:

“Ota–bobolarim Ibrohim va Ishoqqa yo’l ko’rsatgan Xudo,

Umrim bo’yi mening cho’ponim bo’lgan Xudo,

16 Barcha ofatlardan meni saqlagan farishta

Bu bolalarga ham marhamat ko’rsatsin.

Mening nomim, bobom Ibrohim, otam Ishoqning nomi

Shu bolalar orqali yashasin, er yuzida ular lak–lak ko’paysin.”

17 Lekin otasi o’ng qo’lini Efrayimning boshiga qo’ygani Yusufga yoqmadi. Shuning uchun otasining o’ng qo’lini Efrayimning boshidan Manashening boshiga olib qo’ymoqchi bo’ldi.

18 — Bunday emas, ota, — dedi Yusuf, — bunisi to’ng`ichi, o’ng qo’lingizni uning boshiga qo’ying.

19 Lekin otasi rozi bo’lmadi:

— Bilaman, o’g`lim, bilaman. Manashening nasli ham buyuk xalq bo’ladi. Lekin Efrayimning avlodi, Manashenikiga qaraganda, yanada buyuk bo’lib, Efrayimning avlodidan ko’p xalqlar kelib chiqadi.

20 Yoqub o’sha kuni Efrayim bilan Manasheni shunday deb duo qildi:

“Isroil xalqi sizlarning nomingizni aytar bir–birini duo qilganda,

Efrayim va Manasheday qilsin seni Xudo, deb aytganlarida.”

Shunday qilib, Yoqub Efrayimni Manashedan yuqori qo’ydi.

21 Shundan keyin Yoqub Yusufga dedi:

— Mening umrim oxirlab boryapti. Lekin Xudo sizlar bilan birga bo’ladi, sizlarni ota–bobolaringizning eriga yana qaytarib olib boradi.

22 Shakamni esa akalaringga emas, senga beryapman. Bu hosildor erlarni men qilichu kamonim bilan Amor xalqlaridan tortib olganman.

Yoqubning so’nggi so’zlari

1 Yoqub o’g`illarini huzuriga chorlab dedi: “Yonimga kelinglar, kelgusida sizlarga nima bo’lishini aytay.

2 Keling, quloq soling, ey Yoqub o’g`illari,

Eshiting otangiz Isroilning so’zlarini.

3 Ruben, sensan mening to’ng`ichim,

Quvvatimning ilk mevasi, ham qudratim,

Shuhratu qudratda yuksagi sensan.

4 Lekin dengiz to’lqiniday betizginsan,

Bundan keyin aslo ustun bo’lmaysan.

Otangning yotog`iga sen kirding,

To’shagimga chiqib, uni bulg`ading.

5 Shimo’n bilan Levi hamtovoqlardir,

Qilichlari jabr–jafo qurolidir.

6 Hech qachon sherik bo’lmasman ularning fitnalariga,

Aslo qo’shilmasman ularning yig`inlariga.

Ular g`azab ila o’ldirdilar insonlarni,

Rohatlanish uchun mayib qildilar ho’kizlarni.

7 La`nat bo’lsin ularning rahmsiz g`azabiga,

La`nat bo’lsin ularning beayov zulmlariga!

Tarqatib yuboraman ularni har tomonga,

Yoqubning yurtida — Isroilning yurtida.

8 Ey Yahudo, seni madh etar birodarlaring,

G`animlaring gardanida bo’lar qo’llaring.

Senga ta`zim qilishar otangning o’g`illari.

9 Yahudo sherning bolasiga o’xshar,

O`g`lim, ovdan qaytib kelding sen,

Sherdek cho’kib, cho’zilib yotarsan.

Seni uyg`otmoqqa kim jur`at etar?!

10 Yahudoning qo’lidan ketmas saltanat hassasi,

Uning naslida qolar saltanat tamg`asi,

Xalqlar unga o’lpon keltirarlar,

Unga itoat etib ta`zim qilarlar.

11 Eshagini u doim bog`laydi tokka,

Xo’tikchani — tok novdasiga.

Sharobda yuvadi kiyimlarini

A`lo sharobda — ko’ylaklarini.

12 Sharobdan ham qora ko’zlari,

Sutdan ham oppoq tishlari.

13 Zabulun o’rnashadi dengiz bo’yida,

Kemalarga u bandargoh bo’lajak.

Uning chegarasi Sidongacha borajak.

14 Issaxor qo’rada o’rnashib yotgan

Kuchli eshakka o’xshar.

