• 24.04.2015 at 23:36 #303
    Javob
    Mar’uf

    Mening hayotimda guvohliklar judayam kop hammasi katta kitobga sigmasayam kerak hullas eng kichkinarogini sizlarga hikoya qiliib beraman. Bir necha yil oldin ish bilan boshqa bir tumanga bordim. Qishning qoq ortasi bolgani uchun yollar juda qattiq muzlagan yurish qiyin bolgandi hamma joy yaxmalak bolib tezlik 30-40 dan oshib bolmasdi. Meni mashinamda ikki yaqin dostlarim ham bor va bizlar uyimizdan chamasi 45kilometr uzoqlikda ehtiyotsizlik oqibatida avtohalokatga uchradik. Mashina muzlagan joyda 3-4marta aylanib yoldan 10metrcha ongda bolgan zovurga tushib ketdi. Biz malum muddat nima bolganini bilmadik va mashinadan chiqdik Bir ikki joyimiz shilinib ketganini hisobga olmaganda soppa -sog edik. Shu holatda katta yolga chiqdik qish bolganiligi sababli yana kechki 10dan otgandi mashinalar kam edi. Afsuski osha kam mashinalar ham tohtashni istamadi va biz shu holda 45kmni piyoda bosib otdik hamma ust boshimiz shalobbo edi. Uyga kelganimizda soat birdan otgan edi Bizlarni ilhaq bolib uyda kutib otirishardilar. Bolgan voqiyalarni aytib isinib oldik ovqatlanib. Uydagilar bilan ibodat qildik sog ekanligimizga meni quvontirgan yana bir sabab Hudo bizni hamma taraflama asrab saqlagandi osha kunlari chunki 3kishi hech birimiz hatto biroz shabodalab kasal ham bolmadik. Ertasiga borib mashinani chiqarib olganimizda unga ham deyarli hech narsa bolmagan edi. Bu meni hayotimda Hudo qilayotgan ishlardan bittasi halos u meni har kunning har soniyasida panohida saqlaydi. Boshqalarda qanday bilmadim lekin men usiz hayotimni tassavvur qilolmayman. Oylaymanki Hudo faqat menga emas unga umid qilgan ishongan hammani asraydi.

    29.04.2015 at 22:00 #308
    Javob
    sardik

    Salom azizlar dostimiz yozgan guvohlik bir qarashda oddiy bir hikoyaga oxshaydi lekin menga tasir qildi. Bu real narsalar Hudo Kalomida aniq aytgan » Agar hohlamasam boshingizdagi bir tola ham sochingiz ham tokilmaydi» Haqiqatdan ham Hudo biz uchun haqiqiy panoh unga ishonganlar uyatga qolmaydi. Men ozimda ham Hudo bunday ulkan ishlarini eshitganimda yoki aynan guvohi bolganimda uni naqadar buyuk ekanligi qudratiga taslim bolaman. Ha azizlar bugun vaqti uning oldiga kelishga bugun osha zarur deb bilgan dunyo ishlaridan tohtash vaqti, Hudoga murojat qilib unga topshirish vaqti ojiz ekanligimizni unga muhtoj ekanligimizni aytish vaqti. Doim aytilgan bundan keyin ham aytiladigan gap ertaga kech bolishi mumkin. Azizlar bir ajoyib soz bor har bir odam shaxs sifatida Hudo uchun juda qadrli va muhim. Demak siz muhimsiz.

    07.05.2015 at 15:49 #313
    Javob
    Kamolhon

    Salom sayt ijodkorlari ozgarishlarishlar juda kattaku avval kirganimda boshqacha edi ishlar bilan bolib kirmaganimga ham ancha bolgandi. guvohliklarni oqib meni ozim bir voqiyani aytib bermoqchi edim. Bir kuni kochada ketayotsam bir kayfi juda baland usti bir axvol bolgan kishi tohtatdi, u bilan sorashdim u pul soradi va shunda u bilan suhbatlasha boshladim. Bir paytlar yaxshigina puldor kishi bolgani uni hamma qadrlagani bugun esa bu axvolda hech kim nazar pisand qilmasligi ancha dardli hikoya edi. Men shunda unga dostimiz Sardik aytganidek Hudo uchun qadrli ekanligi hozir ham Qalbi Hudo uchun muhim ekanligi haqida unga aytdim. U kishi rosa yegladi, gunohlari hatolarini etirof etdi. Menimcha u qalbdan yeglagandi oshanda. Keyin osha kishini boshqa kormadim. Bu bilan eiborli bolishga chaqirmoqchi edim chunki fursat ganimat.

    23.07.2015 at 22:20 #336
    Javob
    Nasimbek

    Yaxshi hulosa qilib organsa boladigan guvohliklar ekan hayotlaringiz bundanda ajoyib guvohliklarga tola bolsin hurmat bilan Nasimbek

    02.08.2015 at 21:41 #347
    Javob
    Sardik

    Salom qadrli Nasimbek togri aytasiz yuqorida yozilgan guvohliklar juda ornak boladigan qiziqarli. Aynan siz nimani organdingiz shu ham qiziq albatta fikrlaringizni qoldirsangiz yanayam zor boladi. Oldindan rahmat

    11.11.2015 at 10:31 #428
    Javob
    Shokir

    Ma’rufjon, guvohligingiz uchun katta rahmat. Xudoyim sizni o’z panohida asrasin.

