Kalom

  • Ibtido
  • Chiqish
  • Levit
  • Rut
  • 1 Shohlar
  • 2 Shohlar
  • 3 Shohlar
  • 4 Shohlar
  • Ester
  • Zabur
  • Sulaymonning Hikmatlari
  • Voiz
  • Doniyor
  • Yunus
  • Matto
  • Mark
  • Luqo
  • Yuhanno
  • Havoriylar
  • Yoqub
  • 1 Butrus
  • 2 Butrus
  • 1 Yuhanno
  • 2 Yuhanno
  • 3 Yuhanno
  • Yahudo
  • Rimliklarga
  • 1 Korinfliklarga
  • 2 Korinfliklarga
  • Galatiyaliklarga
  • Efesliklarga
  • Filipliklarga
  • Kolosliklarga
  • 1 Salonikaliklarga
  • 2 Salonikaliklarga
  • 1 Timo`tiyga
  • 2 Timo`tiyga
  • Titusga
  • Filimonga
  • Ibroniylarga
  • Vahiy
  • 1-chi bob
  • 2-chi bob
  • 3-chi bob
  • 4-chi bob
  • 5-chi bob
  • 6-chi bob
  • 7-chi bob
  • 8-chi bob
  • 9-chi bob
  • 10-chi bob
  • 11-chi bob
  • 12-chi bob
  • 13-chi bob
  • 14-chi bob
  • 15-chi bob
  • 16-chi bob
  • 17-chi bob
  • 18-chi bob
  • 19-chi bob
  • 20-chi bob
  • 21-chi bob
  • 22-chi bob
  • 23-chi bob
  • 24-chi bob
  • 25-chi bob
  • 26-chi bob
  • 27-chi bob
  • 28-chi bob
  • 29-chi bob
  • 30-chi bob
  • 31-chi bob
  • 32-chi bob
  • 33-chi bob
  • 34-chi bob
  • 35-chi bob
  • 36-chi bob
  • 37-chi bob
  • 38-chi bob
  • 39-chi bob
  • 40-chi bob
  • 41-chi bob
  • 42-chi bob
  • 43-chi bob
  • 44-chi bob
  • 45-chi bob
  • 46-chi bob
  • 47-chi bob
  • 48-chi bob
  • 49-chi bob
  • 50-chi bob
  • 1 Azalda Xudo osmon bilan erni yaratdi.
  • 2 Er hali shaklsiz va bo`m-bo`sh bo`lib, tubsizlik uzra qorong`ilik hukm surar edi. Xudoning Ruhi esa suv yuzida parvoz etar edi.
  • 3 Xudo: «Yorug`lik bo`lsin», – dedi va yorug`lik paydo bo`ldi.
  • 4 Xudo yorug`likning yaxshi ekanini ko`rib, uni qorong`ilikdan ajratdi.
  • 5 Shunday qilib, Xudo yorug`likni kunduz, qorong`ilikni esa tun deb atadi. Kech bo`ldi, erta bo`ldi – bu birinchi kun edi.
  • 6 Yana Xudo: «Suvliklar o`rtasida ularni bir-biridan ajratib turadigan gumbaz paydo bo`lsin», – dedi.
  • 7 Shunday ham bo`ldi. Xudo bir gumbazni vujudga keltirib, gumbaz ostidagi suvni gumbaz ustidagi suvdan ajratdi.
  • 8 Ushbu gumbazni esa Xudo osmon deb atadi. Kech bo`ldi, erta bo`ldi – bu ikkinchi kun edi.
  • 9 Yana Xudo: «Osmon ostidagi suv bir joyga to`plansin, quruqlik ko`rinsin», – dedi va shunday ham bo`ldi.
  • 10 Xudo quruqlikni er deb atadi, suvlarning jamini esa dengizlar deb atadi. Bularning ham Xudo yaxshi ekanini ko`rdi.
  • 11 Yana Xudo: «Er o`simlik ko`kartirsin: urug` beradigan o`t-o`lanlar, mevasida urug`i bor turli-tuman mevali daraxtlar er yuzida unib-o`ssin», – dedi va shunday ham bo`ldi.
