• 03.04.2015 at 10:29 #276
    Javob
    Murod

    Bugungi kunda, O’zbekiston respublikasida, aynan o’zbek millatiga mansub Iso Masih izdoshlariga nisbatan Qabr joyi dolzarb muammoga aylangan. Bu muammoning kelib chiqishi asosi: Islom dini vakillarining o’zbek mozorlarida Masih izdoshlarini ko’mdirishga qarshi chiqishlaridir. Nahotki Islom dini vakillarining bunday qarshiliklari Xudovand oldida to’g’ri bo’lsa? Aslo, avvalambor Buyuk egamiz Xudo hammamizni birdek yaratgan, U hammaga: yovuzga ham, yahshiga ham birdek quyosh nurini, havoni, suvni, uning mo’jizalaridan bahramand bo’lish imkonini bergan. Nahotki inson o’limidan keyin Mozor joyi Xudo uchun muhim bo’lsa?! Barcha Islom dini vakillarini o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishlariga chaqiraman. Endi Olomon qayerga yursa siz ham shular orasi bo’lmang. To’htang, biroz o’ylaning, o’z fikringizga ega bo’ling. Birov aytsa darrov ishonmang. Chunki ko’r ko’rni yetaklasa ikkovi ham jarlikka qulaydiku. Shubham yo’q-ki, ko’pchilik o’zini musulmonman degan insonlar Qur’oni Karimni o’qimaganlar, bilmaydilar. Ular faqatgina Jome’ Masjitlarida o’qiladigan Amru Ma’riflarni, hadislarni, yoki bo’lmasam ulg’aygan keksa odamlarning gaplarini eshitadilar. Nahotki ularga o’zlari ishongan Dinning asosi bo’lmish Qur’oni Karimni o’qishga zarurat bo’lmasa? Har kim Xudo oldida o’zi shahsan javob bergay. U dunyoda: «Tog’am aytgandi, shuning uchun qildim», «Otam aytib bergandi, shuning uchun ishondaim» kabi oqlanishlar Xudo oldida o’tmaydi. Ko’zingizni oching ey Musulmonlar! Islom DInida 40 ta farz bor. Ulardan biri: «Olloh nozir qilgan kitoblarga ishonishlik», bu nima degani, e’tibor bering, nima uchun «KITOBLARIGA» deb aytilgan? Bu ko’plik shaklida kelmoqda. Ya’ni KITOBLARI deganda: 1)TAVROT, 2)ZABUR, 3) INJIL va 4)QUR’ON nazarda tutilgan. SAVOL: Siz Tavrot, Injil va Zaburlarni hech o’qib ko’rganmisiz? Ana shu muqaddas kioblarni o’qib ko’ring. Ana undan keyingina Masih izdoshlari haqda so’z yuriting.

    04.04.2015 at 01:15 #278
    Javob
    sardik

    Salom azizlar yaxshi savol men yaqinda qabristonda hasharda boldim va shu haqda kop fikrladim. atrofimda onlab qadrlar ularni kimlardir tozalyapti yangilayapti endi nima foydasi bor U inson qachondir ketdi endi ketgandan keyin unga hurmat korsatish shartmikan deya fikrladim. Madanyatimizda yaxshi narsalar ham bor lekin oylab korsak Hudoni hafa qiladigan salbiy inson tomonidan oylab topilgan udumlar urf-odatlar keragidan kop. Bu bilan faqat bizda shunday demoqchi emas emasman lekin koplari ortiqcha. Bilganim Tavrotdan Muso Paygambarning qabri yoq uni hech kim kommagan. BIr narsa otinib soragan bolardim hamma ketadi lekin yuqorida dostimiz aytganiday oylab korish kerak.