    23.11.2015 at 12:14 #441
    Javob
    Shokir

    Bugun yangi kun. Kuningizni Xudoyim barakalasin. Bugungi kuningiz sevgiga va najotga to’lsin.

    29.02.2016 at 23:16 #654
    Javob
    Laziza

    Kuni kecha dogonamni hursand qilay deb, bozorga shaylandi. Xudo dogonamga xursand qilish kerakligini qalbimga soldi. Shunda nima sovg’a qilsam ekan deb ko’p o’yladim. Va nohoyat topdim. Ammo uydagi bor pulimni hisoblasam, o’ylagan sovg’aga etmaydi. Shunda nima qilishni bilmadim va Xudoga iltoji qildim.
    Rabbim Iso, men dugonamni xursand qilishni istayman. ammo o’ylagan sovg’amga pulim etmadi. Xudo nima qilishim kerak, balki boshqa sovg’a olishim kerakdir, deb so’radim. Shunda Xudo menga, borib qizil kurtkangni cho’ntagini qara dedi. Men bo’lsam, Xudo u erda pul yo’q chunki men kurtkani cho’ntagini kecha qaradim dedim. Shunda Xudo yana, tur borib qizil kurtkangni cho’ntagini qara dedi. Men o’rnimdan tudim va qizil kurtkamni cho’ntagini qaragan edim, hayron qoldim. Men bir kun oldim kurkamni cho’ntagini qaraganimda pul yo’q edi. Xudo aytganidan keyin qaragan edim, u erda pul turibdi. Juda hayron qoldim. Xudo hamma narsaga qodir.
    Xudo bizni nimaga muhtojligimizni oldindan biladi. Rabbimiz Isoga shon sharaflar bo’lsin! Omin

    03.03.2016 at 23:48 #665
    Javob
    Jamila

    Biz ko’pgina hollarda pulimiz etmasa qarz olishni o’rganib qolganmiz. Ammo Laziza sizni guvohligingiz meni o’ylantirib qo’ydi. Xudo sizni barakalasin.

    05.03.2016 at 23:53 #673
    Javob
    Tohir

    Laziza ajoyib guvohlik. Man uchun katta dalda bo’ldi. Xudo sizni barakalasin.

    08.03.2016 at 17:33 #681
    Javob
    Madina

    Salom Laziza opa. Ajoyib guvohlik uchun katta raxmat.

    09.03.2016 at 10:58 #684
    Javob
    Karim

    Madina opa, sizda ham guvohliklar bormi? Agar bo’lsa bo’lishing bizlar bilan. Bu bilan boshqa opasingillarga yordam bergan bo’lar edingiz.

    14.03.2016 at 22:06 #693
    Javob
    Madina

    Salom Karim aka. Xa albatta bo’lishaman. Sizdan ham bo’lsin!

    23.03.2016 at 21:17 #713
    Javob
    Jahon

    Men xali imonga kelmasimdan oldin, juda ham qattiq so’kinar va boshqalarni turli hil so’zlar bilan xaqorat qilar edim. Bu men uchun odatiy hol bo’lib qolgandi. Ammo men Iso Masihni qabul qilganimdan so’ng esa, Xudo meni so’kinishdan va og’zimdan yomon so’zlar chiqishidan ozod qildi. Menga Injilni o’qiganimda Yoqub 3:3-6 oyat juda ham qattiq ta’sir qildi.
    Bizga itoat etishi uchun otlarning og`izlariga suvluq solib, ularning butun vujudini boshqaramiz. 4Mana, kemalar ham, qancha ulkan bo`lmasin va kuchli shamollar bilan yurmasin, kemachining ko`ngli qaerni istasa, juda kichik bir rul` bilan boshqara oladi. 5Til ham xuddi shunday badanning kichkina bir uzvidir, ammo u ko`p lof uradi.
    Qara, kichik bir uchqun naqadar katta o`rmonni yondirib yuboradi! 6Til – bir olov, uzvlarimiz orasida bir buzg`unchi dunyo! U butun vujudimizni bulg`aydi. U jahannamdan alangalanib, butun falakni ham yondiradi.

    Ushbu Xudoning xaqiqati orqali so’kinish va va boshqalarni xaqoratlash gunoh ekanligini angladim. Yaratganga xamdu sanolar bo’lsin!!!

    31.03.2016 at 11:35 #721
    Javob
    Jamila

    Assalomu aleykom Jahon aka. Guvohligingiz uchun katta raxmat. Sizdek egitlar jamiaytda yanada ko’payaversin. Hozir so’kinmaydigan va har hil bemani galarni gairmaydigan egitlar juda ham kamayib ketgan.

Mavzu nomi: Shaxsiy guvohlik
Komment qoldirish uchun formani to`ldiring




Forum qoidalari