• 16.09.2016 at 14:24 #1860
    Javob
    Tohir

    Hozirgi kunda nima uchun yosh oilalar orasida ajralishlar ko’paymoqda? Buning sababi nimada? Ikki yosh orzu umidlar bilan nikoh qurishadi-yu, ammo oradan ko’p o’tmay bir-birlarini ko’rishni hamistamay qoladilar?

    19.09.2016 at 12:31 #1863
    Javob
    Alisher

    Salom Tohir, mening o’ylashimcha, 2 ta asosiy sabab bor deb. Birinchisi ko’pchilik ota-onasi topib bergan odamga ergategishadi/uylanishadi. Ko’p vaqt o’tmas, ular bir-birini sevmasligini va birga yasha olmasligini tushunishadi va ajralishadi.
    Ikkinchisi esa, bu yoshlar sevgi bu oson deb o’ylashadi, ular uchun sevgi bu o’yinchoq. Lekin sevgi bu har kunlik ish, sevgi uchun yashash kerak va sevgini berish kerak, lekin ko’pchilik mani sevishsin, shunda man ham sevaman deyishadi. Lekin bu noto’g’ri. Chindan ham sevgan odam, Xudo bizni sevgan dek, seva olishi mumkin deb o’ylayman

    28.09.2016 at 02:30 #1865
    Javob
    Madina

    Salom Tohir. yaxshi mavzuni o’rtaga ashlabsiz. Alisher sizning fikringizga qo’shilaman. Albatta bugungi kunda ajralishning sabablari ko’p. Manimcha hozirga vaqtda yoshlar real xayot nima ekanini unitib qo’yishyapdi. Ko’proq vertual xayotga kirib ketishgan. Shuning uchun xam oila qurmagan yoshlar oilani vertual tasavvur qilishib nikoh qurishadi. Ammo oilada real xayot boshlangandan so’ng esa unga bardosh bera olmay ajrashishga qaror qilishadi.

    28.09.2016 at 10:29 #1866
    Javob
    Alisher

    Salom Madina, gapingizga qo’shilaman! Hozirgi kunda yoshlar ko’p vaqtlarini internetda o’tkazib, har xil sevgi hikoyalarini o’qishadi, har xil sevgiga tegishli rasmlarni ko’rib, hayotda ham shunday bo’ladi deb o’ylashadi, ammo keyin esa butun hayotlari buzulganini bilib qolishadi. Shuning uchun o’ylaymanki insonlar faqat internet orqali emas, balki realda ham uchrashib gaplashib turushlari lozimdir.

    12.10.2016 at 22:37 #1876
    Javob
    Jajo

    Yosh oilalarni ajrashib ketishiga ota-onalar ham sabab bo’lyapdi deb o’ylayman.

    13.10.2016 at 10:55 #1878
    Javob
    Alisher

    Salom Jajo, manimcha ham shunday, ota-onalar hozirgi kunda ham bolalarini o’rniga kimga turmushga chiqinishi xal qilishadi. Manimcha bu noto’g’ri, chunki ko’p bolalarni hayoti barbot bo’ladi.

    20.10.2016 at 22:51 #1885
    Javob
    Kozim

    Ajralishga yoshlarni o’zlari aybdor deb o’ylayman. Sababi bir- birlaridan qanday kechirim so’rashnil bilmaydilar, shuningdek Bir-birlarini muhtojliklarni bilmasligi va bir-birlarni xurmat qilmas tushunmasligi sabab deb o’ylayman.

    21.10.2016 at 12:48 #1887
    Javob
    Loris

    Gapingiz to’g’ri Kozim, shu yoshlar hozirgi kunda, faqat o’zi to’g’risida o’ylashadi, boshqalar bilan ishlari yo’q va oila qurush oson deb o’ylashadi va oiladagi hayot boshlangandan so’ng, o’zlari o’rganib qolgan hayotdan voz kecha olmay, qiyin axvolga tushib qolishadi…

    10.11.2016 at 11:44 #1898
    Javob
    Ali

    Har bir ajralish ostida ko’pgina sabablar yotadi, lekin, asosiy sabab bu xudbinlikdir, ya’ni egoizm. Haqiqiy sevgi ajralishga emas, aksincha, mustahkamlikka olib boradi. Bu yerda ajralish sabablari emas, balki, haqiqiy sevgi nima degan savol to’g’riroq bo’ladi.

    11.11.2016 at 11:18 #1902
    Javob
    Loris

    Gapingiz to’g’ri Ali, hozirgi kunlarda asosan hamma o’zini o’ylashi bilan ovora va mani sevishsin deb o’ylashadi. Lekin sevgi deganda, insonlar bir-birini sevish degani, haqiqiy sevgi inson o’zidan kechib boshqa uchun hamma narsaga tayyor bo’lsa bo’ladi.

    09.01.2017 at 12:41 #1934
    Javob
    Alisher

    Mening o’ylashimcha, yigit qizlardan birinchi sevgini olish kerak, undan keyin esa o’zi sevishi lozim! Chunki hozirga vaqtda qizlar yigitlarni sevmasdan faqat ulardan foydalanishadi va keyin esa yigitlarni tashab ketishadi

    13.02.2017 at 11:36 #2109
    Javob
    Tohir

    Salom Alisher, qo’shilaman so’zlaringizga, qizlar faqat yigitlarning pullari haqida o’ylaydigan bo’lib qolishdi.

    15.03.2017 at 15:13 #2921
    Javob
    Malika

    Nega unday deysizlar? Hamma qizlar ham unday emas, faqat pulni o’ylamaymiz. Biz ham rostakam sevgi bo’lishini istaymiz!

    24.04.2017 at 11:59 #3433
    Javob
    Tohir

    Salom Malika, shunday bo’lsa, nega har doim bolalardan sovg’alar, u yerga yoki bu yerga oborishini kutasiz, bu ham pul istagi emasmi?!

    23.05.2017 at 12:04 #3709
    Javob
    Malika

    Salom Tohir, bu pul niyati emas, balki vaqtni yaxshi o’tkazish niyatidir. Nega siz shunchalik biz haqda yomon o’ylaysiz? Sizni kimdir xafa qilganmi?

Mavzu nomi: Hozirgi kunda nima uchun yosh oilalar orasida ajralishlar ko'paymoqda?
Komment qoldirish uchun formani to`ldiring




Forum qoidalari