    06.04.2015 at 09:14 #279
    Javob
    Murod

    Ushbu mavzuni ochishimga sabab: Õzbek halqining bugungi kunga kelib Xudo uchun ahamiyati bõlmagan ishlar biland band bõlishi. Ya’ni, õzbek musulmonlarining õzbek Masih izdoshlarini õzbek qabriga kõmdirmasliklari. Ularning aytishlaricha Õzbek Masihiylarining Musulmon mozorlarida kõmilishi mozorning harom bõlishiga olib kelarmish. Ey ahli Islom, kõzingizni oching, ahir Xudo insonni õz qiyofasida yaratmaganmi, õlikni mozorga kõmishga qarshilik kõrsatish Buyuk Xudoning bandasini rad etish degani ku. Ahir Xudo insonni tuproqdan barpo qilmaganmi, u albatta tuproqqa qaytajak. Õlik odamni mozorda kõmdirishga qarshi chiqishlik Xudovand uchun hunuklikdir. Xudovand bunday odamlardan rozimaz aslo. Ey Musulmon birodarlar, shun biling, Ibrohim payg’ambarning ikki õg’li bõlgan: Isxoq va Ismoil. Isxoqdan yahudiylar kelib chiqqan, Ismoildan esa Arablar. Bu ikki sulolaning tomirida bir qon, ya’ni Ibrohimning qoni oqmoqda. Sizlar esa Masihiylarga qarshi chiqmoqdasiz. Õylab kõring: bu odamlar sizlarga nima yomonlik qildi? Mana Islom dini vakillari Masihilarga nisbatan juda kõp zulm õtkazgan desa bõladi, bunga men shahsan guvohman. 2013 yil, Toshkent viloyatida bir inson olamdan õtdi. Barcha la a’zolari Masihiy edilar. Shu sabab ularga õzbek mozorida kõmishga mahalliy musulmonlar qarshi turdilar. Undan sõng biz Rus mozorga murojaat etishga majbur bõldik. Marhumni rus mozorida dafn etdik. 2014 yilda esa yana bir inson olamdan õtdi, yana mahalladagi musulmonlar qarshi chiqishdilar, lekin bu safar ular haddilaridan oshdilar, ular nafaqat õzbek mozoriga balki rus mozoriga ham kõmishga qarshi chiqdilar. Marhumni 25 km uzoqlikda bõlgan, Bektemir tumani Rus mozoriga kõmishga majbur bõldik. Ey musulmonlar maqsadingiz nima? Siz avvalom bor Xudo oldid yuragingizni pok saqlang. Sizlarning bu amalingizning ildizida hidoyat emas balki yovuzlik va g’azab yotibdi. Biroz õylab yashang.

    06.04.2015 at 09:21 #280
    Javob
    Murod

    Hurmatli Sardik, siz mening savolimni bir oz noto’g’ri tushundingiz deb aytsam hafa bo’lmang. Odam vafotidan so’ng albatta yerga ko’milishi kerak, bu to’g’ri narsa, va bu qabrni obodonlashtirish, vaqti vaqti bilan tozalab turish ozodalik timsolidir. Bu judayam zo’r. Yahshiyam ki shunday insonlar bor, ular tashlandiq joylarni obod qilib gullatadilar. Mening e’tirozim bunday odamlarga emas, balki aynan Mozorga ko’mishga qarshi turgan odamlarga nisbatandir.

    06.04.2015 at 10:14 #281
    Javob
    Bohodirbek

    Salom Murod. Siz yaxshi savolni ko’taribsiz do’stim. Men ham bu haqda eshitgan edim. Hudoyimiz uchun bizning tanamiz muhim emas, Unga bizning yuragimiz va qalbimiz muhimdir, gapimga qo’shilasiz degan umiddaman. Shu yo’sin odamning hoh imonli bo’lsin hoh imonsiz bo’lsin qaerga ko’milishi muhim emas, faqat shu rasmiyatchilik qog’ozlari to’g’ri bo’lsa bo’ldi. Eng muhimi esa, o’lgan odam uchun buning umuman farqi yo’q )))). Man o’liklar uchun ibodat qilmayman, qilmaganman ham. Odam hayotligida ibodat qilishi kerak edi, o’lganda emas. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda o’liklarni krematsiya qilishadi, bu ular endi mozorga ko’milmadi, endi ular do’zohga tushadi deganimi?

    Agar man o’lsam menga qaerga jasadim ko’milishi farqi yo’q. Hohlasalar jugut mozorga ham ko’mishsa roziman, agar yoqib yuborib kulni daryoga oqizvorishsayam man roziman.

    Mavzuingiz uchun rahmat.

    06.04.2015 at 13:14 #282
    Javob
    Murod

    Ushbu mavzu haqda Islom dini vakillari ham habardor degan umiddaman. Bugun http://www.forum.islom.uz saytida ham ushbu mavzuni joylashtirgan edim. Chamasi 30 minutlardan so’ng tekshirganimda, bu mutoalani 3 ta odam o’qiganligiga guvoh bo’ldim. yana 1 soatlardan keyin qayta tekshirganimda esa ushbu mavzu forumdan uzoqlashtirlgan ekan. Afsus.