15 Ko’rsaki, o’rnashgan eri naqadar yaxshi,

Juda yoqimli ekan bu joylar.

Yukni ko’tarmak chun elkasin tutdi,

Og`ir mehnatga u qul bo’lib qoldi.

16 Isroil qabilasining bittasi bo’lib,

Dan o’z xalqini hukm qiladi.

17 Dan yo’lda yotgan bir ilon bo’ladi,

So’qmoqda cho’zilib yotgan zaharli ilon.

Otlarning to’pig`ini u chaqib olar,

Chavandoz yiqilar, chalqancha tushar.

18 Sendan najot kutarman, ey Egam!

19 Gadni talab ketadi bosqinchilar,

Gad ularning izidan bostirib borar.

20 Osher tansiq taom etishtirar,

Shohona noz–ne`matlar tayyorlar.

21 Naftali ozod yurgan ohuga o’xshar,

Ajoyib ohuchalar dunyoga keltirar.

22 Yusuf o’xshar serhosil tokka —

Buloq bo’yidagi serhosil uzumga.

Uning novdalari devordan oshib o’tar.

23 Rahmsiz kamonkashlar unga hujum qilishdi,

O`q otishdi unga, qattiq siqishdi.

24 Lekin Yusufning kamoni tarang tortildi,

Uning qo’llari ham chaqqonlashdi

Yoqubning qudratli Xudosi kuchi tufayli,

Isroilning Cho’poni, Qoyasi tufayli.

25 Otangning Xudosi senga madad bergay,

Qodir Xudo senga marhamat ko’rsatgay

Yuqoridagi osmon barakalari ila,

Er qa`ridan chiqqan suvning barakalari ila,

Ona ko’kragiyu pushtining barakasi ila.

26 Abadiy tog`lar barakasidan ham,

Qadim tepaliklar ne`matidan ham,

Otangning duolari kuchlidir.

Bu barakalar Yusufga nasib etar,

Birodarlari ichra u yo’lboshchi bo’lar.

27 Benyamin och bo’riga o’xshar,

Sabohda u o’ljasini yamlab yutar,

Oqshomda u topganini bo’lishar.”

28 Isroilning o’n ikki qabilasi ana shular bo’lib, otasi ularni duo qilganda, yuqoridagi so’zlarni aytgan edi. Har birini o’ziga loyiq tarzda duo qildi.

Yoqub vafot etib, dafn qilinadi

29 Shundan so’ng Yoqub o’g`illariga vasiyat qildi:

— Mening kunim bitib boryapti. Meni Xet xalqidan Efro’nning dalasidagi g`orga — ota–bobolarim yoniga dafn qilinglar.

30 O`sha g`or Kan`on yurtida, Mamre sharqida joylashgan Maxpaladagi dalada. Bobom Ibrohim bu dalani Efro’ndan qabriston uchun sotib olgan.

31 U erga bobom Ibrohim bilan buvim Sora dafn qilingan. Otam Ishoq bilan onam Rivqo ham u erga dafn qilingan. U erga men Leaxni dafn qilganman.

32 Bobom Ibrohim Xet xalqidan sotib olgan g`or o’shadir.

33 Yoqub o’g`illariga vasiyat qilib bo’lgach, yana to’shagiga yotdi–yu, joni uzilib, ota–bobolari yoniga ketdi.

1 Yusuf o’zini otasining ustiga tashlab, yig`laganicha, uni o’pdi.

2 Yusuf qo’l ostidagi tabiblarga: “Otamning jasadini mumiyolanglar!” deb amr berdi. Tabiblar Yoqubning jasadini mumiyolashdi.

3 Ular bu ish uchun qirq kun vaqt sarf qildilar. Chunki mumiyolash uchun shuncha vaqt talab qilinar edi. Misrliklar Yoqub uchun etmish kun aza tutishdi.

4 Aza muddati tugagach, Yusuf fir`avnning a`yonlari huzuriga kelib, dedi:

— Agar men sizlarning iltifotingizga sazovor bo’lsam, fir`avn janobi oliylariga shu gaplarni etkazsangizlar:5 “Otam menga qasam ichirib, olamdan o’tganimdan keyin, jasadimni Kan`on yurtiga olib borib, o’zim uchun men qazigan qabrga dafn qil, deb aytgan. Endi otamni dafn qilgani borishimga ijozat bersalar. Otamni dafn qilganimdan keyin qaytib kelaman.”

6 — Mayli, boraver, — deb ijozat berdi fir`avn, — qasamni ado qilib, otangni dafn qilib kel.