  • 12 Er turiga ko`ra o`simliklarni: urug` beradigan o`t-o`lanlar hamda mevasida urug`i bor mevali daraxtlarni undirdi. Xudo bularning ham yaxshi ekanini ko`rdi.
  • 13 Kech bo`ldi, erta bo`ldi – bu uchinchi kun edi.
  • 14 Yana Xudo: «Kunni tundan ajratish hamda fasllar, kunlar, yillarni belgilash uchun osmon gumbazida yoritqichlar paydo bo`lsin.
  • 15 Bular er yuzini yoritmoq uchun osmon gumbazida nur sochib tursin», – dedi va shunday ham bo`ldi.
  • 16 Shunday qilib, Xudo ikkita katta yoritqichni: kunni boshqarish uchun kattaroq yoritqichni va tunni boshqarish uchun kichikroq yoritqichni, shuningdek, yulduzlarni ham vujudga keltirdi. -
  • 17 Er yuzini yoritib tursin va tun bilan kunni boshqarib, yorug`likni qorong`ilikdan ajratib tursin, deb Xudo bularni osmon gumbazida joylashtirdi. Bularning ham Xudo yaxshi ekanini ko`rdi.
  • 18 Kech bo`ldi, erta bo`ldi – bu to`rtinchi kun edi.
  • 19 Yana Xudo: «Suv to`da-to`da jonivorlar bilan qaynasin, er ustidagi osmon gumbazi bo`ylab qushlar uchsin», – dedi.
  • 20 Xudo haybatli dengiz ajdarlarini, suvda qaynaydigan turli-tuman mayda jonivorlarni hamda qush-parrandalarni yaratdi. Bularning ham Xudo yaxshi ekanini ko`rdi.
  • 21 Xudo ularni muborak qilib: «Barakali bo`linglar, ko`payinglar, dengiz suvlarini to`lg`azinglar. Er yuzida esa parranda ko`paysin», – dedi.
  • 22 Kech bo`ldi, erta bo`ldi – bu beshinchi kun edi.
  • 23 Yana Xudo: «Er turli-tuman tirik jonni: chorva, sudraluvchi hamda yovvoyi hayvon turlarini hosil qilsin», – dedi va shunday ham bo`ldi.
  • 24 Xudo erga xos turli-tuman yovvoyi hayvonlarni, chorvani, quruqlikda sudraluvchilarni vujudga keltirdi. Bularning ham Xudo yaxshi ekanini ko`rdi.
  • 25 Yana Xudo: «O`z suratimizga ko`ra, O`zimizga o`xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko`k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun er yuzi va erda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin», – dedi.
  • 26 Shunday qilib, Xudo odamni O`z suratida, ilohiy suratda yaratdi. Ularni erkak va xotin qilib yaratdi.
  • 27 Xudo odamlarni muborak qilib, ularga: «Barakali bo`linglar, ko`payinglar. Er yuzini to`lg`azib tobe qilinglar. Dengizdagi baliqlar, ko`k yuzidagi parrandalar hamda er yuzida harakatlanuvchi barcha hayvonlar ustidan hokim bo`linglar», – dedi.
  • 28 Xudo davom etib: «Mana, Men sizlarga butun er yuzidagi urug` beradigan o`t-o`lanning va urug`li meva beradigan daraxtning hammasini berdim; sizlarga ovqat uchun yaraydi.
  • 29 Shuningdek, tirik joni bo`lgan butun yovvoyi hayvonlarga: ko`k yuzida uchib yuruvchi barcha parrandalarga va er yuzida harakat qiluvchi barcha maxluqlarga ham emish uchun ko`k o`tning har turli navini berdim», – dedi va shunday ham bo`ldi.
  • 30 Xudo butun yaratganlariga qarab, hammasining juda yaxshi ekanini ko`rdi. Kech bo`ldi, erta bo`ldi – bu oltinchi kun edi.
  • 31