    13.04.2015 at 22:16 #286
    Javob
    jamshidbek

    Hayrli kech azizlar man bu dostimiz aytgan voqiyalarga qisman olisdan bolsa ham guvoh bolganman. Man bu masalada hech kimni ayblashga urunmayman lekin bir jihati yerda hech kim abadiy emas. Bizning madanyatimizda juda muhim bolmagan kichik detallarga kuchli etibor berib keragini surib qoyish ancha shakllangan. Misol tariqasida keltiraman inson qalbi emas uning joni, tanasi qadrlanadi. Hudo uchun olik nima qilib bera oladi u endi oz nasibasini Hudo oldida olaveradi. Shunday qilib insonni qalbiga urguni qaratishimiz kerak deb oylayman albatta hamjihatlik bilan bolgani holda

    15.04.2015 at 18:22 #289
    Javob
    matfey

    Salom hammaga bunday voqiyalarga nisbatan qilingan harakatlar ozini qanchalik darajada dindor ekanligini korsatishdan boshqa bir sababdan emas. Bizda ham shunga oxshash bir voqiya bolgan lekin vafot etgan kishi qabrsiz qolmadi kerak bolsa qarshilik qilganlar ham qaysidir darajada uyalib ham qolishdi vaqt otgandan song. Sulaymon hikmatlarida shunday yozilgan oyat bor » Hudoga insonni yollari maqul kelsa unga dushman bolganlar bilan ham yarashtiradi» Hozirda bu yerda qarshiliklar yoq emas lekin odamlar bilishmoqda oq va qora farqiga borishmoqda. Hali bu masalada yana koplab qarshiliklar boladi lekin Hammasini Hudo yaxshilikga ishlatadi deb ishonaman.

    20.04.2015 at 22:17 #295
    Javob
    Nasimbek

    Salom hayrli kech birodarlar bunday voqiyalar faqat aynan kimdir olamdan otganda sodir boladi. Bu bilan ogir kunda yanada ezishadi meni fikrimcha mana shunda dono odam biladi tushinib oladi kim nohaqlik qilayotganini. Men bunday voqiyalarning koplab guvohi sifatida sizlarga yozyapman

    28.05.2015 at 12:06 #321
    Javob
    Elnur

    Man hali sizlar aytgan voqiyalarga guvoh bolmadim lekin habarim bor kun kelib hammada yuz berishi mumkin qanday yol tutish mumkin ozimga qolsa adolatsizlikka qarshiman. Albatta ruh bitta maslahatlaringiz as qotib qoladi degan umiddaman

    20.07.2015 at 14:33 #332
    Javob
    Salimbek

    Eng asosiysi Uning o’limi va tirilishi, va bunga ishonishdir.

    23.07.2015 at 22:11 #335
    Javob
    Nasimbek

    Salimbek qoshilaman insonlar shundan vasvasaga tushishadi. Oylayman ishonganlar siz va man kabi insonlar kechirim olishadi Hudoning harakterini uning maqsadlarini va rejasini bilib olishadi. Marhamat va inoyat yor bolsin

    27.07.2015 at 01:09 #342
    Javob
    sardik

    Qadrli Elnur menimcha hammamiz hali kop bora robaro bolamiz va shunday vaziyatda qanday yol tutishimiz lozimligini Hudo ozi korsatadi Hudo aniq aytgan menga ishonganlar uyatga qolmaydi. Muhimi biz uni chegaralab qoymasligimiz kerak dostim. Muhtaram Nasimbek fikringizga qoshilaman. Sizga ham uning tinchligi va sevgisini tilayman

    13.08.2015 at 21:31 #366
    Javob
    Anvarmanku

    Salom birodarlar.haaa,odamlar qiziqda,qaeri bilan u’ylaydi-a..?!?! Ahir bitta ibodathonada har-hil mazhab va dindagi odamlar ibodat qilsa fitna va nizo chiqmaydimi.kengroq u’ylanglar birodarlar.musulmonlarni ayblashdan oldin,musulmonni murdasini g’ayridin mozoriga ku’mdirishmasa musulmonlar hafa bu’masa k-k.ahir u’ylang,hamma bir hilmas,ibodat odat amallar har-hil.bir-birini kamsitishi,gap talashishi mumkinmasmi mozorda.hamma ham ilimlimasku ahir,du’stlarim.!!! Bilamiz,U’z masihiyligini sir saqlab yurgan u’zbeklar ku’p,murdasi sarson bu’lishini u’ylaydigan.

    13.08.2015 at 22:32 #368
    Javob
    Anvarmanku

    Gaplarim notu’g’ri bu’sa bealol raddiya bildirishingiz mumkin.

Mavzu nomi: Insonning vafotidan so\\\'ng, uning qabr joyi Xudo uchun muhimmi?
Komment qoldirish uchun formani to`ldiring




Forum qoidalari