7 Shunday qilib, Yusuf otasini dafn qilgani jo’nadi. Fir`avnning hamma a`yonlari — saroyidagi amaldorlar, Misr yurtidagi barcha amaldorlar Yusuf bilan birga ketishdi.

8 Shuningdek, Yusufning barcha oila a`zolari, aka–ukalari, otasining qolgan xonadoni ahli ham Yusuf bilan birga ketishdi. Faqat ularning bolalari, qo’y–echkilari, podalari Go’shen erlarida qoldirildi.

9 G`oyat katta jamoa Yusufga hamroh bo’ldi. U bilan bir talay aravakashlar va jang aravalari ham ketdi.

10 Ular Iordan daryosi sharqidagi Otad degan xirmonga etib keldilar. U erda uzoq vaqt og`ir ta`ziya marosimi o’tkazdilar. Shunday qilib, Yusuf otasi uchun etti kun aza marosimi o’tkazdi.

11 Kan`on xalqlari bu erdagi aza marosimini ko’rib: “Misrliklar qanday og`ir aza marosimi o’tkazyaptilar–a!” deb aytdilar. Shuning uchun bu joyga Ovil–Misrayim deb nom qo’ydilar.

12 Shunday qilib, Yoqub o’g`illariga qanday vasiyat qilgan bo’lsa, o’g`illari otalarining vasiyatini to’la–to’kis bajardilar.

13 Ular otalarining jasadini Kan`on yurtiga olib kelib, Maxpaladagi dalada joylashgan g`orga dafn qildilar. Ibrohim o’z oilasiga qabriston uchun Xet xalqidan bo’lgan Efro’ndan sotib olgan Mamre sharqidagi g`or shudir.

14 Yusuf otasini dafn qilgandan keyin, aka–ukalarini, otasini dafn qilgani birga kelgan hamrohlarini ergashtirib Misrga qaytdi.

Yusuf akalariga tasalli beradi

15 Otalari vafot etgandan keyin, Yusufning akalari: “Biz Yusufga yomonlik qilgan edik, endi u o’sha yomonliklarimiz uchun kek saqlab yurgan bo’lsa, bizdan o’ch oladi”, deb qo’rqa boshladilar.

16 Shuning uchun ular Yusufga shunday xabar yubordilar: “Otamiz vafotidan oldin bizga,

17 Yusufning huzuriga borib aytinglar, men undan o’tinaman, sizlar unga qarshi qilgan og`ir jinoyatlaringizni unutsin, deb aytgan edilar. Iltimos qilamiz, otang Xudosining bu qullari qilgan jinoyatlarni unutgin.” Yusuf shu xabarni eshitganda, yig`lab yubordi.

18 Keyin akalari ham kelib: “Biz sening qullaringmiz”, deb Yusufning oyoqlariga yiqildilar.

19 Lekin Yusuf akalariga:

— Qo’rqmanglar, men sizlarni hukm qilib, jazolaydigan Xudo emasman–ku! — dedi.

20 — Sizlar menga ravo ko’rgan yomonlikni Xudo yaxshilikka ishlatdi. Son–sanoqsiz odamlarni saqlab qolish uchun U meni shu erga olib keldi.

21 Shuning uchun qo’rqmanglar, men o’zlaringizni ham, bola–chaqalaringizni ham boqaman.

Yusuf akalariga muloyim gapirib, ularga tasalli berdi.

Yusuf vafot etadi

22 Shunday qilib, Yusuf, uning aka–ukalari, ularning oilalari Misrda yashab qoldilar. Yusuf 110 yil umr ko’rdi.

23 Yusuf Efrayimning nevara–chevaralarini ham ko’rdi. Manashening o’g`li Moxirning bolalari tug`ilganda, Yusuf hayot edi. Yusuf bu bolalarni ham farzandlari qatoriga qabul qildi.

24 “Mening umrim oxirlab boryapti, — dedi Yusuf aka–ukalariga. — Lekin Xudo sizlarni kuzatib turadi, sizlarni bu yurtdan olib chiqib, Ibrohim, Ishoq va Yoqubga beraman, deb qasam ichgan yurtga qaytarib olib boradi.”

25 So’ng Yusuf Isroil urug`lariga qasam ichdirib: “Xudo sizlarning oldingizga kelganda, sizlar mening suyaklarimni bu erdan olib ketinglar”, — dedi.

26 Yusuf 110 yil yashab, olamdan o’tdi. Uning jasadini mumiyolab, Misrda bir tobutga soldilar.